300-guruh Matematika informatika Javlonova Go’zal
Sonlar ustida arifmetik
amallar. Matematik
funksiyalar.
Python dasturlash tilida sonlar ustida arifmetik amallar va ularning tavsifi
quyidagi jadvalda keltirilgan.
Sintaksis
Tavsifi
Ifodalar (sonlar) ustida
arifmetik amallar
x + y
x va y raqamlarini qo‘shadi
x - y
x
dan y ni ayiradi
x * y
x ga y ni ko‘paytiradi
x / y
x ni y ga bo‘ladi; bu yerda haqiqiy son yoki kompleks
son hosil bo‘ladi
x // y
x ni y ga bo‘lgandagi butun qismni chiqaradi. Masalan
25//3 bo‘lsa, natija 8 chiqadi
x % y
x ni y ga bo‘lgandagi qoldiq qismni chiqaradi. Masalan
25%3 bo‘lsa, natija 1 chiqadi
x ** y
x ning y darajasini hisoblaydi
-x
x ning ishorasini o‘zgartiradi (nol bundan mustasno)
+x
Vazifasi mavjud emas; ba’zan
kodni aniqlashda
ishlatiladi
abs(x)
x sonining modulini chiqaradi
divmod(x, y)
x ni y ga bo‘lgandagi butun va qoldiq qismni yig’ib
ko‘rsatadi (ushbu ma‘lumot turi keying darslarda ko‘rib
o‘tiladi).
pow(x, y)
x ning y darajasini hisoblaydi; x ** y bilan bir
xil vazifani
bajaradi.
pow(x, y, z)
(x ** y) % z amalning muqobil varianti
round(x, n)
x sonini verguldan keyingi n razryadgacha yaxlitlaydi.
300-guruh Matematika informatika Javlonova Go’zal
Sintaksis
Tavsifi
Son va sanoq
sistemalari ustida
amallar
int(x)
x sonini butun songa aylantiradi. Masalan, int(8.31)
kiritilsa, natija 8 teng chiqadi.
bin(i)
Butun sonni satr ko‘rinishidagi ikkilik songa o’tkazadi.
hex(i)
Butun sonni 16 lik sanoq sistemasiga o‘tkazadi.
oct(i)
Butun sonni 8 lik sanoq sistemasiga o‘tkazadi.
Biror sanoq sistemasidagi sonni o‘nli sanoq sistemasiga o‘tkazishda alohida
operator yoki funksiya shart emas. Qobiq qismning buyruqlar
qatoriga son va
uning tipi kiritilsa yetarli.
5.3.1-rasm. Sanoq sistemalari ustida almashtirishlar
Pythonda ikkilik sanoq sistemasidagi sonlar 0b, sakkizlik sanoq sistemasidagi
sonlar 0o, o’n oltilik sanoq sistemasidagi sonlar esa 0x yozuvi bilan boshlanadi.
O‘zgaruvchi nuqtali yoki suzuvchi nuqtali (floating-point) sonlarni haqiqiy
(float) va kompleks (complex) sonlarga ajratish mumkin. Ushbu turdagi
ma’lumotlar suzuvchi nuqtali sonlarni saqlash uchun mo’ljallangan
va ular
300-guruh Matematika informatika Javlonova Go’zal
tarkibiga suzuvchi nuqtali manfiy va musbat sonlar diapozoni qabul qilingan.
Suzuvchi nuqtali ma’lumot turlari bilan asosan yuqori aniqlikda yechilishi talab
etiladigan masalalar yechiladi.
Sonli ifodalardan foydalanib, matematik amallarni bajarish
uchun alohida
matematik funksiyalar modulini chaqirish kerak. Ushbu modul math moduli
deb nomlanadi va quyida ko‘rsatilgan jadvaldagi standart funksiyalarni qamrab
oladi.
Sintaksis
Tavsifi
math.acos(x)
arccos(x) - ( bu yerda x – radianlarda beriladi)
math.asin(x)
arcsin(x)
math.atan(x)
arctg(x)
math.ceil(x)
x sonini undan katta
butun songa aylantiradi
math.cos(x)
cos(x) - ( bu yerda x – radianlarda beriladi)
math.sin(x)
sin(x)
math.tan(x)
tg(x)
math.degrees(r) r radianni
gradusga aylantiradi
math.e
e soni; taxminan e=2.7182818284590451 ga teng
math.exp(x)
ex
math.fabs(x)
|x| - bu yerda x haqiqiy sonining modulini hisoblaydi
math.factorial(x) x!
math.floor(x)
x sonini undan kichik butun songa aylantiradi
math.fmod(x, y) x ni y haqiqiy songa bo‘lgandagi qoldiqni aniqlaydi
math.hypot(x, y)
math.log(x, b)
math.log10(x) lgx
math.pi
π
math.radians(x) x ni gradusdan radianga aylantiradi
math.pow(x, y) Haqiqiy son sifatida xy ni hisoblaydi
math.sqrt(x)
Endi esa matematik funksiyalar ustida amallarga misollarni ko‘rib o‘tamiz.
Matematik amallarni bajarishda standart funksiyalardan foydalanishdan oldin
import math qatorini kiritib modul kutubxonasi joriy seansga yuklab olinadi.