Steam ta’lim tizimi nima o‘zi?




Download 22,64 Kb.
bet1/3
Sana30.05.2024
Hajmi22,64 Kb.
#257961
  1   2   3
Bog'liq
ЯЯ ЯЯ


STEAM ta’lim tizimi nima o‘zi?
“STEAM” inglizcha “Science, Technology, Engineering, Maths” so‘zlarining qisqartmasi. O‘zbekchasiga qisqacha qilib aytganda, STEAM fanlari ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika fanlarini o‘z ichiga oladi va bu fanlarni yaxlit tarzda o‘qitishni anglatadi.
STEAM ta’limi maktabdan boshlanishi kerak. Bu ta’lim asosida o‘quvchi dunyoda yuz berayotgan muammolarga yechim topishni o‘rganadi. Ilm-fanni (Sience) yaxshi o‘zlashtirish o‘quvchiga o‘zini o‘rab turgan atrof-muhitni yaxshi anglashga yordam beradi. Texnologiya fani insoniyat kelajagi bo‘lgan raqamli dunyoga moslashuvchan qiladi. Muhandislik (Engineering) bilan o‘quvchi muammolarni hal qilish qobiliyatini shakllantiradi, o‘rgangan bilimlarini yangi loyihalar yaratish uchun qo‘llay oladi. Matematika esa ma’lumotlarni tahlil qilish, xatolarni tuzatish, to‘g‘ri yechimlar topish uchun kerak. STEAM mana shu 4 ta yo‘nalishni bir tizimga soladi va jamiyatga innovatsiyalar yarata oladigan, muammolarga barqaror yechimlar topa oladigan kadrlarni tayyorlab beradi.
Bu yo‘nalishdagi o‘qitishda fanni yaxshi o‘rganish, muammoni hal qilish va mantiqiy fikrlashni o‘zlashtirishga urg‘u beriladi. STEAM o‘quvchilarga maktabda, ishda va turli hobbilarda muvaffaqiyat qozonish imkonini taqdim etadi.
Masalan, STEAMni turli asboblardan iborat duradgor qutisi deb olsak, uni yaxshi o‘zlashtirgan bola qutidan kerakli asboblarni o‘zi tanlab olib, istagan narsasini yasay oladi. Ya’ni fanlarning hammasi kerakli, lekin bitta o‘zi alohida emas, birgalikda foydali va kutilgan natijani beradi.
Butun dunyo raqamlashayotgan, sun’iy intellekt hayotimizga faol kirib kelayotgan davrda kelajakda ishsiz qolmaslik uchun qanday yo‘nalishda ta’lim olish kerak? Bolalarni qaysi fanlarga yo‘naltirish ularning yangi dunyoning bir bo‘lagi bo‘lishiga yordam bera oladi?
BMT prognozlariga ko‘ra 2050 yilga borib kasblarining 75 foizi STEAM fanlariga aloqador bo‘lishi kutilmoqda. Aynan mana shu tizim asosida ta’lim olish orqali o‘quvchilar kelajak muammolariga yechim topa oladigan, yangi kashfiyotlar qila oladigan kadrlarga aylanishiga ishonilmoqda.


Download 22,64 Kb.
  1   2   3




Download 22,64 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Steam ta’lim tizimi nima o‘zi?

Download 22,64 Kb.