17.3-rasm. Dastumi xotira adreslari bo‘yicha joylashishi.
17.4-rasm. Dasturni bitta qatorda, bitta buyruq keltirilgan ko‘rinishda yozilgan
holati.
Assembler tilida ishlash oson emas. Biron bir dastumi assembler tilida
yozish, o‘sha
dasturni C, C+ va Java kabi dasturlash tillarida yozishga nisbatan
ko‘p vaqt talab qiladi. Assemlerda dasturni to‘g‘ri ishlaydigan
holatga keltirish
ham (rus tilida - отладка программы) juda ko‘p vaqt talab qiladi. Shunday ekan
assemblerda dasturlash nima uchun kerak - degan savol paydo bo‘ladi. Bunga asos
qilib quyidagi ikki sababni ko‘rsatish mumkin: assembler tilida tuzilgan dasturlar
Ad res Mashina kodi Metka Mnemokod
Izoh
0800
44
000B
LIU, 0B00
Sonni olibyozish
am
2F
CMA
Sonni inkorlash
0804
32 010B
STA, 0B01
0B01
adresi
bo'yicha yozish
080'
CF
RST1
Dasturni toxtatish
unumdorligining yuqori bo‘lishi (rus tilida - высокая производительность
программ) va ularda kompyuterning apparat vositalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri
murojaat qila olish imkonining borligi. Yuqori malakaga ega bo‘lgan
dasturchi,
assembler tilida, yuqori sath tilida tuzilgan dasturga nisbatan,
ancha kam xotira
egallaydigan va anchagina tez ishlaydigan dasturlarni tuzishi mumkin. Ko‘p
hollarda, yozilgan dasturning kamroq xotirani egallashi va tez bajarila olishi
mumkinligi juda muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirda ko‘pgina o‘rnatiladigan
amaliy
dasturlar, masalan - smart-kartalardagi va uyali telefonlardagi dasturlar,
har-xil qurilmalarning drayverlari va BIOSning muolajalari (rus
tilida -
процедуры) ana shunday dasturlar sirasiga kiradi.
Assembler tilini o‘rganish bilan biz, kompyuterning
qanday ishlashini va
uning ichki tuzilishi, ya’ni
arxitekturasi qanday ekanligini mukammal o ‘rganish
imkoniyatiga
ega bo‘lamiz.