• Smart ta’lim konsepsiyasi
  • “steam va smart ta’lim texnologiyasi” faniga kirish Ma’ruzachi: Sh. X. Xazratova




    Download 17.59 Kb.
    bet6/7
    Sana05.06.2022
    Hajmi17.59 Kb.
    #22957
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    “steam
    jahongir 4, БАЙРАМ СЦЕНАРИЙЛАРИ, 3-mavzu. Chiziqli tenglamalar sistemasi., Reja Korrelyatsion-regression tahlilda eng kichik kvadratlar , Мобил алоқа тизимларда ахборот хавфсизлиги hozir org 1, qattiq jism

    AKT rivojlanishining zamonaviy bosqichida nafaqat klassik ta’lim texnologiyalari, balki elektron ta’lim (e-learning) ham qanoatlantira olmaydigan ehtiyojlar kuzatiladi. Ayni vaqtda e-learning tizimidan Smart (ingl. — aqlli, mushohadali, harakatchan) e-lear­ning hamda Smart Education (aqilli ta’lim) ga o‘tish jarayoni bormoqda. Bu konsepsiya ta’lim sohasining barcha jarayonlarini, shuningdek, bu jarayonda qo‘llaniluvchi barcha usul va texnolo­giyalarni kompleks modernizatsiyasini mujassamlashtiradi. Smart konsepsiyasi ta’lim kesimida o‘zi bilan birga, «aqlli taxta», «aqlli ekran», ixtiyoriy nuqtadan Internetga chiqish kabi texnologiyalarni shakllantiradi. Ushbu texnologiyalarning har biri kontentni ishlab chiqish jarayonini yangidan qurish, yetkazib berish va aktuallashtirish imkonini beradi. Natijada ta’lim olishni nafaqat sinfda, balki uyda, ish joyida, jamoat joylarida, dam olish joylarida ham amalga oshirish mumkin bo‘ladi. Bunda ta’lim jarayonini baholovchi aso­siy element sifatida faol ta’lim beruvchi kontent maydonga chiqadi. Uning asosida vaqt va fazo tushunchalari to‘sig‘idan holi qiluvchi yagona repozitor yaratiladi.

    Smart ta’lim konsepsiyasi — mavjud manbalarga tez mosla­shuvchanlik, multimedianing maksimal xilma-xilligi, tinglovchi­ning saviyasi va talabi darajasiga tezkorlikda moslashuvchanlikdan iborat. Kompetentlikning uzluksiz rivojlanishi, bilimlarni doimiy o‘sishi va yangilanib borishi zamonaviy ta’lim tizimidagi dolzarb muammolardan hisoblanadi. Sababi bilimni rivojlantirish uchun endi inson kapitalining ta’siri kamlik qila boshlaydi. Bu kabi masalalarni hal qilishda nafaqat ta’lim muhitining o‘zini, balki ta’lim tizimining tarkibi, instrumentlari, usullari tubdan o‘zgartirilishi shart. Analitik kompetensiyalar, kompleks muammolarni yechish mahorati, yangi g‘oyalarni rivojlantiruvchi — innovatsion xususiyatlar, o‘zaro kommunikatsiya madaniyati kabi bilimlarni takomillashtirish zarur. Chunki an’anaviy ta’lim parametrlari asosida bilim berish insonlarni Smart — jamiyat uchun tayyorlamaydi. O‘z navbatida, Smart — texnologiyasisiz, innovatsion faoliyat yuritib bo‘lmaydi. Agar ta’lim shu yo‘nalishda ortda qolsa, u tormozlanib, qotib qoladi.


    Download 17.59 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 17.59 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “steam va smart ta’lim texnologiyasi” faniga kirish Ma’ruzachi: Sh. X. Xazratova

    Download 17.59 Kb.