|
Spark avtomobilini dvegatelini taqsimlash valining texnik xususiyatlari
|
bet | 10/11 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 1,95 Mb. | | #239854 |
Bog'liq Vishlab chiqarish kursavoy mirjalol12Н1=h1 + h2 + h3 +h4 + h5 , (8.4
Bu erda: h1- tsexdagi oʻrnatilgan eng baland uskunaning balandligi
H2-yuqori exstremal holatga koʻtarilgan mahsulotning pastga qirrasi va eng yuqori uskunaning uyqori nuqtasi orasidagi masofa
H3- kran orqali tashaladigan eng katta maxsulot balandligi
H4-(1m)
H5- Ilgak oʻqidan oʻta yuqori holatda kran yolining temiryol boshi darajasigacha boʻlgan masofa
H2=h6+h7
H2-Kran yoʻlining temir yoʻl boshidan trosni maxkamlashgacha
boʻgan masofa.
h6-koʻprik kranning balandligi
h7- kranning eng baland nuqtasi va trosning tortish orasidagi masofa (0.1m)
Dastlabki hisob-kitoblar
Bu yerda:fs-detalni tamirlash uchun maydon m2
Texnika xavsizlik qoidalari;
Gaz taqsimlash val detalini ishlab chiqish ishchi joyini mehnat sharoitlarining tarifi va tahlili texnologik jarayonning qisqa ta’rifi va ishchilar mehnat tarifi. Detalga ishlov berish jarayoni GOST 123-002-85 boʻyicha ishchilar mehnatini havfsizlik sharoitlarini inobatga olgan holda tuzilgan tehnologik jarayon tokarlik dastgohlaridan iborat boʻlgan ishlab chiqarish tizimidir. Ishchi hodimla dastgohlarga moslanib va kesuvchi asboblar bilan taminlangan boʻlishi kerak. Bu dastgohlar universal va yarim avtomatlardir. Ish jarayonda detal bitta dastgohdan ikkinchi dastgohga qoʻl yoki mahsus qurilma yordamida uzatib berilishi mumkin. Boʻlimda mavjud boʻlgan xavfli moddalar CNiP-93 normativlar bilan meyorlangan. Ishchi joylarini yaxshilash uchun boʻlimda issiq suv, ichimlik suvi dam olish joylari koʻzda tutilgan. Ishlov berish vaqti ajralib chiqqan chiqindilar yer ostidan konveyer yordamida tashqariga olib tashlanadi. Yong’inni oldini olish uchun signalizatsiya, yong’in shiti yong’in gidranti mavjud boʻlishi shart. Tsex bir etajli binoda joylashgan boʻlib, svetaeratsion fanarlar, ventilyatsiya va tabiiy yorug’lik bilan taminlangan. Havfli zonalarning hammasini atrofi oʻralgan. Dastgohlar maxsus fundamentga oʻrnatilgan. Boʻlimda zaruriy elektr xavfsizlik qoidalari koʻzda tutilgan. Tehnologik jarayonni mehanizatsiyalash va avtomatizatsiyalash. Tehnologik jarayonni mehanizatsiyalash va avtomatizatsiyalash mehnat sharoitini yengillshtiradi. Mexnat sig’imi va yordamchi vaqt ham kamayadi. Shuning uchun zagatovka tsexda va tashqaridan transportyor yordamida tashiladi. Osma kran yordamida dastgohlar montaj va demontaj qilinadi. Chiqan chiqindilar yer ostidan konveyer yordamida olib tashlanadi. Qo'llanilgan moslamalar iloji boricha mehanizatsiyalashgan. Og’ir yuk va dastgohlarni koʻchirish uchun kranbalka qoʻllaniladi. Loyihada havfli va zararli omillar mavjud. Zararli omillar birinchi mexanik ishlar berishdagi, yani kesib ishlashdagi ajraladi-gan chang, tovush, vibratsiyadir. Chang odamning organizmiga kirib nafas olish yoʻllarini kasallantiradi va koʻz pardasini ishdan chiqarishi mumkin. Vibratsiya, yani tebranish tufayli professional kasalliklar paydo boʻladi. Chiqadigan tovush odamning miyasiga tasir etib uni charchatadi va malum kasalliklarni kelib chiqishiga sabab boʻladi. Xavfli omillar bu metalga ishlov bergan vaqtda strujka, asbob sinig’lari uchib odamga jarohat qilishi mumkin.
Bundan tashqari xavfli omillarning biri elektr toki. Chunki xamma jihozlar elektr toki bilan ishlaydi. Boʻlimda oʻtish va transportda oʻtish yoʻllari ham mavjud, ular meerga qaraganda, yoʻllar-2000 mm, a oʻtish joylari va dastgohdan 800-1200 mm teng boʻlishlari shart. Ularni soni tehnologik jarayon katta –kichikligiga qarab olinadi. Odamni oʻlchovi 800 mm olinadi. Odam va stanok orasidagi masofa 1500 mm qilib olinadi.
