|
Sug'urta faoliyati to'g'risida
|
bet | 1/4 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 28,97 Kb. | | #257280 |
Bog'liq XULOSA
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, "Sug'urta faoliyati to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida"gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni sug'urta xizmatlari sohasida raqobatni yanada kuchaytirish, sug'urta faoliyatini takomillashtirish va sifatini yaxshilash, sug'urtalovchilarning kapitallashuvi va moliyaviy barqarorligini oshirish, ularning hududiy tarmoqlarini kengaytirish va sug'urta kompaniyalarining investitsion jarayonlardagi ishtirokini rag'batlantirish, shuningdek, sug'urta xizmatlari iste'molchilarining huquqlarini samarali himoya qilinishini ta'minlashga xizmat qiladi. Sug'urta qilinadigan obʼyektga qarab mulkiy sug'urtamas, (yuridik va jismoniy shaxslarning mulkiy manfaatlari, binolar, ekinlar, uy hayvonlari, molmulk, transport vositalarini sugʻurtalash), shaxsiy sugʻurta (inson, sogʻligʻi, hayoti, mehnat qobiliyatini sugʻurtalash), uchinchi shaxslar oldidagi javobgarlik sugʻurtasi (transport egalarining fuqarolik javobgarligini, kredit oluvchilarning bank oldidagi kreditni oʻz vaqtida qaytarish javobgarligini sugʻurtalash va boshqalar)ga boʻlinadi. Sugʻurta tartibi va shartlari, turlari, obʼyektlari mamlakatdagi qonunchilik bilan belgilanadi. Mustaqillikka erishguniga qadar 1918—91 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida sugʻurta faoliyatini sobiq Ittifoq miqyosida yagona boʻlgan davlat sugʻurta idorasi („Gosstrax") va uning ittifokdosh respublikalardagi boshqarmalari amalga oshirgan. 1991- yildan OʻzRda oʻtkazilgan chuqur iqtisodiy islohotlar jarayonida bozor iqtisodiyotiga oʻtishning dastlabki bosqichlarida davlat S organlari qayta tashkil etildi, ularga raqobatda boʻla oladigan turli mulkchilik shaklida sugʻurta kompaniyalari va agentliklari vujudga keldi. Sugʻurta xizmati bozori, sugʻurta faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, huquqiyqonunchilik asoslari yaratildi. 1993-yilda 6 mayda Oʻzbekiston Respublikasining „Sugʻurta toʻgʻrisida" qonuni qabul qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 25 fevraldagi farmoniga koʻra Moliya vazirligi huzurida faoliyat koʻrsatib kelayotgan Davlat sugʻurta bosh boshqarmasi „Oʻzagrosugʻurta" sugʻurta kompaniyasi shaklida qayta tashkil etildi, „Kafolat" sugʻurta kompaniyasi, „Madad" sugʻurta agentligi, „Oʻzbekinvest" eksportimport milliy sugʻurta kompaniyasi va boshqa oʻz faoliyatini boshladi. Sug'urta va uning kelib chiqish tarixi qanday kechgan. зDunyoda sug'urtaga o'xshash dastlabki amaliyotlar Bobilda taxminan 4000 yil oldin uchragan. O'sha davrning tijorat markazi bo'lgan Bobilda karvon savdogarlariga qarz bergan kapitalistlar karvonlarni o'g'irlash yoki to'lovni to'lash holatlarida savdogarlarning qarzlarini yo'q qilishdi. Keyinchalik bu voqea qirol Xammurapi tomonidan qonuniylashtirildi. Hammurapi kodeksining eng katta xususiyati shundaki, unda qaroqchilar hujum qilgan karvonlarning yo'qotishlari boshqa barcha karvonlarda bo'lishishi kerakligini oldindan o'ylamagan. Bu quruqlik transportida xavflarni taqsimlashning birinchi misoli. Miloddan avvalgi Miloddan avvalgi 600 yil atrofida hindular sug'urta xususiyatlari bilan kredit shartnomalarini tuzishni boshladilar. Ushbu turdagi kredit shartnomalari O'rta asrlarda rivojlanib, dengiz ssudasi va yuk tashish sug'urtasining asosini tashkil etdi. Keyinchalik sug'urtaga yaqinroq bo'lgan dasturlar, ayniqsa, dengiz savdosi rivojlanadigan sohalarda kuzatilmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. "Bank banklar to`g`risidagi qonun" 2019-yilgi tahriridagi qonuniga asosan.
2. "O'zbekiston Respublikasi Markaziy bank to'g'risida"gi qonuni.
