Laboratoriya ishini bajarishga tayyorgarlik




Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana30.11.2022
Hajmi0.62 Mb.
#32581
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
teoktTYQ6cw0F9oPRpOIsPPO4ppvogEEf5g95DkA
Elektronika 6-10 lab
 
10.1. Laboratoriya ishini bajarishga tayyorgarlik 
Optronlar – funksional elektronikaaning zamonaviy yo‘nalishlaridan biri – 
optoelektronikaning asosiy struktura elementi hisoblanadi. 
Eng sodda diodli optron (10.1– rasm) uchta elementdan tashkil topgan: 
fotonurlatgich 1, nur o‘tkazgich 2 va foto qabul qilgich 3 bo‘lib, yorug‘lik nuri 
tushmaydigan germetik korpusga joylashtirilgan. Kirishga elektr signali berilsa 
fotonurlatgich qo‘zg‘otiladi. Yorug‘lik nuri nur o‘tkazgich orqali foto qabul 
qilgichga tushadi va unda chiqish elektr signali yuzaga keladi. Optronning asosiy 
xususiyati shundaki, undagi elementlar o‘zaro nur orqali bog‘langan bo‘lib, kirish 
bilan chiqishlar esa elektr jihatdan bir – biridan ajratilgan. Shu xususiyatidan kelib 
chiqqan holda, yuqori kuchlanishli va past kuchlanishli zanjirlar bir – biri bilan oson 
muvofiqlashtiriladi.
10.1- rasm. Sodda diodli optron 
10.2- rasm. Diodli optronning shartli 
belgisi 
Diodli optronni konstruksiyasi(10.3- rasm). 1,2 – fotodiodning p va n 
sohalari, 3,4 – yorug‘lik diodining n va p sohalari, 5 – selen shisha asosidagi nur 
o‘tkazgich, 6,7 – yorug‘lik diodi kontaktlari, 8,9 – fotodiod kontaktlari. 


83 
10.3- rasm.Diodli optronni konstruksiyasi 
Yorug‘lik signallarini elektr signaliga aylantirishda asosan fotodiodlar 
qo‘llaniladi (xuddi shunday fotorezistorlar, fototranzistorlar va fototiristorlar ham). 
Fotodiod oddiy n-r o‘tish bo‘lib, ko‘p xollarda kremniy yoki germaniydan 
yasaladi. Undagi teskari tok yorug‘lik nuri tushishi natijasida yuzaga kelayotgan 
zaryad tashuvchilar generatsiyasi tezligi bilan aniqlanadi. Bu hodisa ichki fotoeffekt 
deb yuritiladi. 
Fotodiodni qo‘llash bo‘yicha ikkita rejim mavjud: tashqi manbasiz – ventilli 
yoki fotovoltaik va tashqi manbali – fotodiodili rejim. Tashqi manbasiz yorug‘lik 
nurini elektr energiyasiga aylantiruvchi fotodiodlar ventilli fotoelementlar deb 
ataladi. Foto elektr yurituvchi kuch Uf ning yuzaga kelishi yorug‘lik bilan 
generatsiyalangan elektron – kovak juftlarining n-r o‘tish orqali ajratilishi bilan 
bog‘liq.
10.4- rasm. Ventilli 
fotoelementnin 
chiqish xarakteristikasi 
10.5- rasm. Fotodiod nurlanish
kuchlanishini nurlanish 
quvvatiga bog‘liklik grafigi 


84 
Foto EYuK Uf kattaligi optik signal darajasi Rf va yuklama qarshiligi 
qiymatiga bog‘liq bo‘ladi. 10.4– rasmda keltirilgan. 
Fotodiod rejimida tashqi kuchlanish manbai hisobiga fototok ventil 
elementning qisqa tutashuv tokiga taxminan teng bo‘ladi, fototok hisobiga biror 
yuklama qarshiligida sodir bo‘ladigan kuchlanish pasayishi Uf esa katta bo‘ladi. Bir 
xil yuklama qarshiligi qiymatida signal kuchlanishi Uf ning fotodiod (1) va ventil 
element (2) uchun optik nurlanish quvvati Rf ga bog‘liqliklari 10.5– rasmda 
keltirilgan. Fotoelektr o‘zgartishlar samaradorligi volt – vatt SU=Uf/Rf hamda 
amper – vatt Si=If/Rf (sezgirlik) bilan ifodalanadi. 

Download 0.62 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Laboratoriya ishini bajarishga tayyorgarlik

Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish