• 5.Suyuq kristallar
  • Moddalarning qattiq, suyuq, gaz holatlari
  • Reja: Kirish Atom yadrosining tuzilishi




    Download 21.76 Kb.
    bet1/3
    Sana31.01.2024
    Hajmi21.76 Kb.
    #149327
      1   2   3

    Reja: Kirish Atom yadrosining tuzilishi

    Modda tuzlilishi


    Reja:
    Kirish
    1.Atom yadrosining tuzilishi
    2.Atom tuzilishi sohasidagi asosiy ishlar.
    3.Moddalarning qattiq, suyuq, gaz holatlari

    4.Moddalarning plazma holati va plazma xillari


    5.Suyuq kristallar

    6. Xulosa


    7. Foydalanigan adabiyotlar

    KIRISH

    Modda tuzilishi hagidagi ma' lumot hozirgi zamon tabiatshunosligining, ehtimol, eng qiyin sohasi, yo'nalishi bo'lsa kerak, chunkí u fizika, matematika kristollografiya, laistollokimyo, kvant mexanika va kvant kimyo fanlarining qariyb barcha yutuqlaridan foydalanadi.Kimyo fanining bizga ma'lum bo`lgan ikki yarim ming yiliik tarixiga nazar solsak uning bir qancha muhím davrlardan iborat ekanligini ko`ramiz. Lekin ulami tarixan ikki katta bosqichga bo'lish mumkin: birinchi bosqich — kimyoning ratsional yo'lga o'tishigacha va ikkinchisi uning ratsionai yo'lga o'tishidan boshlangan bosqich. Ikki ming yildan ortiq davom etgan bitinchi bosqich davomida kishilar tabiatda minerallar, rudalardan o'z kundalik ehtiyojlari uchun unumli ravishda foydalandilar. Alximiklar faoliyati tufayli turli tuzlar, kisłotalar, ishqorlar ochildi. Ulami ajratib olish, tozalash uchun kimyoviy texnologiya asoslarini tashkil qiluvchi bug'latish, haydash kabi jarayonlar ishlab chiqildi va ulardan foydalanildi. Lekin moddalar asosan sifat jihatidan tariflanar, ularga xos bo'lgan tavsiflar juda kam hollarda ma'lum edi.Kimyoviy element (R. Boyl, M.Lomonosov), atom (Dalton), molekula (A.Avagadro, Gassendi, N.Burterov, Kanisaro) kabi tushunchalarning kimyo faniga kiritilishi tufayli, undan tarkib masalasi mustahkam o'rin egalladi.