3. Djabbarov T, Dodoboyev YU «Investitsionno`ye instituto`» T,2002
4. Chjen. V A. Mirzaaxmedov E «Ro`nochno`ye infrastukturo` Uzbekistana», T, 1996 5. Chjen V.A «Xususiylashtirish asoslari» T,1996
6. Rasulov M «Bozor iktisodiyoti asoslari»,T,Uzbekiston, 1999-Y
7. Wikipedia.uz internet sayitlaridan foydalanildi.
http://fayllar.org
3. Sug'urta shartnomasi va sug'urta polisi tushunchalarining ahamiyati. Sug'urta polisi - sug'urta shartnomasi tuzilganlik faktini tasdiqlovchi hujjat. Sug'urta polisida quyidagi rekvizitlar bo'lishi shart: sug'urta kompaniyasining yuridik manzili, sug'urtalanuvchining nomi, sug'urta ob'ekti, sug'urta mukofotining miqdori, shartnomaning amal qilish muddati. Sug'urta qoplamasini to'lashda sug'urtalanuvchi sug'urta polisini sug'urta kompaniyasiga taqdim etishi zarur. Sug'urta shartnomasi - ikki yoki undan ortiq tomonlar o'rtasida tuziladigan yozma ravishdagi bitim bo'lib, bunda sug'urta kompaniyasi sug'urta hodisasi tufayli zarar ko'rilganda sug'urtalanuvchiga sug'urta qoplamasi yoki sug'urta summasini to'lash majburiyatini, sug'urtalanuvchi esa belgilangan muddatlarda sug'urta mukofotini to'lash majburiyatini oladi. Sug'urta shartnomasi tuzilganlik faktini tasdiqlash uchun sug'urtalovchi sug'urtalanuvchiga sug'urta polisi beradi. Sug'urta shartnomasini tuzishdagi asosiy, oddiy va qo'shimcha shartlar sug'urta shartnomasining mazmunini tashkil etadi. sug'urta shartnomasi tuzganlik faktini tasdiqlovchi hujjat sug'urta polisi. Sug'urta shartnomasida sug'urtalanuvchiga sug'urta voqeasiga ko'ra, ko'rishi ehtimol bo'lgan zararining ekvivalent qiymatidagi pul to'lovi (ayrim hollarda mol-mulk ko'rinishida) ta'minlanishi nazarda tutiladi. Shartnomaning bajarilishi unda qayd etilgan ma'lum davr oralig'ida amalga oshiriladi. Avariya komissari - sug'urta kompaniyasining vakolatiga ega bo'lgan jismoniy yoki yuridik shaxs. Sug'urtalangan kema yoki yuk bo'yicha ko'rilgan zararning xarakteri va miqdorini aniqlaydi, hodisa ro'y berganlik sabablarini o'rganadi. Sug'urta kompaniyasi avariya komissarining chet elda ham, mamlakat ichkarisida ham tayinlashi mumkin. Sug'urtalanuvchi sug'urta hodisasi ro'y berishi zahoti avariya komissariga murojaat qilishi zarur. Avariya komissari mol-mulkning zararlanganlik darajasini aniqlaydi va sug'urta kompaniyasining topshirig'iga asosan, ko'rilgan zararni qisman qoplashi mumkin. Avariya komissari bajarilgan ishlar to'g'risida sug'urta kompaniyasi uchun avariya sertifikati tuzadi yoki unga yozma axborot tayyorlaydi. Anderrayter - 1) turli risklarni sug'urtalash vakolatiga ega, sug'urta kompaniyasi tomonidan tayinlanadigan shaxs. Sug'urta kompaniyasini sug'urta portfeli shakllanishi uchun javob beradi. U sug'urta shartnomalarini tuzish, risklarni baholash va sug'urta tarifi stavkasini belgilash yuzasidan tegishli malakaga ega bo'lishi zarur; 2) Lloyd sug'urta polislarini beradigan Lloyd sug'urta korporatsiyasini a'zosi; 3) potensial mijozlarga sug'urta polisini sotish bilan shug'ullanadigan yoki manfaatdor tomonlarga sug'urta sohasi bo'yicha yuqori darajada maslahat xizmatlarni ko'rsatadigan jismoniy yoki yuridik shaxs. II bob. Sug'urta kompaniyalari olib boruvchi sug'urtalash siyosati va uning iqtisodiyotdagi roli. Sug`urtatizimi va uning asosiy vazifalari. Moliya fondlarining umumiy xususiyatlari bozor va nobozor munosabatlari mavjudligidadir. Chunki, bunday moliya fondlari harakati, ya`ni ularning shakllanishi, ishlatilishi uchun tijoriy asosda yoki tekin harajatni qoplash shartsiz amalga oshuvi xususiyatlidir. Aralash iqtisodiyotga xoslik bu fondlarda juda ochiq