4-1001-1111/11108-sonli ish
Tel: (+99871) 288-34-07 , e-mail:i.toshkent.t@sud.uz
A J R I M
(Da’vo arizasini ish yuritishga
qabul qilish, ish qo‘zg‘atish va ishni sud
muhokamasiga tayyorlash to‘g‘risida)
2023 yil 21. Dekabr
Toshkent shahri
Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi A.N.Mannonov, davogar
"Leasing group" mas’uliyati cheklangan jamiyatining javobgar "Built Form"
mas’uliyati cheklangan jamiyatiga nisbatan 11.08.2021 yilda tuzilgan 04/33-sonli
shartnomasini bekor qilish va lizing ob’yektini qaytarish to‘g‘risidagi da’vo arizasi
hamda unga ilova qilingan hujjatlarni ko‘rib chiqib, da’vo
arizasini qabul qilish
uchun yetarli asoslar mavjudligi hamda nizoni o‘z vaqtida va to‘g‘ri hal etilishini
ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy
prosessual kodeksining
148,152,153,162 va 163- moddalariga asosan, sud
A J R I M Q I L D I:
1.
Da’vo arizasi ish yuritishga qabul qilinsin va ish qo‘zg‘atilsin.
2.
Ish
2024 yil 11 yanvar soat 11:45da
Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining
binosida (manzil: Chilonzor tumani, Cho‘pon-ota ko‘chasi, 6-uy).
3.
Videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok
etishlari uchun ishda
ishtirok
etuvchi shaxslar, iqtisodiy sudlov ishlarini
yuritishning boshqa
ishtirokchilari sud muhokamasi tayinlangan kun va vaqtda o‘z xohishlariga ko‘ra
Toshkent tumanlararo
iqtisodiy sudiga yoki
Sirdaryo viloyat sudining
iqtisodiy
ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati
binosiga
kelishlari mumkin
3.
Ishni sud muhokamasida ko‘rishga tayyorlash uchun: