Somatik frazeologizmlar




Download 50.78 Kb.
bet2/4
Sana09.06.2023
Hajmi50.78 Kb.
#71550
1   2   3   4
Bog'liq
Shum bola maqolalaaaaaaaaa
C Matematik Funksiyalar, 6- yopiq test1, Xurshida, 300201-Free Circle Infographics, Matem
XULOSA
O`zbek tilining o`ziga xos jilosi, uning serqirraligi, badiiy obrazlar yarata olish qudratini to`laroq anglash uchun mumtoz va hozirgi zamon adiblarimiz badiiy asarlari tilini o`rganish zamon talabidir.
Prezidentimiz I.A.Karimov ta`kidlaganidek, “Ma`naviyat va ma`rifat, madaniyat va axloq haqidagi asarlarni ko`plab chop etish, ayniqsa, madaniy meros bilan birga yangilanayotgan bugungi turmush tarzini va yangicha tus olayotgan jamiyatimiz mazmun-mohiyatini teranroq yoritish, kengroq o`rganish muhimdir”
(Karimov I.A. Istiqlol va ma`naviyat. Toshkent. “O`zbekiston”, 1994, 59-bet).
Shunday ekan, so`z san`atkorining badiiy til mahoratini o`rganish, xalq tilidagi ifoda vositalarining boyligini ko`rsatish imkonini beradi. Badiiy mahorat tushunchasi til va badiiy uslub mezoni hamdir. Chunki yozuvchining so`z tanlash san`ati uning tasviriy vositalardan foydalanish, so`z qo`llash mahorati badiiy asar tilini o`rganishning asosini tashkil qiladi.
Tadqiqotchilar haqqoniy qayd etganlaridek, frazemalar badiiy asarlarda va publisistik uslubda , matbuot sahifalarida oddiy qo`llanishdan tashqari yozuvchi yoki shoirlarning badiiy mahorati, til ustida ishlashi natijasida yangi-yangi ma`no noziklariga ega bo`ladilar, FB larning komponent tarkibi, strukturasi turli xil o`zgarishlarga uchraydi, frazemalarning shu asosda shakllangan yangi ohori to`kilmagan variantlari, ko`rinishlari yozuvchilar,shoirlar badiiy mahoratining mahsuli bo`lib, badiiy asar tilining ta`sirchanligini, g`oyaviy-badiiy qimmatini oshirishga xizmat qiladi. Masalan, Gafur G`ulom qalami sehrining mevasi bo`lgan ichida moy qaynamoq, baqqolning maymunidek, hayitda qandolat bozoriga tushgan qishloqi, ajuza bo`lib yurmaslik, qo`ltig`iga qo`l ursa, bir hovuch bit to`kilmoq kabi yangi frazemalar fikrimizga yaqqol dalil bo`la oladi.
Mazkur ishni yozishda G`afur G`ulom ijodiga bag`ishlangan ilmiy tadqiqotlardan, xususan, H. Shukurov, B. Choriyevlarning ishlaridan, A. Isaevning
“O`zbek tilida somatik frazeologizmlar” nomli nomzodlik dissertatsiyasi, Sh.Usmonova “O`zbek va turk tillarida somatik frazeologizmlar” mavzusida nomzodlik ishi, B. Yo`ldoshevning “Frazeologik uslubiyat asoslari” (1999),
T.Sodiqovaning “El ustozim” (1997), S. Mirvaliyevning O`zbek adiblari (2007), S. Mirzayevning “XX asr o`zbek adabiyoti” (2006) nomli asarlaridan ijodiy foydalanildi. O`ylaymizki, mazkur bitiruv malakaviy ishi Gafur G`ulomning
“Shum bola” qissasida qo`llangan somatik frazeologizmlarni o`rganish ishini samaradorligini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.
Badiiy asar tili badiiyatini o`rginish o`zbek tilshunosligida ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega. Chunki, yozuvchi asarlari matni lingvostatistik, grammatik, leksik tahlili borasida hali bajarilishi lozim bo`lgan ishlar ko`lami keng, uning o`zbek adabiy tili taraqqiyotiga qo`shgan hissasi va ijodiy uslubining o`ziga xos belgilarini aniqlash masalalari o`z dolzarbligini yo`qotgani yo`q.
Til –bu material va vosita-“badiiy adabiyotning birinchi elementi” (M.Gorkiy) sifatifa milliy madaniyatning asosiy shakllaridan biridir. Shu bilan bir qatorda, badiiy adabiyot milliy adabiy tilning shakllanishi va rivojlanishiga katta ta`sir ko`rsatadi.Badiiy adabiyot tilini o`rganish davr tili umumiy qonunlarini bilish uchun keng imkoniyat yaratadi.
So`nggi yillarda o`zbek yozuvchilarining tili va uslubi haqida, shuningdek, konkret bir dadiiy asarning tiliga doir qator monografiyalar ilmiy maqolalar, nomzodlik dissertatsiyalari paydo bo`ldi.
Bu hol tilshunoslikda adabiy va badiiy til hamda uslub masalalariga katta e`tabor berilayotganligi, uning nazariy asoslari ishlab chiqilayotganligini ko`rsatadi.
Taniqli abibimiz G`afur G`ulomning chuqur insoniy, falsafiy mushohadalarga boy ijodining til xususiyatini atroflicha “Shum bola” qissasi misolida tahlil qilishga urindik.
Xulosa sifatida shuni aytishimiz mumkinki, eng yaxshi badiiy asarlar butun insoniyatning, ayniqsa, yoshlarning sodiq do`sti, zero ular qalbini yuksak va olijanob tuyg`ular bilan to`ldirishda, yana ham muhimi, ularni ezgu ishlarga ilhomlantirish, o`quvchilarda Vatan, xalq oldidagi burch hissini yuksaltirishda yetakchi omildir. Iste`dodli abibimiz G`afur G`ulomning asarlari bu borada beqiyos ahamiyat kasb etadi. Adibning boy merosidan bahramand bo`lish yoshlarimizning komil inson bo`lib voyaga yetishida muhim rol o`ynaydi.

Download 50.78 Kb.
1   2   3   4




Download 50.78 Kb.