INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE
“STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE
TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS”
October 19-20, 2023
372
BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV MODELI
ASOSIDA TASHKIL ETILADIGAN O‘QUV JARYONINI AMALGA OSHIRISHGA
TAYYORLASH
Erkaboy Davletov
Urganch davlat pedagogika instituti «Fizika-matematika va texnologik ta’lim» kafedrasi mudiri,
p.f.f.d. (PhD)
https://doi.org/10.5281/zenodo.10014625
Bo‘lajak o‘qituvchilarni kompetensiyaviy yondashuv modeli asosida tashkil etiladigan
o‘quv jarayonini amalga oshirishga tayyorlashda evristik topshiriqlar va kvazi o‘qitish
metodlaridan foydalanish alohida pedagogik ahamiyatga ega. Buning uchun o‘quv jarayonini
talabalarning kasbiy rivojlanish ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tashkil etishga alohida e’tibor
qaratiladi. Chunki talabalarni kasbiy rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘lgan ta’lim jarayonigina
ularda bilimlarni o‘zlashtirish motivatsiyasini hosil qiladi. Bunda professor-o‘qituvchilar o‘qitish
metodlarini to‘g‘ri tanlay olishlari lozim, talabalarning ta’lim olish uslubiga alohida e’tibor
qaratishlari talab qilinmoqda. Shu maqsadda talabalarning o‘qish uslublari aniqlanadi, anketalar
yordamida talabaning o‘qish uslubini qaysi tipga mansubligi belgilab olinadi, har bir talabaning
shaxsiy ma’lumotlari asosida uning bilimlarni o‘zlashtirish uslubi aniqlanadi, talabalar
guruhining qaysi o‘qish uslubiga mansubligi ko‘rsatiladi, har bir tipga mansub talabalar uchun
beshtadan еttitagacha o‘qitish metodi va usullari ajratib olinadi, mazkur metod va usullarning
talabalar ehtiyojlariga qay darajada javob berishi tadqiq qilinadi, talabalarning kvazi
tadqiqotchilik metodi asosida ishlashlariga alohida e’tibor qaratiladi, professor-o‘qituvchilar
talabalar guruhining ishlashi uchun qulay bo‘lgan qaysi metod hamda usullarni ajratib
olganliklarini muntazam taqdimot qiladilar, ular o‘z tanlovlarini asoslashga intiladilar,
talabalarning rivojlanish ehtiyojlarini namoyon qilishlari uchun qulay vaziyatlarni yaratadilar.
Professor-o‘qituvchilar birinchi navbatda topshiriqlarning ob’ekti umumiy o‘rta ta’lim
maktablari o‘quv jarayonini rivojlantirishga qaratilishiga alohida e’tibor berishlari nazarda
tutiladi. Buning uchun o‘quvchilarga ta’lim berish uslublari va usullari, o‘quvchilarni individual
xususiyatlari, o‘qitish metodlari, o‘qitish metodlarini tanlashga ustuvor o‘rin ajratiladi.
Ta’lim oluvchilarning rivojlantirilishi nazarda tutilayotgan faoliyatlariga alohida e’tibor
qaratiladi. Ularning o‘z o‘zini baholashi, ta’lim olish uslubi va o‘qitish metodi orasidagi farqlarni
anglab еtishlari, turli tipdagi talabalr uchun o‘qitish metodlarining tanlanishi, bo‘lajak o‘qituvchi
pedagogik faoliyatini modellashtirish va uning natijalarining diagnostika qilinishiga e’tibor
qaratiladi.
Bo‘lajak o‘qituvchilarni kvazi tadqiqotchilik metodi yordamida kasbiy rivojlantirish
jarayonida aniq natijalarni qo‘lga kiritish, ularning ijod mahsulini yaratishlari uchun qulay
sharoit vujudga keltiriladi. O‘qitish metodlari va talaba faoliyatiga mos tarzda turli javallar
to‘ldiriladi, tadqiqotchilik faoliyatini amalga oshirish jarayonida qo‘llaniladigan metodlar tanlab
olinadi. Ta’lim jarayonida qo‘lga kiritilgan natijalar jadvallar, tavsiyalar ishlanmalar shaklida
taqdim etiladi.
Bo‘lajak o‘qituvchilar qanday kompetensiyalar va faoliyat usullarini egallashlari kerak
degan xaqli savol tug‘ilmoqda. Bugungi kunda davlat va jimiyat uzluksiz ta’lim oldiga ijtimoiy
buyurtma qo‘ymoqda. Ushbu buyurtmaga ko‘ra ta’lim jarayoni sub’ektlariga ko‘ra XXI-asr
ko‘nikmalari va eng zarur kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish zaruriyati kuchaymoqda.
Buning uchun talabalarning shaxsiy-kasbiy rivojlanish yo‘nalishlarini belgilash taqozo
|