STEAM fanlari O‘zbekistonda




Download 22,64 Kb.
bet3/3
Sana30.05.2024
Hajmi22,64 Kb.
#257961
1   2   3
Bog'liq
ЯЯ ЯЯ

STEAM fanlari O‘zbekistonda.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra O‘zbekistonda prezident maktablarida STEAM (Ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika fanlari bilan birgalikda san’atni ham o‘qituvchi) fanlari o‘qitiladi. Bu maktablar rasman xalqaro Kembrij dasturi asosida STEAM fanlarini o‘qituvchilar hisoblanadi.


Masalan, Toshkent shahridagi prezident maktabi haqidagi ma’lumotda ham tabiiy va aniq fanlar, muhandislik, xorijiy tillar va axborot texnologiyalari o‘qitilishi qayd etilgan.
Qolaversa, maktablar bunga javob beradigan texnologiyalar bilan ham jihozlangan. Buni prezident maktablari suratlaridan ham ko‘rib olish mumkin.
Bu yo‘nalishda yaxshi o‘qish uchun zamonaviy maktab va zamonaviy OTMlar bo‘lishi muhim. Sababi fanda o‘rganilgan narsalarni muhandislik bilan integratsiya qila olish, raqamli ko‘nikmalarni shakllantirish uchun internetdan foydalanish lozim.
Va aynan shu STEAM’ga aloqador kasblar 2050 yilga borib dunyodagi barcha kasblarning 75 foizini tashkil qilishi kutilyapti.
STEAM fanlari kelajak kasblarining asosiy qismini tashkil qilsa-da, bu borada malaka yetarli bo‘lmasligi hatto AQShda ham kadrlar tanqisligini yuzaga keltirishi mumkin. Prognozga ko‘ra, 2025 yilga borib AQShda STEAM yo‘nalishidagi 2 mln ish o‘rni kadrlar tanqisligi sabab bo‘sh qoladi.
STEAM kasblari 4 ta fan doirasidagi barcha kasblarni o‘z ichiga oladi.
Bular orasida hisobchi, texnik yozuvchi, kompyuter dasturchisi, kimyogar, moliyaviy tahlilchi, veb-dasturchi, biolog, atrof-muhit muhandisi, tizim tahlilchisi, muhandis-quruvchi, mexanik muhandis, statistik, psixolog, ma’lumotlar bazasi muhandisi, ma’lumotlar bazasi boshqaruvchisi, IT-menejyer, shifokor, "data scientist" kabi kasblar bor.
Download 22,64 Kb.
1   2   3




Download 22,64 Kb.