|
I.2. Anketa soʻrovi tushunchasi, uning oʻziga xos xususiyatlari va tasnifi
|
bet | 5/12 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 53,85 Kb. | | #238790 |
Bog'liq SOTSIOLOGIK SUROV VARAQASI ANKETA SUROV.I.2. Anketa soʻrovi tushunchasi, uning oʻziga xos xususiyatlari va tasnifi
So‘rov metodi dastavval psixologiya ilmida vujudga kelgan. Psixologiyada so‘rov metodini birinchi bo‘lib ingliz olimi F.Galton tadqiqotchilarda aqliy xislatlarning yuzaga kelishini o‘rganish maqsadida qo‘llagan. Keyinchalik xorijiy psixolog-olimlar S.Xoll, A.Bine, G.M. Andreeva, E.Noel tomonidan so‘rov o‘tkazishning amaliy texnologiyasi rivojlantiriladi. Bugungi kungacha amaliy sotsiologiyada ham ushbu metodni qo‘llash metodikasi yuqori saviyada rivojlantirildi. So‘rov g‘oyasining “muallifi” psixologiya bo‘lsada, sotsiologiya uni rivojlantirdi, jamoatchilik fikridek murakkab, ko‘p qirrali va latent hodisani o‘rganish uchun moslashtirdi, deb aytsak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shunday bo‘lsada, bugungi kunda har ikkala fan ham ushbu metodni rivojlantirishda o‘z hissasini qo‘shishdan to‘xtagani yo‘q. Ular aksariyat tadqiqotlarda kompleks ravishda, ya’ni sotsiologiya va psixologiya metodlarini uzviy bog‘liq qo‘llash orqali amalga oshiriladi. Bu, albatta, tadqiqotning sifatini oshirishga xizmat qiladi. Faqat, psixologiya ko‘proq o‘z tadqiqotlarida validlilik to‘g‘risida qayg‘ursa, sotsiologiya reprezentativlik uchun bosh qotiradi7.
Sotsiologiyaning so‘rov instrumentlari asosan ikki turga bo‘linadi: anketa so‘rovi va intervyu.
Anketa so‘rovi to‘g‘risida fikr yuritishdan oldin intervyu to‘g‘risida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Intervyu – intervyu o‘tkazuvchi (intervyuer) tomonidan intervyuda ishtirok etayotgan shaxs (respondent)dan muayyan 120 savollarga javob olishga yo‘naltirilgan verbal-kommunikativ metod sanaladi. Sodda qilib aytganda, intervyuer bilan respondentning muloqoti tushuniladi8.
Intervyuni anketa so‘rovidan farqlab turuvchi eng asosiy jihati shundaki, anketa so‘rovi anketa so‘rovnomalari asosida o‘tkaziladi. Anketa so‘rovnomasida savol bilan birgalikda javoblar variantlari ham bo‘ladi. Undan tashqari, aksariyat hollarda, anketa so‘rovi ko‘pchilik orasida o‘tkaziladi. Intervyuda esa anketa so‘rovnomasi o‘rnida intervyu savolnomasi bo‘ladi yoki ayrim hollarda (nostandart intervyuda) umuman savolnoma bo‘lmaydi. Shuningdek, intervyu respondent bilan yuzma-yuz suhbat qilish orqali alohida tartibda amalga oshiriladi. Anketa so‘rovi esa bir vaqtning o‘zida ko‘pchilik orasida anketa so‘rovnomalarini tarqatish orqali o‘tkaziladi.
Demak, anketa so‘rovi deganda insonlardan oldindan tayyorlangan so‘rovnomalar asosida ma’lum ob’ektiv faktlar, voqea, hodisa va shaxslar to‘g‘risida fikr olish jarayoni tushuniladi. Sodda qilib aytganda, anketa so‘rovi – anketa asosida suhbat qilishdir. Anketa so‘rovi yordamida respondentlardan o‘zlari guvohi bo‘lgan, eshitgan, ko‘rgan yoki mustaqil tushunchaga ega bo‘lgan ma’lum voqea yoki shaxs to‘g‘risida ma’lumot olish jarayonini tushunish mumkin.
Anketa so‘rovi respondentlarning soni bo‘yicha quyidagi turlarga bo‘linadi:
– individual anketa so‘rovi (bitta respondent, ya’ni har bir fuqaro bilan alohida tartibda anketa so‘rovini o‘tkazish);
– guruhiy anketa so‘rovi (bir vaqtning o‘zida bir qancha (100 gacha) respondent bilan so‘rov o‘tkazish);
– ommaviy anketa so‘rovi (yuzdan oshiq respondentni anketa so‘roviga jalb qilish).
Har bir metodning uslubiy afzalliklari, muvaffaqiyatlari bilan birgalikda, o‘ziga xos ehtimoliy kamchiliklari ham bo‘ladi. Masalan, so‘rov instrumentlari orasida olimlar tomonidan eng samarali turi sifatida intervyu, ya’ni shaxs bilan yuzma-yuz suhbat o‘tkazish e’tirof etiladi. Chunki yuzma-yuz muloqot qilish orqali fuqarolarni tinglash, savollarga bevosita javob olish, ayrim hodisa yoki voqealarni qaytadan so‘rash hamda aniqlashtirib olish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Shuningdek, intervyu davomida respondentni 121 shaxsan va individual tartibda kuzatish, respondentning o‘zini tutishi, kutilmagan yoki chalg‘ituvchi savollarga javob berishi, tashqi ko‘rinishidagi ekspressiv reaksiyalar, nutqidagi o‘zgarishlarni kuzatib borish sharoiti ham mavjud bo‘ladi9.