    Atom yadrosining tuzilishi. Fanga uzoq vaqt atomlar bo’linmasdir degan fikr uzoq vaqt hukm surgan.Atomlar mayda qismlarga bo’linmaydi deb hisoblangan.Ayni element boshqa elementlarga aylanmaydi deb qaralgan.Lekin X1X asr boshlarida ingliz fizigi Dj. Tomson atomning eng kichik bo’lagi elektronni topdi.Elektron atomning eng kichik zarrachasi bo’lib u manfiy zaryadga ega.uning massasi 9,1095 10-28 g/ ga teng. Uning atom massasi vodorod atomining massasidan 1843 marta kichik.Elektronning zaryadi -1.
    Elektronlar manfiy zaryadlangan atomlar esa elektroneytral.Demak atomlarda musbat zarydlangan zarrachalar ham bor.Atomlar yana ham kichik zarrachalardan iborat ekanligi radioaktivlik hodisasi ochilgandan so’ng aniqlandi
    Moddalarning individualligi, ya'ni o'ziga xos xususiyat va tarkibga ega ekanligi to`g'risida ma' lumotlarning to'planishi, kimyoviy tuzilish to'g'risidagi fikrlarning paydo bo'lishi va rivojlanishi ularning tarkibi, tuzílishi va xossalardan tashkil topgan teng tomonli uchburchak shaklida o'zaro bog' langanligini ko'rsatdi.
    Materiyaning asosiy ko'rinishi korpuskulalar, moddalar va maydondir.
    Maydon ikki xil magnit va elektr maydon ko'rinishida bo' ladi. XIX asrgacha elektr va magnelizrn bir-biriga bog' liq emas, degan fikr mavjud edi. 1819-yilda daniyalik fizik G X Ersted elektr tokini tashiydigan o'tkazgich magnit kompas strelkasi oldida orqaga harakatlanganini kuzatdi, shundan so'ng, ular bir-biriga bog'liqligi isbotlandi. Ersted elektr toki yordamida magnit maydon olinishini tajribada ko'rsatdi. Bu tajribalardan xabar topgan M.Faradey 10 yillik izlanishlaridan so`ng magnit maydon yordamida elektr toki olishga muyassar bo'ldi. Magnit maydon atomdagi elektronlarning magnit momenti yoki zaryadlangan arrachaning toklari tufayli hosil bo'ladi. Magnit va elektr maydon birgalikda elktromagnit maydonni, ya'ni yorug`lik va elektromagnit to'lqinlarni hosil qiladi. 1863 yilda Maksvell yagona elektromagnit maydon nazariyasini fanga kiritdi. Bu nauriyaga ko'ra, o'zgaruvchan elektr maydoni, o'zgaruvchan magnit maydonini, o`zgaruvchan magnit maydon o`zgaruvchan elektr maydonini vujudga keltiradi. Natijada o`zaro o'ralgan elektr va magnit maydon sistemasi hosil bo`ladi. Magnit maydon harakatdagi nryadlar atrofidagina emas, balki vaqt davomida o'zgarib turuvchi elektr maydon mavjud bo'lgan barcha sohalarda ham vujudga keladi.
    Massa bu moddaning induksiva o'lchami va tortilish xossasini ifodalovchi fizik kattalik. Energiya jismning yoki jismlar sistemasining ish bajara olish qobiliyatini xarakterlovchi fizik kattalik, uning kimyoviy, mexanik, molekulyar, yorug`lik, atom energiyasi kabi turladi mavjuddir. Sistemalaming mexanik energiya jamg'armasi potensial va kinetik energiyalar turiga boilinadi.
    Kinetik energiya massa bilan tezlik kvadrati ko'paytmasining yarmiga teng kattalik.Ko'p hollarda jism bir vaqtning o`zida ham, kinetik ham potensial energiyaga ega bo'ladi. Sİ sistemasida encrgiya birligi Joulda o'lchanadi.
    1903-yilda Ennshteyn nisbiylik nazariyasini yaratdi. Bu nazariyaga ko'ra, tezlik ortishi bilan jismning massasi ortadi. ya'ni qo`shimcha harakat massasiga ega bo'ladi. U harakatdagi zarrachaning massasi tinch holatda turgan zarracha massasidan ortiq bo'lishini isbot etgan.
    Jismning massasi uning tezliglini o'zgartirishga bo`lgan qarshiligining miqdoriy ifodasidir.
    Atom tuzilishi sohasidagi asosiy ishlar.Moddalar ko`zga ko'rinmaydigan zarrachalardan iborat, degan tasavvurlar qadimgi Gretsiyada vujudga kelgan. Eramizdan avvatgi V asrda yaraıilgan bu atom gipotezasi rivojlanmasdan qoiib ketgan. Undan o'n asr o'tgach, ya'ni XVI asrning boshida fransuz olimi, fizik, matematik va filosof P. Gassendi tarixda unutib yuborilgan atom lushunchasini yana fanga kiritadi. P. Gassendi moddalar atomlardan tuzilgan va atomlarning xillari ko`p emas, degan fikrni maydonga tashlaydi. Ammo atom molekulyar nazariya yana rivojlanmaganicha qolib keldi. XV asrlardagina ilmiy asoslangan atom-molekulyar ta'limot yaratiladi. Atom-molekulvar ta'limot asosida moddalarning diskretligi prinsipi yotadi, ya'ni moddalar yaxlit bo'lmasdan, halki mayda zarrachalardan tarkib topgan. Moddalar o'rtasidagi Farq ularning zarrachalari orasidagi farq bilan belgilanadi. Moddalar doimo harakatda bo'ladi, jism harorati qanchalik yuqori bo'lsa, harakat ham shunchalik intensiv bo'ladi.
    Hozirgi vaqtda elektron mikroskoplar yordamida barcha moddalarning atom va molekulasini to'plamlarini ko`rish mumkin. Tomson, M. Lomonosov, Nils Bor, Jeyms Chedvik, Dalton, Ernest Rezerfordning tajribalari tufayli atom tuzilishi to'liq o'rganildi.
    Atom tuzilishi sohasidagi asosiy ishlar.
    Tomsonning atomning elekroneytralligi, Daltonning atomlar shar shaklida ekanligi, Borning vodorod atomi modeli, Jeyms Chedvikning neyü`onni borligini aniqlashi, Rezerfordning nuklear nazariyasi katta ahamiyatga ega. Elektronning kashf etilishi. XX asr boshlaridagi juda ko`p izlanishlar shuni ko'rsatdiki, atom moddaning eng kichik bo'linmaydigan zarrachasi emas, balki atomning o'zi elektron, proton, neytrondan va boshqa elementar mrrachalardan tashkil topgan.
    Atomning murakkabligini tasdiqlovchi dastlabki tajriba ma'lumotlari 1879-yilda siyraklashtirilgan gazlarda elektr zaryadi hosil bo'lishi hodisasini tekshirish natijasida olindi. Agar elektrodlar kavsharlangan shisha naydan havo so`rib olinsa va unga yuqori kuchlanishli tok ulansa, katoddan nur tarqala boshlaydi. Bu nurlar katod nurlari deyiladi. Ular elektr maydoni (E) da to'g'ri chiziqli harakatini o'zgartirib, musbat qutb tomonga og'adi. Demak- bu nurlar manfiy zaryadga ega. Tadqiqotlar shuni ko`rsatdiki, bu oqim elektronlar oqimidan iborat. Ko'pchilik metallar UB nur bilan yoritilganda ham elektronlar ajralib chiqadi.
    1896-yilda Bekkerel uran birikmalari ko'zga ko`rinmaydigan nur chiqarishni aniqladi. Mariya Kyuri — Sklodovskaya va Pyer Kyurilar Bekkerel ishlarini davom ettirib, toriy va aktiniy ham shunday xossaga ega ekanligini aniqladilar. O'z-o`zidan nurlanish hodisasi radiaktivlik deb, bu xossaga ega bo'lgan moddalar esa radiaktiv moddalar deb ataladigan bo'ldi.
    Tekshirishlar natijasida bu nurlarning bir xil emasligi aniqlandi. Ikki qismi qarama-qarshi tomonga og`adi. Bu ikki nurning biri elektr maydonida manfiy qutb tomonga, ikkinchisi musbat qutb tomonga buriladi.
    Elektronlar turli xil moddalardan ajralib chiqadi. Bundan, elektronlar hamma element atomlarining tarkibiy qismidir, degan xulosa chiqarildi. Lekin elektronlar manfiy zaryadlangan. Atom esa umuman elektroneytral bo'lgani uchun, ravshanki, atomning ichi musbat zaryadlangan qismi bo`lib u elektronning manfiy zaryadini kompensatsiya qilib turadi.
    XIX asr oxiriga kelib, atomlar murakkab tuzilishga ega va ular o'zaro bir-biriga aylana Olishi mumkinligi tasdiqlovchi bir qator faktlar aniqlandi. Moddalarni tashkil qiluvchi atomlar o'z tabiati bilan elektroneytral zarrachalar, atomda manfiy zaryadlangan elektronlar bilan bir qatorda, albatta, musbat zaryadlangan zarrachalar ham bo'lishi shart ekanligini ingliz fizigi Djozef Tomson tushunib yetdi va 1897-yilda Tomson tomonidan elektron kashf etildi.
    Tomson modeli.
    Moddalarning qattiq, suyuq, gaz holatlari

