• Yigilish raisi: Maktab direktori Asqarova N Qatnashchilar
  • Taklif etilganlar: Burxonov Z. KUN TARTIBI
  • Eshitildi
  • Eshitildi: M.
  • QAROR QILADI
  • Yig‘ilish raisi: N.Asqarova Kotiba: G. Yo’lchiboyeva
  • So’z turkumlarini o’qitish metodikasi




    Download 18.6 Kb.
    Sana14.09.2023
    Hajmi18.6 Kb.
    #81814
    Bog'liq
    mahorat darsi (5)
    Xumoyinmirzo topshiriq Botanika Slayd, Yong\'oqli dala xati, 1-amaliy mashg\'ulot, 3-mavzu, 1-amaliy, 2-mavzu, 1 ma`ruza, Borland C Builderda massivlar bilan ishlash, qozoqboyeva xayrinisobonu ona tili óqitish metodikasi amaliy ish, psixalogik xizmat asoslari, Axborot tizimlari amaliy, Ona tili va adabiyot darslarida og, 1-MAVZU taqdimt, savollar, 3 dekabr 4.2

    A.Qodiriy nomidagi JDPU Maktabgacha va boshlang’ich yo’nalishlarida masofaviy ta’lim kafedrasi o‘qituvchilari Bo’tayeva Nigora va O’ktamova Shahnozaning Jizzax viloyati 32- sonli yordamchi maktab internati O’zbek tili va adabiyoti fanlari uslub birlashmasida “So’z turkumlarini o’qitish metodikasi ” mavzusida o‘tkazilgan Master klass tahlili
    BAYONNOMASI

    Jizzax shahri 5.04.2022 yil





    Yigilish raisi:

    Maktab direktori Asqarova N

    Qatnashchilar:

    Hudoyshukurova M, Zulpanova G, Atamurodova D, Ahadov O, Jo`rayeva Z, Nasriddinova Z, Yoqubova M, Mamatqulova M.

    Taklif etilganlar:

    Burxonov Z.



    KUN TARTIBI:
    Z.Burxonovning darsida “Ot so‘z turkumi” mavzusida o‘tilgan 2 soatlik Master klass darsi tahlili.
    Eshitildi: Maktab direktori Asqarova N. ning fikrlari: Mana biz o’qituvchi Z.Burxonovning darsini kuzatdik. Avvalo uning o‘zidan dars yuzasidan fikrini so‘raymiz.
    Eshitildi: Z.Burxonovning dars mavzusi “So’z turkumlarini o’qitish metodikasi” bo‘lib, maqsad tinglovchilarga mavzuni innovatsion texnologiyaiar orqali yoritish.
    Mavzu slaydlar orqali tinglovchilarga tushuntirildi. Mavzu tinlovchilar ongida saqlanishi uchun men ularga turli boshqotirmalar tayyorladim. Tinglovchilar bevosita darsning ishtirokchisi bo`ldilar. So‘ng guruhni 3 ga bo‘lib bellashuv olib borildi .
    Birinchi, Otlarning ma‘no guruhlarini misollar orqali tushuntirish, ulardagi farqlarni boshqotirmalar orqali yetkazish .
    Ikkinchi, tinglovchilar she’rni ifodali o‘qish orqali ulardagi yasovchi qo‘shimchalar orqali bilimini oshirish kerak edi.
    Uchinchi, tinglovchi ikki guruhga bo‘lib savol-javob o‘tqazdim.
    Ishtirokchilar bu topshiriqlarni a’lo darajada bajarishdi va shu usul bilan tinlovchilarni mavzuga qiziqishini uyg`otishga erishildi.
    Mavzu turli mashqlar bilan bajarildi.
    Yangi mavzuni mustahkamlash uchun “Klaster”, ”Aqliy hujum”, texnalogiyalaridan foydalandim.
    Eshitildi:o’qituvchi Mamatqulova G: Men Z.Burxonovning darsini to‘liq kuzatdim. O‘qituvchi darsda o‘zini yaxshi tutdi. DTS talablariga mos ravishda o‘tdi. Dars yaxshi tashkillashtirildi.
    Eshitildi: o‘qituvchi Atamurodova G: men Z.Burxonovning darsini kuzatdim. Darsdan qanoatlandim. Dars o‘z vaqtida boshlandi. Yangi mavzuni tushuntirishda interfaol usullardan foydalanildi. Dars yaxshi tarzda o‘tildi. Tinglovchilar ikkiga bo‘lib og‘zaki ravishda boshqotirmalarni yechishdi. Kuzatilgan maqsadga erishildi.
    Eshitildi: o‘qituvchi Z. Nasriddinova: slayddagi misollarni Tinglovchilarga ravon tilda tushintra bildi. O‘qituvchi biroz shevadan foydalandi. Ammo dars qiziqarli tarzda o‘tdi. Tinglovchilar juda faol qatnashdilar. Xonada doska yetishmaganligi uchun, Tinglovchilar mashqlarni og‘zaki ravishda bajarishdi. Ayrim hatoliklarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa ham etiborga olinmadi. Darsni qoniqarli deb hisoblash mumkin.
    Eshitildi: M. Mamatqulova: Yuqoridagi barcha gaplarga qo‘shilgan holda men ham o‘z fikrimni bildirsam. Dars yaxshi tashkillashtirgan. Yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanildi. Dars o‘tish jarayoni menga ma’qul. O‘zimga darsdan ko‘p narsani oldim. Darsda juda ko‘p foydali ma’lumotlar berildi.
    Eshitildi: O‘qituvchi Z.Joʻrayeva: Dars uslubi ancha yaxshi tashkillashtirilgan. Tinglovchilar ham faol qatnashdilar. Darsdan ko‘p yangiliklarni bilib oldik. Barcha o‘qituvchilar dars ijobiy o‘tganligi haqida so‘zladilar va yaxshi baholadilar.
    Eshitildi: Maktab direktori Asqarova N. yuqoridagi fikrlarni inobatga olib, shunday xulosalar bildirdi: O’qituvchi darsni yangi pedagogik texnologiya asosida o‘tib berdi. Dars o‘z vaqtida boshlandi. Ijobiy fikrlarga qo‘shilgan holda dars to‘liq reja asosida DTS talablariga mos ravishda yangi pedagogik texnologiyaga asosan o‘tildi. Mavzu tinglovchiga juda yaxshi tushuntirildi.Tinglovchilar 2 guruhga bo‘linib, yangi mavzu yuzasidan topshiriqlarni bajarishdi. Dars yaxshi tashkil etilgan. O‘qituvchining nutqi ravon, o‘zini erkin tutdi. Slayd va tarqatma materiallar- kartochkalardan foydalanildi.O‘qituvchi darsni talab darajasida o‘tkazdi.
    Yuqoridagi fikr-mulohazalardan kelib chiqib, yig’ilish
    QAROR QILADI:
    1. A.Qodiriy nomidagi JDPU Maktabgacha va boshlang’ich yo’nalishlarida masofaviy ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi Z. Burxonovning Jizzax Shahar 18- umumiy o’rta ta’lim maktabi O’zbek tili va adabiyoti fanlari uslub birlashmasida “So’z turkumlarini o’qitish metodikasi ” mavzusida o‘tkazilgan Master klass qoniqarli deb baholansin.

    2. Dars yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalar har bir darsda e’tiborga olinsin.


    Yig‘ilish raisi: N.Asqarova


    Kotiba: G. Yo’lchiboyeva
    Download 18.6 Kb.




    Download 18.6 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    So’z turkumlarini o’qitish metodikasi

    Download 18.6 Kb.