• Strategik menejmentning beshta vazifasi
  • Strategik menejmentning mazmuni quyidagilardan iborat




    Download 122 Kb.
    bet2/8
    Sana21.05.2024
    Hajmi122 Kb.
    #248173
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    1.Strategik boshqaruvning paydo bo’lish shartlari, predmeti jarayoni va mohiyati

    Strategik menejmentning mazmuni quyidagilardan iborat:
    - Korxona biznesining yo’nalish va asosiy maqsadlarni belgilab olish;
    - Korxonaning tashqi muhitini tahlil qilish;
    - undagi ichki vaziyatni tahlil qilish;
    - Korxona yoki xo’jalikning o’rta bo’g’inlarida strategiyani tanlash va ishlab chiqish;
    - diversiyalangan Korxonaning portfelini tahlil qilish;
    - uning tashkiliy strukturasini loyihalash;
    - integratsiya darajasini va boshqaruv tizimini tanlash;
    - «strategiya - struktura - nazorat» majmuasini boshqarish,
    - Korxona faoliyatining ba’zi sohalardagi siyosatini va uning fel‑atvor meyorlarni belgilash,
    - kompaniya strategiya va natijalarining teskari aloqasini ta’minlash,
    - strategiyani, strukturani va boshqaruvni takomillashtirish.
    Strategiya - tashkilotning tashkiliy vazifa va maqsadlariga erishishda foydalaniladigan tashkiliy xatti‑xarakatlar va boshqaruvga yondashuvlari tarzidir.
    Biznes sohasini belgilash, maqsadni belgilash, qisqa va o’zoq muddatli vazifalarni (dasturlarni) aniqlash, maqsadga erishish strategiyasini belgilab olish strategik rejani tashkil qiladi.
    Strategik menejmentning beshta vazifasi
    Korxona strategiyasini yaratish o’zaro bogliq 5 ta qismdan iborat:
    1) tijorat faoliyatining turini aniqlash va Korxona rivojlanishining yo’nalishini belgilash, ya’ni maqsadni aniqlab o’zoq muddatli istiqbolni belgilash;
    2) umumiy maqsadlarni ishning aniq yo’nalishlariga aylantirish;
    3) ko’zlangan ko’rsatkichlarga erishish uchun tanlangan rejani moxirona amalga oshirish;
    4) tanlangan strategiyani samarali ijro etish;
    5) bajarilgan ishni baholash, bozordagi vaziyatni tahlil qilish, faoliyatning o’zoq muddatli asosiy yo’nalishlariga, maqsadlarga, strategiyaga yoki uni amalga oshirish usullariga to’zatishlar, yangi g’oyalar kiritish .
    Kompaniya strategiyasining asosiy masalasi quyidagicha: «Kompaniyamizni biz qanday tasavvur qilamiz, nima qilmoqchimiz va nimaga erishmoqchimiz ?»
    «Biz kimmiz, nima qilyapmiz va qayoqqa ketyapmiz»- degan savolning javobi Korxonaning yo’nalishini belgilab, kuchli o’ziga xoslikni ishlab chiqish imkonini beradi. Kompaniya nima qilayotgani va nima qilmoqchi ekanligi kompaniyaning missiyasini anglatadi. Menejer o’z kompaniyasining bozordagi o’rnini qanday tasavvur qilishi esa kompaniyaning strategik ko’rishini shakllantiradi.

    Firma biznesining yўnalishi va asosiy maқsadlari.







    Ichki


    taxlil

    Tashqi
    taxlil

    Strategik
    tanlov





    Xo’jalikning o’rta bo’g’inlaridagi strategiya va tarmoq tuzilishi

    Firma darajasidagi strategiya. (vertikal integratsiya, diversifikatsiya, globalь strategiya)

    Xo’jalikning o’rta bo’g’inlari portfeli taxlili, kirish va chiqish strategiyasi.







    Tashkiliy tuzilmani tanlash



    Tashkiliy boshqaruv va nazoratni tanlash

    Majarolar,


    siyosatlar va ularning o’zgarishi





    Strategiya, tuzilishi va tarkibi





    Qayta aloqa


    1-rasm. Strategik menejmentning mazmuni



    Download 122 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 122 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Strategik menejmentning mazmuni quyidagilardan iborat

    Download 122 Kb.