Ishlab chiqarish joyidagi yoritilish tizimi- Yoritilganlik normalariga mos holatda korxona uchun yoritish tiziminiva tabiy va su’niy yoritilish oldinadi. Loyixalanayotgan bo’limda tabiy va suniy yorug’lik ko’zda tutilgan. Tabiiy yoritilish oynak va fonarlar orqali bajariladi, TYOK me’yori 0,1-10% olinadi. Suniy yoritilish esa gazorazryadli lampalar orqali amalga oshiriladi. Bu lyuminessentli lampalardir. Normal ish sharoitini ta’minlash uchun SNiP-4-79dan foydalanib xisob kitob qilinaldi.Bo’limda talab etilgan meyoriy yorug’lik o’rtachani E-300lk.ga teng.
Normal mehnat qilishi uchun ish qilinadigan honalardagi havoning tarkibi atmosfera havosiga yaqin bo’lishi kerak. Havodagi zarali gazlar ish jarayonida hosil bo’llgan bug’, changlar kishi organizmiga qattiq ta’sir qiladi. Nafas siqilad, yurag qattiq ura boshlaydi. SHuning uchun ish zonasidagi havoda bo’lishiga yo’l qo’yiladigan zararli aralashmalar miqdorini normal holatda keltirish uchun havoni yangilab turadigan ventilyasilar quriladi. Ventilyasiya ishxonadagi havoda kislorod va boshqa gazlarning normal miqdorga shuningdek havo haroratining normal darajaga olib keladi.
Xulosa:
Kurs ishini bajarish jarayonida SPARK avtomobilining gaz taqsimlash val detalini tayyorlash va ta’mirlash” texnologiyasini ishlab chiqishda detalini zagotovka holatidan tayyor detal koʻrinishiga kelguniga qadar boʻlgan texnologik marshruti, buning uchun zaruriy jihozlar, moslamalar, ishlov beruvchi asboblar tanlandi va loyihalandi.
Texnologik jarayonlarni ishlab chiqishda muhim bosqichlardan biri ishlab chiqarish turini aniqlash hisoblanadi. Shu sababli bu ish texnologik jarayonni loyihalashni boshlang‘ich bosqichida bajariladi. Ishlab chiqarish turi mahsulotni ishlab chiqarish uchun texnologik jarayonini tuzishda va korxona ishini tashkil etishga juda katta ta’sir etadi. Maxsus gaz taqsimlash valni ishlab chiqarish mashinasozlik kabi iqtisodiy jihatdan muhim sanoatga xizmat qiladi. Har qanday transport vositasining ishlashini uning "yuragi" - dvigatelsiz tasavvur qilib bo'lmaydi, uning asosiy elementi gaz taqsimlash mexanizmi. Har qanday avtomobilsozlik transporti bo'linmasining ishlab chiqarish xodimlari quyidagi toifalarga bo'linadi: ishchilar (asosiy va yordamchi), xodimlar (texnik ijrochilar), mutaxassislar va menejerlar. Vagonlarni ta'mirlash va texnik xizmat ko'rsatish bilan shug'ullanadigan ishchilar poezdlar harakati bilan bog'liq va bog'lanmagan ishchilarga bo'linadi
Ushbu bitiruv malakaviy ishimga xulosa qilib aytadigan bo'lsam, Spark avtomobilining gaz taqsimlash vallar konstruksiyasini, vazifasini, undagi xar bir detalning vazifasini va qanday materialdan tayyorlanganligini yanada yaxshiroq bilib oldim. Bundan tashqari gaz taqsimlash val detalini tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqdim.
Gaz taqsimlash val kattaligi va yo'nalishi bo'yicha o'zgaruvchan inersiya kuchlarini va ulrning momentlarini qabul qilib, egilish va buralish deformatsiyalari, shuningdek, dvigatelning ishlashida bo'ladigan eguvchi va buralma tebranishlar deformatsiyalari ostida ishlaydi.
Mehnat muhofazasi bo‘limida biz uchun kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni oldim. Jumladan:Mehnat haqidagi qonunlar Kodeksi ishdagi zararli vaziyatlarni bartaraf qilish, baxtsizlik hodisalarning oldini olish va ish o’rinlarni sanitariya-gigienik jihatdan ko’ngildagidek bo’lishi uchun barcha zarur choralarni ko’rishini ma’muriyat zimmasiga yuklanadi. Zavod hududida va ustaxonada ishchilarning xulq-atvori zavod ichidagi transportning (temir yo’l, avtomobil va boshqalar) harakati va ko’taruvchi mexanizmlarning (kranlar, yuk ko’targichlar, tutqichlar) ishlashi bilan belgilanadi. Shu kabi boshqa ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘ldim.
Bitiruv malakaviy ishimda tirsakli val detalini tayyorlash texnologiyasini loyihaladim. Detalning yillik ishlab chiqarish soni 1100 donani taashkil qiladi. Detalni tayyorlash texnologik jarayonini loyihalashdan oldin, detalning vazifasi, konstruksiyasi, ishlash sharoiti, turlari, materiali, kinematikasi va dinamikasi bilan turli adabiyotlardan oʻqib tanishib chiqdim.
Kurs ishini natijalari boʻyicha shuni xulosa qilishim mumkinki, oʻqish davomida olgan bilimlarim amaliy va nazariy jihatdan mustahkamlandi,va bu egallangan bilim va amaliy ko‘nikmalarni kelajakda respublikamiz rivojiga xissa qo‘shishga sarflayman.
|
| |