GSM texnologiyasi yordamida ma'lumotlar uzatishni uchta asosiy imkoniyati mavjud




Download 36,59 Kb.
bet2/2
Sana21.02.2024
Hajmi36,59 Kb.
#159747
1   2
Bog'liq
2023 33333333333333

GSM texnologiyasi yordamida ma'lumotlar uzatishni uchta asosiy imkoniyati mavjud:
• SMS (Short Message Service) qisqa habarlarni uzatish xizmati
• GSM (Global System Mobile Telecommunication )- tovush ma'lumotlarini uzatish xizmati
• GPRS (General Packet Radio Service) ma'lumotlarni paket ko‘rinishida uzatish xizmati
SMS xizmati mobil telefon foydalanuvchilari uchun ancha mashhurdir. Ma'lumotlar oddiy qisqa xabar ko‘rinishida uzatiladi. Bu xizmatning asosiy afzalligi shundaki, undan foydalanish juda qulay, narxi yetarlicha arzon, xabarlar osonlik bilan yetkaziladi. Kamchiligi sifatida xabarlarni tezda o‘z manziliga yetkaza olmaslik va xabarlar tarkibidagi belgilarning kamligi (maksimum 160 ta) ni ko‘rsatish mumkin. Bu kamchiliklar natijasida obyektlardagi hisoblagichlardan doimiy ravishda ma'lumotlarni kontsentratsiya qilish imkoni yo‘qqa chiqariladi. SMS xizmatini kunda bir marta hisoblagichlardan ma'lumotlarni o‘lishda qo‘llash samaralidir. Mazkur xizmat biz qarab chiqayotgan tizimda favqulodda obyektlarda nosozliklar yuzaga kelganda tashvishli xabarlarni uzatishda ishlatiladi. Ma'lumotlarni yuqori tezlikda kanal bo‘yicha kommutatsiya qilish (HSCSD-High Speed Circuit Switched Data) obyektlar o‘rtasida aniq vaqt masshtabida (on-line) “nuqta-nuqta” bog‘lanish formatida ixtiyoriy hajmdagi ma'lumotlarni uzatib qabul qilish imkonini beradi. Bu aloqa turining asosiy yutug‘i ma'lumotlarni yuqori tezlikda va ishonchlilik bilan uzatishdir. Bitta GSM kanalida ma'lumotlarni uzatish tezligi 9600 Kbit/s ni, ko‘p kanalli rejimda 19200 Kbit/s va undan ham yuqori bo‘lishi mumkin. GSM kanallarini EHBAT tizimida qo‘llashning kamchiligi kichik hajmdagi ma'lumotlarni uzatishda modemlarning qo‘yilishidir, ya'ni qisqa axborot uzatish uchun ham modemdan foydalanish iqtisodiy jihatdan qimmatdir. Bunda abonentlar butun aloqa seansi uchun mablag‘ sarf qiladilar.
GSM tarmog‘ida ma'lumotlarni uzatishning optimal varianti GPRS (General Packet Radio Service) texnologiyasining qo‘llanilishidir. Bu texnologiyaning asosiy xususiyati shundaki, abonentlar doimiy ravishda tarmoqqa virtual aloqa kanali orqali ulanishi mumkin. Abonentga ma'lumotlar paketini uzatish vaqtida real radiokanal taqdim etiladi, qolgan vaqt tarmoqdagi boshqa foydalanuvchilarning paketlarni uzatish uchun qo‘llaniladi. Shunday qilib, abonent xuddi CSD va HSCSD rejimidagi kabi fizik kanalni doimiy band qilmaydi va buning natijasida butun aloqa qilsh vaqti uchun emas, balki faqat trafik uchun haq to‘lanadi. Natijada ma'lumotni har bir baytini uzatish narxi kamayadi. Shuning uchun GPRS texnologiyasi tizimni uzluksiz va kvazi uzluksiz monitoring qilish uchun optimal yo‘l hisoblanadi. GPRS texnologiyasi yordamida ma'lumotlarni almashish tezligining maksimal imkoniyati nazariy jihatdan 170 Kbit/s gacha bo‘lishi mumkin.
Ma'lumotlarni uzatuvchi qurilma sifatida oddiy uyali telefondan (GPRS xizmatini qo‘llab-quvvatlaydigan) ham foydalanish mumkin. Lekin qiymat nuqtai-nazaridan ko‘proq ma'qul bo‘ladigan samarador va ishonchli ishlaydigan hamda chidamliligi atrofdagi zarali ta'sirlarga chidamli bo‘lgan mahsus tashqi terminal modul ya'ni modem qo‘llash maqsadga muvofiqdir. GSM/GPRS moduli bu korpussiz element (OEM-modul) bo‘lib, u radio chastotali blok, raqamli elektr ta'minot vositalari, tashqi qurilmalar bilan aloqa uchun interfeys, korpus, antenna va boshqalardan tashkil topgan. GSM/GPRS tashqi terminalidagi bu qismlar doimiy ishga tayyor holda bo‘ladi. Bu modulning asosiy afzalligi uning masofadagi obyektlar, ya'ni kontsentrator bilan osongina integratsiyashuv imkoniyatidir.

Download 36,59 Kb.
1   2




Download 36,59 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



GSM texnologiyasi yordamida ma'lumotlar uzatishni uchta asosiy imkoniyati mavjud

Download 36,59 Kb.