|
Sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi O`zbek tili (Davlat tili) fani o`qituvchisi ning
|
bet | 3/4 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 2,28 Mb. | | #157804 |
Bog'liq 7-sinf O`zbek tili Hayvonot olamiLug’at
Kamaymoq - уменышать
ovlanmoq - охотиться
saqlab qolmoq - сохранить
bug‘u - олень
qo‘riqxona - бронировать
xo‘jayin - босс
3. O‘ylang va toping. Yozing.
Namuna:
It vafodor bo‘lgani uchun ko‘p xonadonlarda boqiladi.
Men ham yoshligimda kuchuk boqar edim.
1. It vafodor bo‘lgani uchun ko‘p xonadonlarda boqiladi.
Men ham yoshligimda kuchuk …. .
2. Sirkda bir qancha hayvonlar tomosha ko‘rsatdi.
Ayniqsa, maymun qiziqarli tomosha … .
3. Qo‘riqxonada bir qancha noyob hayvonlar yashaydi.
Ular oldin ochiq tabiatda … .
4 . O‘qing.
Hatiko laqabli it egasiga sadoqati bilan mashhur. U har kuni o‘z xo‘jayinini ishga kuzatib qo‘yar, keyin bir xil vaqt, bir xil joyda xo‘jayinining ishdan qaytishini kutib o‘tirar edi.
Hatiko yarim yoshga kirganida egasi vafot etdi. Shundan so‘ng ham Hatiko uni kutishda davom etadi. U xuddi avvalgidek “Sibuya” stansiyasiga kelib, kechgacha xo‘jayinini kutar, qaytgach, o‘zi yashagan uy qulf langani uchun kechalari uy tomiga chiqib uxlar edi.
1932-yili Hatiko butun Yaponiya bo‘ylab mashhurlikka erishadi. U xo‘jayinini 7 yil har kuni bir joy va bir xil paytda kutgani haqida gazetalarda yozishadi. Shundan so‘ng haqiqiy do‘st – Hatikoni ko‘rgani odamlar hamma yerdan “Sibuya” stansiyasiga kela boshlaydi.
Hatiko vafot etgunicha – 9 yil xo‘jayinining qaytishini kutib yashaydi. Uning o‘lgan kuni butun Yaponiyada motam kuni deb e’lon qilinadi. Yapon xalqi unga haykal o‘rnatadi.
1987-yili Hatikoning 50 yilligi sharafiga ishlangan film premyerasi bo‘lib o‘tadi. Film itning insonga sodiq do‘stligi haqida so‘zlaydi. U millionlab insonlarning qalbini zabt etadi. Hozir Hatikoni deyarli butun dunyo taniydi.
|
| |