168
SM modulidan 128 ta bo‘lishi mumkin. AL va UL xohlagan nisbatda
bo‘lishi mumkin. AL va UL interfeyslarini bir - biri bilan o‘rin almashishi
mumkin. Ular nisbati 304 AAL ga 60 RUL ekvivalentdir.
AAL platasi
ASL 16 yoki 32 ta AAL ulanadi. RAL platasi DSL 8 ta 2B+D interfeysni
ta’minlashi mumkin.
RUL platasi DTF, ko‘p protokolli ishlov berish (LAP) boshqa platalari
bilan birgalikda PRI, V5.2, PH1 va 7-
sonli UKS bazasidagi UL
interfeysini ta’minlaydi. MFC platasi bilan birga R2, R1.5, SS5
signalizatsiyasi tizimi asosida ajratilgan kanal bo‘yicha signalizatsiyani
ta’minlaydi. Tushayotgan yuklamaga asosan modullararo aloqani nutq
kanallarining umumiy soni 512 yoki 1024 ga
teng konfiguratsiyalanishi
mumkin.
Katta bo‘lmagan kengaytirishda, SM qo‘shmasdan, faqat AL
javonlarini qo‘shish kerak. AL javonlarini
bosh tugun va kommutatsiya
maydon HW magistral liniyalari bilan rezervlashtirilgan aloqa liniyalariga
ulash kerak. SM qo‘shish kerak bo‘lganda, boshqa SM larga tegmay, uni
alohida o‘rnatish mumkin. Buning uchun AM/CM ga juft optik interfeys
platasi qo‘shiladi va qo‘shilgan modulni optik kanallarga ulanadi.
Faqat SPM modullari bilan tizim konfiguratsiyasini ko‘ramiz. SPM
AM/CM ichiga joylashtirilgan bo‘lib, AM/CM moduli ta’minlaydigan E1
interfeyslari, yoki SDH optik interfeyslari
orqali hamma turdagi
xizmatlarni beradi. SPM katta sig‘imli xalqaro, shaharlararo, tranzit
stansiya
sifatida ishlatishga, hamda tarmoqlararo interfeyslari bilan
shlyuzli stansiyada ishlatishga mos keladi. SPM faqat AM/CM bilan birga
ishlay oladi. Uni tarmoq tashkil qilishda alohida SM sifatida ishlatish
mumkin emas. SPM bilan tizim konfiguratsiyasi 6.2-
jadvalda
ko‘rsatilgan. Bitta SPM 4096 gacha UL xizmat ko‘rsata oladi.
6.2- jadval
SPM bilan tizim konfiguratsiyasi
UL soni SPM soni
Stativ soni
307- 20
8
5
61440
16
7-
92160
24
9