ifodalanadi. Bular ichida sug`urtafondlari katta o`rin egallaydi. Ma`lumki, sug`urta moliya munosabatlarining bir turidir. Buning daromad manbai sug`urtalangan aholi va xo`jaliklarning pul manbaidan iborat bo`lib, mahsulot qiymati taqsimotida bir qismini sug`urtaga ajratish tufayli pul fondi, sug`urta fondi paydo bo`ladi. Sug`urtalash shu fondni tashkil etish, taqsimlash va ishlatish kabi jarayonlarni o`z ichiga oladi. Sug`urtalash tub mazmuni bilan zararni qoplash maqsadida zarar ehtimoli asosida yuzaga keladi. Sug`urta obyekti xilma-xildir. Shunga ko`ra u ikkiga bo`linishi mumkin: mol-mulk sug`urtasi va ijtimoiy sug`urta. Mol-mulkka boylik turlarini sug`urtalash kirsa, ijtimoiy sug`urtaga hayotiy, turmush xotirjamligi kiradi. Tadbirkorlik xavf-xatarini sug`urtalash ham paydo bo`lib, kengaymoqda.Ijtimoiy sug`urtaning ahamiyati ortib bormoqda, bunga ajratiladigan pul resurslari ko`paymoqda. Buning uch manbai mavjud: davlat, korxona va tashkilot hamda shaxsiy mablag`lar. Bular jamiyat a`zolarining mehnatga yaroqsiz, o`zini ta`minlay olmaydigan qismlari uchun ishlatiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tibbiysug`urta ham kengaymoqda. Bundan maqsad insonlar sog`lig`ini saqlash bo`lib, pirovardida barchaga minimal tibbiy yordam berishni tashkil etish, sug`urtalanganlarning salomatligini ta`minlash bilan bog`iq harajatlarni qoplashdan iboratdir. Bu sug`urta fondi ham davlat, korxona, firmalarning majburan ajratadigan va fuqarolarning o`z xohishlari bilan ajratadigan pul mablag`laridan tarkib topadi. Tadbirkorliksug`urtasi tadbirkorning faoliyatini kafolatlashda ahamiyatlidir. Bunda foydani kam olish yoki olmaslik xavfi, pul tushumining o`z vaqtida bo`lmasligi, savdo- sotiqdagi noxush hodisalar kabilar sug`urtalanadi. Bu sug`urta tadbirkorning ishonch bilan ish boshlashiga yordam qiladi, uni sinish holatidan asraydi, faoliyatiga dalda bo`ladi. Sug`urtalar ham oldi-sotdi obyekti bo`lib, o`z bozorlarini tashkil etadi. Sug`urta resurslaridan kapital sifatida keng foydalaniladi, ayniqsa, ishlab chiqarishga keng jalb etishda qo`l keladi. Sug`urta - inson faoliyatining turli sohalarida sodir bo`ladigan tabiiy ofatlar, favqulotda hodisa va boshka voqealarr natijasida yetkazilgan zarar va talafotlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish uchun yuridik va jismoniy shaxslar mablag`lari hisobidan pul resurslari fondini tashkil qilish va ulardan foydalanishda vujudga keladigan moliyaviy munosabatlardan iborat ,deb ta`rif bergan edik. Umumiy tarzda berilgan bu ta`rif uning mohiyatini to`la ochib berolmaydi, buning uchun Sug`urta tushunchasiga iktisodiy jihatdan yondashish talab kilinadi. Ma`lumki, Sug`urta kategoriyasining iktisodiy mazmuni uning funksiyalarida ifodalanadi. Funksiya haqida gap borganda ko`pchilik uni vazifa deb tushuntiradi. Vazifani bajarish vaqtinchalik harakterga ega, u bajarilgandan keyin boshkasini bajarishga o`tiladi. Funksiya deganda esa doimiy takrorlanib turadigan vazifalar tushuniladi .Bu vazifalar bajarilgandan keyin kelgusi yili yana takrorlanadi. Sug`urta tushunchasi moliya va kredit tushunchalari bilan bog`langanligi sababli ularning taqsimlash va nazorat funksiyalarini amalga oshirishda Sug`urta ishtirok etadi , ya`ni bu funksiyalar Sug`urtaning xam funksiyalari qatoriga kiradi. Shu bilan birga, Sug`urtaning o`ziga xos quyidagi funksiyalari bor: xavf-xatar; ogohlantirish; investitsiya; omonat; axborot; Sug`urtaningxavf - xatar funksiyasi nima uchun zarur? Qadim zamonlardan buyon insoniyat tabiiy ofatlarning fakulodda vayronagarchilik, ulkan zarar keltirish qirralarini, buning