|
I.3. Anketa tuzish qoidalari
|
bet | 6/12 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 53,85 Kb. | | #238790 |
Bog'liq SOTSIOLOGIK SUROV VARAQASI ANKETA SUROV.I.3. Anketa tuzish qoidalari
Inson tomonidan beriladigan savol shunchalar turli, aqlli yoki aksincha, bir-biriga zid va safsatali bo‘lishi mumkin. Undan tashqari, ba’zi hollarda, biz tomonimizdan shoshilinch, o‘ylamasdan, asoslanmasdan tuzilgan savollar biror-bir javobni talab qilmasligi va hatto, ba’zi hollarda so‘ralayotgan shaxsni mushkul ahvolga yoki mantiqqa to‘g‘ri kelmasligi bilan taajjubga solishi mumkin.
Ushbu xilma-xillikni tahlil qilib, anketa so‘rovida nimani so‘rash mumkin, nimani esa hech qanday holatda so‘rash mumkin emasligini aniqlab olish juda muhimdir. Savollar berish san’ati – bu murakkab ish. Aynan qaysilarini, aynan kimga, qaerda va qaysi vaqtda berish mumkinligini bilish darkor. Kundalik hayotda qaytadan so‘rash, aniqlashtirib olish, suhbatga kirishish imkoniyati doim bor. Respondentlar bilan anketa so‘rovini o‘tkazish esa – boshqa narsa13.
Anketa savollarini shakllantirishda e’tiborga olish kerak bo‘lgan eng birinchi maslahat: dastlab respondentlardan qanday axborot olish mumkinligini belgilang va ularni anketa savollariga aylantirishning samarali texnologiyasini toping14.
Anketa savolini tuzishdan avval, o‘zingiz uchun, muammolarning barcha jihatlari, hattoki, hech qanday javob talab qilmaydiganlari ham inobatga olinganligini aniqlashtirib oling. So‘ngra keyingi bosqichga o‘tsa bo‘ladi – savollarni shakllantirish, iboralarni to‘g‘rilash, anketadagi savollar ketma-ketligini belgilash. Shuni e’tiborga olish kerakki, savol mazmuni avvalambor manfaatdor shaxs (tadqiqotchi, tahlilchi)ni qiziqtiradi, uning shakli, tili va uslubi esa – respondentni! Sizni odamning xabardorligi darajasi qiziqtiradi, unga esa aynan shuni tan olish noqulay. Demak, maqsadingizni bir oz yashiring, uni o‘z suhbatdoshingiz uchun tanish ko‘rinishda ifodalang (masalan, ochiq savol o‘rniga yopiq yoki to‘g‘ridanto‘g‘ri savol o‘rniga bilvosita savol bering).
Anketa so‘rovnomasi agar quyidagi uchta (indikatorlik, kommunikativ va instrumental) funksiyani bajara olsa, o‘shandagina samarali texnologiya asosida shakllantirilgan bo‘ladi.
Indikatorlik funksiyasi shuki, har bir savol boshqa muammoga aloqador bo‘lgan axborot emas, balki qidirilayotgan ma’lumot olinishini ta’minlashi kerak. Bu borada har bir savolni tuzayotganda unga indikator, ya’ni miqdoriy ko‘rsatkichga qaragandek yondashish kerak. Bunda har bir savol bo‘yicha olingan javoblarni umumlashtirganda tadqiqot uchun kerak bo‘lgan ma’lumot hosil bo‘lishi kerak. Masalan, agar respondentlarga “yoshingiz nechada?” yoki “jinsingiz nima?” degan oddiy savollar berilsa, ushbu savollar bo‘yicha olingan javoblar respondentlarining ijtimoiydemografik tuzilishi to‘g‘risidagi birlamchi ma’lumotlarni hosil qiladi.
Savolning kommunikativ funksiyasi respondent bilan tadqiqotchi o‘rtasida virtual ijtimoiy-psixologik muloqotni o‘rnatish va rivojlantirish bilan ifodalanadi. Bu borada anketadagi savollar orqali ko‘proq respondentga murojaat, iltimos qilish yoki uning halolligiga urg‘u berish kerak. Buning uchun “Ayting-chi, ...”, “Sizningcha...”, “Nima deb o‘ylaysiz, ...”, “O‘z fikringiz bilan o‘rtoqlashing”, “Iltimos, bu boradagi o‘z samimiy fikringizni bildiring” kabi murojaat so‘z iboralaridan foydalanish mumkin15.
Anketa so‘rovi davomida respondent o‘zini o‘z qiyofasida his qilishi uchun savol mazmuni va bayon qilish usuli respondentning kundalik leksikasiga aylantirilishi kerak. Undan tashqari, savollarni hajm nuqtai nazariga ko‘ra, respondentlarning ayrim psixologik xususiyatlari: ularning xabardorligi va bilishi, xotirasi va tahliliy qobiliyatiga moslashtirish maqsadga muvofiq sanaladi. Nazarimizda, savollar tuzishda tajribali marketologlar tomonidan berilgan quyidagi maslahatlarga quloq tutishimiz kerak: anketa savollari aniq bo‘lishi kerak; savol taqozo etadigan javoblar shakli yozish uchun qulay bo‘lishi lozim; savol faqat bitta predmet haqida berilishi lozim; savol imkon qadar qisqa va lo‘nda bo‘lishi lozim, agar savol uzunroq tuzilsa, unda uning asl mohiyati tushunarli tilda bayon etilishi lozim; savollar to‘g‘ri va aniq javoblarni keltirib chiqarishi lozim.
Sotsiologik anketaning kommunikativ funksiyasiga savollarning shakllari katta ta’sir ko‘rsatadi. Yuqoridagilardan ma’lum bo‘ldiki, anketa so‘rovi asosan yopiq savollar asosida o‘tkazishga yo‘naltirilgan. Anketa tuzilayotganda imkon qadar ochiq savollarni ko‘paytirib yubormaslik kerak. Agar ochiq savollar ko‘payib ketsa, unda anketa so‘rovini o‘tkazish befoyda.
|
| |