registriga yozib olish buyrug‘i -
MOV EAX, I,
keyin esa EAX registri qiymatiga
J
o‘zgaruvchini qo‘shish buyrug‘i -
ADD EAX, J
va EAX registrida hosil bo‘lgan
natija
N
ning qiymatini xotiraga qaytib yozish buyruqlari -
MOV N, EAX
lar
keltirilgan. Oxirigi uchta qatorda
I, J
va
N
lar uchun asosiy xotiradan 32-razryadli
so‘z uzunligidagi joylar ajratish
direktivalari
keltirilgan.
Direktiva deganda -
assemblerning o‘zi uchun modjallangan buyruqlar tushuniladi. Quyidagi 4.1-
jadvalda Pentium 4 protsessori assembleri deriktivalarining ba’zilari keltirilgan.
17.1-jadval. Pentium 4 protsessori assembleri deriktivalari.
Motorola 680x0 va UltraSPARC protsessorlari uchun yozilgan dasturlar
Pentium 4 protsessori uchun yozilgan dasturdan, ulardagi
belgilar va nomlarning
bir oz farq qilishi bilan ajralib turadilar. Masalan Motorola
680x0 protsessorlarida ichki registlar
D0, D1, D2
deb, UltraSPARC
protsessorlarida esa
%R1, %R2
deb belgilangan. Ko‘chirib yozish buyruqlari esa -
MOVE, LD, ST
qisqartmalar kabi belgilangan.