Spektroskopiya (spektr va skopiya) fizikaning elektromagnit nurlanish spektrlarini oʻrganuvchi boʻlimi. S




Download 8.49 Kb.
Sana17.10.2023
Hajmi8.49 Kb.
#88243
Bog'liq
Spektroskopiya-WPS Office
ionlanish energiyasi va elektronga moyillik, ta-lim-sifatini-oshirishda-oilaning-orni, abloshka

Spektroskopiya (spektr va ... skopiya) — fizikaning elektromagnit nurlanish spektrlarini oʻrganuvchi boʻlimi. S. usullari bilan atom, molekulalarning energiya sathlari, ulardan hosil boʻlgan makroskopik tizimlar va energiya satqlari orasidagi kvant oʻtishlar oʻrganiladi. Bular moddaning tuzilishi va xossalari toʻgʻrisida muhim maʼlumotlar beradi.

S.ning paydo boʻlishi (I. Nyuton birinchi bor Quyosh nurlarini spektrga ajratgan vaqti) 1666-yillarga toʻgʻri keladi. Asosan, 19-asrning boshidan spektral sistematik ravishda oʻrganilgan. S. maʼlum belgilarga koʻra, mas, elektromagnit toʻlqinlarning toʻlqin uzunligiga koʻra radiospektroskopiya (radiotoʻlqin sohasi), optik spektroskopiya, rentgen spektroskopiyasi va h.k., tekshirilayotgan tizimlarning xiliga qarab atom spektroskopiyasi, molekulyar spektroskopiya va boshqa boʻlimlarga boʻlib qaraladi.

Atom S.si spektrlarni tahlil qilish yoʻli bilan atom elektronlari qobiqlarining tuzilishini aniqlash; spektral chiziqlarning oʻta nozik strukturasini oʻrganish orqali atom yadrolarining momentlari haqida maʼlumotga ega boʻlish; spektral chiziqlarning ravshanligi, yutilishi, kengayishi va surilishi orqali atomlar hosil qilgan muhitning xossalarini oʻrganish bilan shugʻullanadi. Kristallar S.si da kristallardagi energetik holatlar va ular orasidagi oʻtishlarni oʻrganuvchi muhim usullar karaladi. S. elektronli va fononli (panjaraning kvantlangan tebranishlari) boʻladi. Mole kul yar S. — har xil jism molekulalaridan tuzilgan murakkab gaz, suyuqlik va qattiq holatdagi moddalarning spektrlarini tekshiradi. Rentgen nurlari S.si moddaning elektron tuzilishini yutilayotgan, chikayotgan rentgen nurlari spektrlari hamda fotoelektron nurlanish spektrlari orqali oʻrganadi.

Yadro S.si S.ning alohida tadqiqot sohasi hisoblanadi. U atom yadrosining tuzilishi, yadro kuchlari va yadroning turli xossalarini oʻrganadi. Yadro S.sini alfa, beta va gamma S.si deyish ham mumkin.



Havolalar
Soʻnggi tahrir 1 yil avval MalikxanBot tomonidan amalga oshirildi
Download 8.49 Kb.




Download 8.49 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Spektroskopiya (spektr va skopiya) fizikaning elektromagnit nurlanish spektrlarini oʻrganuvchi boʻlimi. S

Download 8.49 Kb.