|
Sql tili va uning vazifalari
|
Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 15,54 Kb. | | #158060 |
SQL tili va uning vazifalari
SQL (Structured Query Language) strukturalashgan so‘rov tili ma’nosini bildirib, u relyatsion ma‘lumotlar bazasi bilan ishlash imkonini yaratib beradigan tildir.
Ma’lumki, relyatsion modelning tarixi (va bilvosita SQL tarixi ham) 1970 yil Ye,F.Koddni (bu paytda u IBM korporatsiyasining San Xosedagi tadqiqot markazida ishlagan) maqolasi chiqqan davrdan boshlanadi. 1974 yil shu laboratoriyada ishlovchi D. Chemberlen "Structured English Query Language" yoki SEQUEL deb nomlangan tilni e’lon qiladi. 1976 yil bu tilning qayta ishlangan SEQUEL/2 versiyasi yaratildi va u rasmiy ravishda SQL deb atalgan
SQL tili relyatsion algebra paydo bo‘lgandan keyin paydo bo‘ldi va uning birinchi prototipi IBM Research kompaniyasi tomonidan 70 yillar oxirida yaratilgan. SQL tilining birinchi ramiy standarti 1989 yil qabul qilingan. Ko‘pgina MBBT lar ushbu standartni qo‘llab – quvvatlaydi. 1992 yil oxirida SQL tilining yangi xalqaro standarti (SQL/92 yoki SQL2) qabul qilindi unda ham ba’zi kamchiliklar aniqlangan, biroq shunga qaramasdan SQL/89 ga nisbatan aniq va to‘liqroq xisoblanadi. Xozirgi paytda ko‘pgina MBBT ishlab chiqaruvchilar o‘z maxsulotlarini SQL2 standartini qanoatlantiradigan qilib o‘zgartirdilar.
1999 yil SQL3 deb atalgan yangi standart paydo bo‘ldi. Agar SQL1 va SQL2 standartlari biri –biridan miqdor jixati bilan farq qilgan bo‘lsa, SQL3 standarti sifat jixatlari bilan farqlanadi. SQL3 ga murakkab strukturaga ega ma‘lumotlar tipini ishlatish imkonini beradigan yangi ma‘lumotlar tipi kiritilgan. Bu tipni ob’ektga mo‘ljallanganlik darajasi yuqori xisoblanadi.
SQL tili foydalanuvchi relyatsion ma‘lumotlar bazasi bilan muloqat qilishi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, quyidagi 3 ta qismdan iborat:
• DDL (Data Definition Language) – ma‘lumotlarni aniqlash tili. Ma‘lumotlar bazasini (jadvallarini, indekslarini va x.k.) yaratish va uning sxemasini taxrirlash uchun mo‘ljallangan.
• DCL (Data Control Language) – ma‘lumotlarni boshqarish tili. Foydalanuvchilarning ma‘lumotlar bazasi ob’ektlariga murojatini chegaralash operatorlaridan iborat.
• DML (Data Manipulation Language) – ma‘lumotlarni qayta ishlash tili. Ma‘lumotlar bazasi jadvallariga o‘zgartirishlar kiritish uchun mo‘ljallangan.
Ma‘lumotlar bazasi bilan ishlovchi ixtiyoriy til foydalanuvchiga quyidagi imkoniyatlarni yaratishi lozim:
• strukturasini to‘la tavsiflagan xolda ma‘lumotlar bazasini va jadvallarini yaratish;
• ma‘lumotlar ustida manipulyatsiya amallarini bajarish, masalan, jadvallardan ma‘lumotlarni kiritish, taxrirlash, va o‘chirish;
• oddiy va murakkab so‘rovlarni bajarish.
|
| |