SSD disklarning afzalliklari:
Mexanik harakatlanuvchi qismlarning yo'qligi. Shu sababli ular fizik urilishlarga
biroz bo'lsa ham chidamli sanaladi. Tashkil etuvchilari faqat mikrosxemalardir.
Ishlash harorati
. Oddiy HDD'ga qaraganda SSD disklarning ishlash harorati
yuqori, bu haroratga HDD chiday olmaydi.
O'qish va yozish tezligining yuqoriligi.
Ulanish texnologiyasi SATA III
hisoblanadi va bu orqali ma'lumotlarni yozish tezligi 3-6 Gb/s ga yetadi.
Ixchamligi.
Hajmi ixcham bo'lib, og'irligi ham HDD'ga qaraganda yengildir.
Shovqinsiz.
Qurilma mikrosxemalardan tashkil topganligi uchun, uning shovqini
mavjud emas. Bir eslang, HDD'ning ishlashida chiqadigan shovqinni, ba'zi
paytlarda bu shovqin ish jarayoniga halaqit ham beradi.
Asosiy afzalliklari shulardan iborat, har bir narsani afzalligi bo'lganidek,
kamchiligi ham bo'ladi. Demak, SSD disklarining kamchiliklarini ko'ramiz.
Qayta yozish.
Eng asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Bu jihozga fayllarni
yozish, ularni o'chirish davomiyligi chegaralangan, aytishlari bo'yicha 10000
marotaba yozib-o'chirish amalga oshganidan so'ng, bu SSD diskni ishlatib bo'lmas
ekan. Shuning uchun bu diskdan asosan o'qish maqsadida foydalanish maqsadga
muvofiq bo'ladi. Yana bir narsa, shunday bo'sa ham, hali hech kimdan «mani SSD
diskimning yozish-o'chirish davomiyligi tugab qolibdi» degan gapni eshitganim
yo'q. Eng yaxshi yo'li, SSD+HDDasosida ish yuriting. SSD operatsion tizimni
yuklash uchun, HDD esa fayllarni saqlash(o'chirib-yozish) uchun.
Kelishish
. Operatsin tizim bilan kelishish. SSD disklar barcha operatsion tizimlar
bilan kelishib ketaolmaydi(kelishib ishlayolmaydi). Ular uchun eng yaxshi variant
Windows 7bo'lib turibdi, Windows 8'ni bilmiman. Shuning uchun SSD ulashda
operatsion tizimga ham qarash lozim, ishlashga ishlaydi, lekin siz kutgan natijani
bermasligi mumkin.
Narxi.
HDD disklariga qaraganda SSD disklarining narxi qimmat. SSD disklari 1
Gb hajm bo'yicha narxlanadi(man bilishimcha bizda bunday emas). Shunday bo'lsa
ham yildan yilga SSD'larning narxi pasaymoqdi, shu bilan birga HDD'larning narxi
ham :). Demak, bularning narxi bir birga tez kunlarda yaqinlashmasa kerak.
Hulosa qiladigan bo'sak, 64Gblik SSD diskni sotib olib, unga operatsion tizim
o'rnatib, yana 1 Tblik HDD disk olib, unga barcha fayllarni saqlab ishlatish
samarali hisoblanadi. Shunda operatsion tizim juda tez yuklanadi va qolgan fayllar
oddiy HDD diskda saqlanib ishlatishimiz mumkin bo'ladi. Agar SSD disk ishdan
chiqsa, fayllarimiz o'chib ketmaydi(chunki ular HDD diskda).
SSD
disk — bu qattiq diskning(накопитель) bir turi bo‘lib, kontroller va
mikrosxemalardan tashkil topgan bo‘ladi. Uning ichida HDD ichida
joylashgan qandaydir harakat qiluvchi disklar bo‘lmaydi. SSD
disklarning 2 turi mavjud bo‘lib, ulardan biri
SSD flesh
,
ikkinchisi
SSDRAM
deb nomlanadi. Ikkinchi turi dunyodagi eng tez
ishlovchi disk hisoblanadi, narxi ham ancha qimmat .
|