|
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCEBog'liq bo-lajak-o-qituvchilarni-kompetensiyaviy-yondashuv-modeli-asosida-tashkil-etiladigan-o-quv-jaryonini-amalga-oshirishga-tayyorlash (1)
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE
“STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE
TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS”
October 19-20, 2023
373
qilinmoqda. Talabalarga o‘quv predmetlariaro integrativ xarakterdagi topshiriqlarni taqdim etish
orqali ularni kompleks rivojlantirishga erishish mumkin. O‘quv jarayoni natijasida talabalarning
ta’limiy hamda ijtimoiy rivojlanishlari natijalari kasbiy kompetensiyalar orqali namoyon bo‘ladi.
Ular: talabalarda jamiyat a’zolari va kasbiy faoliyatga nisbatan qadriyatl mnousabatlarni
shakllantirish, insoniyatning global muammolarini tushunish va anglab еtishga
ko‘maklashadidigan bilimlarga ega bo‘lish, ta’limning ahamiyati va barqaror rivojlanish bilan
bog‘liq qiziqishlarining mohiyatini anglab еtishlari, butun hayot davomida uzluksiz ta’lim olish
va o‘z o‘zlarini rivojlantirishga intilishlari, shaxsiy ta’limiy yo‘nalishlarini loyihalash
ko‘nikmasiga ega bo‘lishlari, XXI-asrga xos bo‘lgan universal kompetensiyalarini o‘zlashtirish
usullarini egallashlari kabilar.
Oliy pedagogik ta’lim muassasalarida bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy rivojlantirish va
ularni maktab amaliyoti bilan yaqindan tanishtirish maqsadida integrativ xarakterdagi bilimlarni
taqdim etish, talabalarni mustaqil o‘qib o‘rganishlari va izlanishlari uchun qulay sharoitlar
yaratish asosiy vazifalardan biriga aylanmoqda. Buning uchun talabalarga quyidagi topshiriqlar
bilan murojaat qilinadi: uzluksiz ta’lim jarayoniga qanday vazifalar qo‘yilayotganligi va ijtimoiy
buyurtmaning mohiyatini tushuntiring, qaysi bilimlar integratsiyalashgan holda o‘quvchilarga
taqdim etilishi lozim, 21 asr ko‘nikmalari sirasiga qanday ko‘nikmalar kiradi, innovatsion
xarakterdagi o‘quv mashg‘ulotlarini tavsiflang, mustaqil bilm olish jarayonlarining o‘ziga xos
jihatlarini izohlang kabilar.
Talabalarga bir qator asoslarga tayangan holda an’anaviy hamda innovatsion xarakterdagi
ta’lim jarayonini o‘zaro qiyoslashga oid topshiriqlar beriladi. Ular: kompetensiyaviy
yondashuvga asoslangan ta’lim jarayonining asosiy maqsadi va unda еchiladigan vazifalarni
ko‘rsating, innovatsion xarakterdagi ta’limning shakllari, usullari, metodlarini izohlang;
o‘quvchilarda o‘qish motivlarini shakllantirish usullarini izohlang; o‘qituvchilar va qo‘uvchilar
faoliyatining tashkiliy shakllarini ko‘rsating; o‘quv jarayonida raqamli texnologiyalardan
foydalanish imkoniyatlari haqidagi qarashlaringizni bayon qiling kabilar.
Talabalar o‘zlari amalga oshirgan tadqiqotlar natijalarini matnli va jadval shakllarida
taqdimot qilishlari nazarda tutiladi. innovatsion xarakteridag ta’lim jarayonining asosiy
bosqichlari haqida bo‘lajak o‘qituvchilarga zarur ilmiy ma’lumotlar beriladi. Talabalar
topshiriqlarni bajarganlaridan keyin quyidagi natijalarga erishishlari nazarda tutiladi, ular
an’anviy o‘qitish jarayoni bilan innovaison ta’lim jarayonini o‘zaro farqlaydilar, ulardan har biri
ustida kichik tadqiqotlarni amalga oshiradilar, an’anaviy va innovatsion ta’limning o‘zaro
farqlarini ko‘rsatuvchi qiyosiy javallar tuzadilar, innovatsion ta’limning texnologik bosqichlarini
tavsiflaydilar. Kutilayotgan ijtimoiy shaxsiy natijalar quyidagilardan iborat talabalarda
pedagogik innovatsiyalarga nisbatan qadriyatli munosabatlarni shakllantirish, egallayotgan
kasbiy va kasbiy kompetensiyalarning ijtimoiy madaniy, shaxsiy ahamiyatini anglash, ta’lim
tarbiya jarayonini o‘rganishga oid kichik tadqiqotlarni amalga oshirishga nisbatan motavitsiyani
shakllantirish kabilar. Kutilayotgan kasbiy natija esa bo‘lajak o‘qituvchilarda o‘quv metodik
kompetentlikni rivojlantirishdan iborat
|
| |