"Spz-bearings O`zbekiston-Rossiya
qo`shma korxonasi" MCHJ
raxbariga, STIR: 205128867
HUJJATLARNI OLISH TO‘G‘RISIDA SO‘ROVNOMA
Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining
2020-yil 14-avgustdagi 489-sonli qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini
qoplash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablari asosida Sizning 2023-yil 8-avgustdagi soliq organlarining elektron davlat
xizmatlari portali orqali qo‘shilgan qiymat solig‘ining 2 000 000, 0 ming so‘mlik salbiy
farq summasini qoplash
yuzasidan taqdim etilgan 117703-2023-sonli arizangiz mazkur Nizom talablari asosida ko‘rib chiqilmoqda.
Bugungi kunda arizangizda qoplanishi so‘ralgan qo‘shilgan qiymat solig‘ini
asosliligi yuzasidan mazkur
Nizomning 18-bandi talablari asosida kameral soliq tekshiruvi o‘tkazilmoqda.
Shunga ko‘ra, Sizdan jamiyatga tegishli bo‘lgan omborda saqlanayotgan mahsulotlar hisobotini quyidagi jadval
asosida;
mahsulotlar saqlanayotgan omborning tegishlilik darajasi (kadastr hujjatti yoki ijara shartnomasi) bo‘yicha
hujjatlar;
taqdim etilgan qo‘shilgan qiymat solig‘ining 3-ilovasida hisobga olingan QQS summasi bo‘yicha birlamchi
hujjatlar (jumladan, omborga kirim qilingan tovarlar bo‘yicha yuk xatlari, ishonchnoma va shartnomalar);
ariza taqdim etgan davr oralig‘idagi barcha hisob raqamlar bo‘yicha bank aylanmalari to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni elektron ko‘rinishda (_xls_faylda) hamda bank tomonidan tasdiqlangan holda;
eksport va import shartnomalar;
Yuqoridagi so‘ralgan hujjatlarni 2023-yil 18-avgustga qadar Andijon viloyati soliq boshqarmasiga to‘liq
taqdim etishingiz so‘raladi.
Hurmatli soliq to‘lovchi!
So‘rovnoma yuzasidan oydinlik kiritish va qo‘shimcha ma’lumotlarni olish uchun bevosita Soliq boshqarmasiga
tashrif buyurishingiz mumkin (mas’ul –
Akbarov Ilhomjon Xaydaralievich).
Oy boshiga qoldiq
Oy davomida kirim
qilingan
Oy davomida chiqim
qilingan
Inventarizatsiya
o’tkazilgan kunga
qoldiq
№
Tovar-moddyi
qiymatliklar
nomi
O‘lchov
birligi
miqdori
summasi
miqdori
summasi
miqdori
summasi
miqdori
summasi
Boshqarma boshlig'ining
birinchi o'rinbosari
Z.Mirzaaxmedov
2023 - yil 14
- avgust
19/9-64251 - son