|
Steam ta’lim tizimi nima o‘zi?
|
bet | 2/3 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 22,64 Kb. | | #257961 |
Bog'liq ЯЯ ЯЯSTEAM nega kerak?
STEAM fanlarini o‘qish davomida o‘quvchida quyidagi qobiliyatlar shakllanadi:
muammoni hal qila olish;
kreativlik;
tanqidiy fikrlash;
jamoaviy ishlay olish;
mustaqil fikrlash;
tashabbuskorlik;
kommunikatsiya;
raqamli savodxonlik.
STEAM ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematikani bir-biriga bog‘liq holda yaxshi o‘zlashtirgan, o‘rganganlarini amaliyotda qo‘llay oladigan, kompyuterda ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lgan, ham jamoaviy yaxshi ishlashni, ham mustaqil tashabbuslarni qoyillata oladigan kadrlar tayyorlaydi.
STEAM fanlarining ahamiyati shundaki, hozir bizga tegishli kasblarning ko‘pi yaqin kelajakda avtomatik tarzda ishlaydigan robotlar tomonidan bajarilishi yoki butunlay keraksiz bo‘lib qolishi mumkin. STEAM esa mana shu kelajakka mos kadrlar tayyorlab beradi.
STEAM yo‘nalishidagi kasblarda har bir fanni o‘zlashtirish ahamiyatli. Masalan, arxitektor 10 qavatli bino loyihasini tayyorlash uchun matematik hisob-kitoblar va ilm-fanni yaxshi bilishi lozim. So‘ng binoning maketini yaratish uchun muhandislik va texnologiyani ishlatishi kerak bo‘ladi.
STEAM o‘qitish tizimi boshqa yo‘nalishlarga qaraganda biroz qiyinroq va mashaqqat talab qiladi. Sababi 4 ta fanni birday o‘zlashtirmasa, unda kutilgan natijaga erishish qiyin. Jumladan, robot yaratmoqchisizu, kerakli hamma ko‘nikma bo‘lmasa, unda qanday qilib o‘ylagan vazifalaringizni bajara oladigan robotni yasash mumkin? Lekin qiyinchiliklariga qaramay baribir STEAM fanlarini o‘rganish qiziqarli hamdir.
Texnologiyalar kundan kunga rivojlanyapti. Lekin shunday bo‘lsa ham, yangi dasturiy ta’minot yaratish, kosmik kema uchun zarur moddalarni kashf qilish, qayta tiklanuvchi energiyalarni o‘rganish, hali davosi yo‘q kasalliklarga davo topish kabi qilinmagan ishlarni ham kimdir bajarishi kerak. STEAM fanlarini yaxshi o‘zlashtirish aynan mana shunday qiyin kasblarni eplay oladigan kadrlar tayyorlaydi. Bu kadrlarda zamonaviy bilimlar bo‘lgani uchun ham ish beruvchilar ham ularga yuqori maoshlar taklif qilishadi.
|
| |