To‘g‘ri, insonni so‘zlaridan ko‘ra, xulqiga qarab baholash ko‘proq foyda berishi mumkin. Biroq insonning xulqi u to‘g‘risidagi haqiqatning kichik debochasi sanaladi. Aslida esa, inson to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar uning ichki ruhiyatida yashirinib yotishi va xulqida kuzatmasligimiz mumkin. Shu sababli, u yoki bu insonning motivlari va moyilligini uning barcha harakatlari majmuasidan kelib chiqib baholashimiz mumkin. Bu borada, anketadagi turli savollar respondent ruhiyatining turli qirralarini ochishga ko‘maklashadi10.
Demak, anketa so‘rovining uslubiy afzalliklari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
Qisqa vaqt oralig‘ida ko‘proq respondentlarning fikrini o‘rganish.
So‘rov sotsiologik anketa vositasida o‘tkazilayotganligi sababli respondentlarning har biri bilan alohida tartibda suhbat uyushtirish shart emas. Ularni alohida joyda to‘plab bir vaqtda anketalar tarqatiladi va nisbatan umumiy vaqtda respondentlar anketalarni to‘ldirib berishadi. Masalan, 50 nafar respondent bilan anketa so‘rovi o‘tkazilayotgan bo‘lsa va sotsiologik anketa 15-20 savoldan iborat bo‘lsa, 1 soat oralig‘ida ular anketadagi savollarga javob berib bo‘lishi mumkin. Ya’ni tadqiqotchi 1 soat ichida 50 nafar respondentning fikrini olishga muyassar bo‘ladi. Boshqacha sharoitda esa (xususan, og‘zaki suhbatda) bunday natijaga erishib bo‘lmaydi11.
Respondentlarning noverbal xulqini kuzatish va psixologik o‘rganish imkoniyatining mavjudligi.
Inson xulqining noverbal komponentlariga uning qiliqlari, mimika, imo-ishoralari, yuz tuzilishi va badanidagi reaksiyalar hamda nutq bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa harakatlari kiradi. Verbal komponentga esa og‘zaki va yozma nutq bilan bog‘liq harakatlari kiradi. Anketadagi turli shakldagi savollar respondentning ongiga suqilib kiradi. Shu sababli, agar kuzatib tursangiz, anketa savollariga javob berayotgan respondentning emotsional holatining o‘zgarib borayotganligidan guvoh bo‘lishingiz mumkin. Bu borada 122 nemis mutafakkiri Fredrix Nisshe shunday degan edi: “Odamlar og‘zi bilan bemalol aldaydi, biroq ularning o‘sha paytdagi tirishib turgan afti har holda haqiqatni aytadi”.
Anketa so‘rovida respondentlar qo‘lida turgan anketa so‘rovnomalari bilan intersub’ektiv munosabatga kirishadi, ya’ni anketadagi savollarga ifoda etilgan voqea va hodisalarga xayolan kirib ketadi. Har bir savolni o‘qiyotganda, respondentning xotirasida o‘zi ko‘rgan, eshitgan yoki guvohi bo‘lgan voqealar assotsiatsiyalar yordamida gavdalandi va albatta, ushbu ichki ruhiy jarayon respondentning tashqi qiyofasida namoyon bo‘ladi. Tadqiqotchi respondentlardagi ana shunday o‘zgarishlarni kuzatib borishi hamda respondentlar orasidan ko‘proq ruhiy tashvishga tushganlarini aniqlab olishi mumkin. Keyinchalik bunday shaxslar bilan alohida tartibda psixologik aloqa o‘rnatib, ulardan ishonchliroq va manzilli ma’lumotlarni olish mumkin bo‘ladi.
Savollarga javob olish usulining yengilligi.
Anketa so‘rovining afzalligi – unda respondentdan olish mumkin bo‘lgan javoblarning oldindan ishlab chiqilganligidadir. Javoblarning mavjudligi nafaqat so‘rov jarayonini yengillashtirib beradi, balki respondentlar fikrining to‘liqligi, xolisligi va to‘g‘riligiga ham ta’sir ko‘rsatadi.
Sotsiologik anketa respondentlarning biror voqeaga oid fikrlarini tizimlashtirish xususiyatiga ega. Ayrim vaqtlarda, tadqiqot doirasida o‘rganilayotgan ijtimoiy muammo, fakt yoki jarayon to‘g‘risidagi ma’lumot respondentlar yodidan ko‘tarilgan bo‘lishi mumkin. Anketada esa savollar bilan birgalikda bir qancha javoblar “menyusi” keltiriladi. Ushbu menyudagi javoblar orasida agar respondent duch kelgan voqea, holat, hodisa bo‘lsa, ushbu javoblar respondent xotirasida assotsiatsiyalarni yuzaga keltiradi hamda muayyan savol yuzsidan uning fikrlarini tizimlashtiradi. Undan tashqari, anketa so‘rovi shunaqa so‘rov turi-ki, unda og‘zaki so‘rovda bo‘lishi mumkin bo‘lgan fikr bo‘linishi va qochishi, safsatabozlik kabi holatlar istisno etiladi12.
|
| |