253
Chaqiriluvchi abonent birinchi bo‘lib otboy berganda, uskuna
almashadigan komandalar to‘plami o‘zgarmasdan qoladi. Ularning ketma - ket
kelishi rasmda ko‘rsatilgan.
7.6.3. Chaqiriluvchi abonent band
Bog‘lanishni o‘rnatishga urinishda chaqiriluvchi abonent bandligi
aniqlangan vaziyat 7.15- rasmda ko‘rsatilgan.
1) Softswitch2 H.323 terminaliga H.225.0: Setup xabarini uzatganidan
keyin terminaldan H.225.0: Setup protokolining xabaridagi abonentning
bandligi to‘g‘risidagi signal kelib tushadi.
2) H.225.0: Release Complete xabari bilan signal kanali yopiladi.
3) Softswitch2 H.225.0:Release Complete xabarining tarkibini tahlil qiladi
va uni chaqiriluvchi abonent shu vaqtda chaqiruvni qabul qila olmasligi yoki
qabul qilishni istamaginligi bilan bog‘liq bo‘lgan SIP:603 Declinu xabariga
joylashtiradi. Javobga SIP:200 OK tasdiq jo‘natiladi.
4) Softswitch1 ushbu xabarni qabul qilib, uni ISUP:REL uzib qo‘yish
so‘roviga konvertlaydi. Chiquvchi ATS undan otboy signalini qabul qiladi,
bog‘lanish bilan band bo‘lgan o‘zining resurslarini bo‘shatadi, Softswitch1
texnologiyasiga ISUP: RLC (tasdiq) xabarini uzatadi.
5) Chaqiruvchi abonent uzilishning «qisqa gudok » akustik signalini
eshitadi.