17-MAVZU:
Assembler dasturlash tili va uning imkoniyatlari. Assembly
dasturlash tili operatorlari va ularning qo'llanilishi, montaj
jarayoni
Reja
1.
Assembler
tushunchasi va uning
vazifalari
2.
Assembler tilida operatorlarning
formatlari va ularni qo‘llash
3.
Assemblerda makroslar yaratish
4.
Assembler
dasturni
kompilyatsiyalash usullari
Tayanch so‘zlar.
Assembler, ASM, jmp, jz, jnz, test, megabayt, kilobayt, intel,
borland int., turbo assembler, tlink.exe, tasm.exe, td.exe.ADD, MOV, SUB,INC,
metkalar, amallar, operandalar va izohlar,
. UltraSPARC, Motorola protsessorlari,
Makroslar, MASM (Macro Assembler), TASM (Turbo Assembler), WASM
(Watcom Assembler), FASM (Flat Assembler),
Kompilyatsiyalash (TASM da).
Assembler tushunchasi va uning vazifalari
Yuqori sath tillari hisoblangan
C, C+
va
Java
kabi dasturlash tillari- da
yozilgan bitta operatorni amalga oshirish uchun, bir
nechta mashina buyruqlarini
bajarish kerak bo‘ladi. Har bir operatorga bittadan mashina buyrng‘i to‘g‘ri
keladigan til esa -
assembler tili
deb ataladi. Har bir assembler tili yoki
assemblerlar,
mashina
buyruqlarining
nomlari
qisqartirib
yozilgan
-
mnemonikalarga,
ya’ni ma’noga ega qiskartirilgan so‘zlarga asoslanadi. Masalan:
qo‘shish -
ADD,
ayrish -
SUB,
ko‘chirib yozish -
MOV,
bir
qiymatga orttirish -
INC
va boshqa mashina buyruqlari kabi. Assembler tilida ham - konstantalarni,
o‘zgaruvchilarni, xotira adreslarini ifodalovchi metkalarni tavsiflash uchun,
simvollardan iborat nomlar qo‘llaniladi. Assembler tilida yozilgan dasturni
assembler- lash yoki translyasiya (kompilyasiya) qilish natijasida, real apparat mu-
hitda - Pentium 4,
Motorola, UltraSPARC yoki 8051 protsessorlaridan bi- ri
o‘rnatilgan kompyuterda bajarilishga tayyor
ikkilik sonlarda ifodalangan
dastur
hosil bo‘ladi. Ushbu holatni UMK80 o‘quv mikroprotsessorli
komplekti uchun
yozilgan, keltirilgan dastur yordamida tushuntirish mumkin. Bu dastur tezkor
xotira qurilmasining
0B00
adresi bo‘yicha yozilgan sonni o‘qiydi, uning inkorini
aniqlaydi
hamda natijani
0B01
adresi bo‘yicha tezkor xotira qurilmasiga qaytib
yozib qo‘yadi.
Dasturlarni yozishda barcha sonlar o‘n oltilik sanoq sistemasida ifodalanadi.
Dasturdagi buyruqlar -
bir, ikki yoki uch baytli
bo‘lib, mos holda hotiraning bitta,
ikkita yoki uchta yacheykasini egallashlari mumkin. Buni 17.1-rasmdagi dasturni
assemblerlagandan keyingi holatini ko‘rsatuvchi 17.2 va 17.3- rasmlar asosida
tushunib olish mumkin.
Buyruqlarning formatlari qanday ekanligini tushinib olish uchun, dasturni 17.4-
rasmdagi
bitta qatorda, bitta buyruq keltirilgan ko‘rinishda yozib olamiz. Bunda
har bir buyruqning boshlang‘ich adresi ko‘rsatiladi va buyruqning uzunligiga qarab
(1, 2
yoki
3
baytli buyruq), u xotiraning ketma-ket joylashgan
1, 2
yoki 3-ta
yacheykasini egallaydi.
Ad res
So
n
Izoh