    Moddalar 4 xil agregat holatda bo'ladi.


    Qattiq, suyuq, gaz (bug`) va plazma.
    Qattiq moddalar 2 xil ko`rinishda bo`ladi. Kristall va amorf. Bu moddalarning o`ziga xos xususiyati bo`ladi. Kristall moddalar ma`łum yo`nalishda bir-biriga yopishgan, ulangan bo` lib ular shunday joyidan sinib tekis yoqli bo'laklarga ajraladi.

    Kristallarning ko'rinishi.


    Kristall moddalarda anizotroplik hodisasi uchraydi. Har ganday kristall modda o`ziga xos suyuqlanish haroratida suyuq holatga o`tadi.
    Amorf moddalar singanda bo' laklarning sirti past-baland bo'ladi va hamma yo`nalishda sinadi, sinish yo'llari tekis bo`lmaydi. Amorfmoddalar izotropdir.Amorf moddalar aniq bir tempcralurada suyuqlanmaydi, u qizdirilganda oldin yumshaydi, keyin suyuq holatga o'tadi.
    Suyuqliklar ma'lum hajmga ega, tekin shaklga ega emas. Ular xossalari jihatidan ham gazlarga ham qattiq moddalarga o'xshaydi.
    Gaz holatidagi har qanday moddaning zarrachalari bir-biri bilan bo'sh bog`langan bo'lib, gaz solingan idish ichida erkin harakat qiladi.

    Download 21.76 Kb.
      1   2   3




    Download 21.76 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Kirish Atom yadrosining tuzilishi

    Download 21.76 Kb.