249
transport adresi, shuningdek RTSR kanalining trasport adresi
ko‘rsatiladigan open Logical Channel Ack tasdig‘i uzatilishi kerak.
16) Softswitch2 so‘rov muvaffaqiyatli bajarilganligi, chaqiriluvchi
foyda- lanuvchi aloqa seansida ishtirok etishga roziligi to‘g‘risida
SIP:200 OK javobini SIP:INVITE so‘roviga javob qilib yuboradi, tele
javobda chaqiriluvchi foydalanuv- chi uskunasining imkoniyatlari
ko‘rsatiladi. Softswitch1 SIP:ASK so‘rovi bilan ja- vobni qabul qilishni
tasdiqlaydi.
17- ) Softswitch1 ISUP:IAM javobi to‘g‘risidagi xabarni chiquvchi
ATSga uzatadi.
18) Keyin so‘zlashuv sessiyasi boshlanadi, ya’ni chaqiruvchi
abonent chaqiriluvchi abonent bilan bog‘lanadi, to‘lov yozilishi
boshlanadi
va
so‘zlashuv
amalga
oshiriladi.
Chaqiriluvchi
foydalanuvchining uskunasi RTP/UDP/IP paketlarga so‘rovlangan
nutqli axborotni, RTCP kanal yordamida RTP kanallar bo‘ylab
axborotni uzatish nazorat qilinadigan shlyuzning RTP - kanali transport
adresiga uzatadi. Shlyuz ushbu paketlarni o‘rovdan ochadi va raqamli
ko‘rinishda chaqiruvchi ATSga nutqli axborotni yuboradi, ATS o‘z
navbatida, uni foydalanuvchiga etkazadi. UFTf tarmog‘ining
foydalanuvchisidan nutqli axborot teskari tartibda chaqiriluvchi
abonentga uzatiladi.