ishlab chiqarishga ko`rsatgan ta`sirini boshidan kechirgan. Mahsulot,mablag`, urug`lik, yoqilg`i va moddiy ne`matlardan zaxira hosil qilgan, bu fond xisobidan ofat oqibatlarini tugatish uchun muhtojlarga yordam bergan. Zilzila, toshqin, yong`in oqibatlari Sug`urtaning anna shu funksiyasi amal qilishi natijasida hosil qilingan fondlar asosida tugatilgan. Sug`urtaning ogohlantirish funksiyasining mazmuni nimadan iborat? Bu xavf-xatar funksiyasi bilan bog`langan. Irrigatsiya va tabiatni muhofaza qilish kabi tadbirlar ko`p mablag` talab qilgani uchun budjet hisobidan ta`minlanadi. Mahalliy axamiyatga ega bo`lgan ogohlantirish xavfini oldini olish tadbirlari Sug`urta to`lovlarining umumiy tushumidan ajratma sifatida beriladigan mablag`lar xisobiga qoplanadi. Bumablag`lardan asosan uch yo`nalishda foydalaniladi. 1. Yong`indan ogoxlantirish va yong`inga qarshi kurash tadbirlarini amalga oshirishga. 2. Qishloq xo`jaligi ekinlari hosildorligini kamayishiga qarshi tadbirlarga. 3. Chorva mollarida uchraydigan kasalliklarning oldini olish va ularni qirilib ketmasliktadbirlarini bajarishga. Sug`urtaning ogoxlantirish tadbirlariga sarflash uchun ajratiladigan mablag`lar favkulodda zararlarning va uning oqibatlarini kamaytirishda katta axamiyat kasb etadi. Ajratilgan mablag`lardan samarali foydalanish muhim axamiyatga egadir. Sug`urtaninginvestitsiya funksiyasi nima va u qanday amalga oshirilishi mumkin? Sug`urta badallarining yig`ilishi va ular hisobidan zararning qoplanishi bir vaqtda emas, balki turli muddatlarda sodir bo`ladi. Ishlatilmay bo`sh turgan mablag`lar hisobidan zaxira fondlari tashkil kilinadi va ularning bo`sh turgan qismidan tijorat maqsadlari uchun foydalaniladi. Masalan, "Intertrans" Sug`urta tashkiloti bo`sh turgan mablag`larni aksiya, obligatsiya va boshka qimmatli qog`ozlar sotib olib shular hisobidan kushimcha daromad oladi, undan foydalanish uchun sanoat chakana savdo sohalari bilan xamkorlik qiladi. Sug`urtaning investitsiya funksiyasi bo`sh turgan mablag`lardan samarali foydalanib, Sug`urta tashkilotining moliyaviy ahvolini yaxshilashga yordam beradi. Sug`urtaning omonat funksiyasi nima va u omonat kassalarining funksiyalaridan qanday farq qiladi? Omonat kassalarida omonatlarga ma`lum muddatlarda saqlangan davrga nisbatan foiz olish huquqi beriladi. Shaxsiy Sug`urta va uning boshka xillarida, mulk Sug`urtasida Sug`urtalangan ma`lum muddatda badallarni to`laydi, bu badallar Sug`urta tashkiloti ixtiyorida bo`ladi. Agar Sug`urta davrida biror Sug`urta xodisasi ro`y bersa Sug`urta tashkiloti yetkazilgan zararni o`z xisobidan qoplaydi, omonat kassalarida esa bunday xususiyatlar mavjud emas. Sug`urtaningaxborot funksiyasi nimalardan iborat? Bu-Sug`urtaning yangi funksiyasidir. Ilgari, Sug`urta monopoliyasi borligida bunday funksiya mavjud bo`lmagan, chunki faqat davlat Sug`urta tashkiloti xukmronlik qilgan. Bu funksiyaning vujudga kelishiga sabab shundan iboratki, O`zbekiston Sug`urta xududida unlab yangi Sug`urta kompaniyalari, agentliklari, firmalari vujudga keldi, ularning harbiri o`ziga xos Sug`urta obyektlari va shartlariga ega bo`ldi. Ko`pchiligi mol-mulkni Sug`urta qilish bilan shug`ullanadi, mavjud tibbiyot, transport va boshka Sug`urta kompaniyalari xorijiy mamlakatlar bilan xamkorlikda ish olib bormoqda. Sug`urta faoliyatini rivojlantirish Sug`urtalanuvchilarga harbir tashkilot haqida axborot berishni talab qiladi. Buning uchun ma`lumotnomalarni shakllantirishi, o`zlariga ajratilgan xonalarda Sug`urta tashkilotlari birgalikda Sug`urta bozorini tashkil qilishi lozim. Sug`urtatizimining tarkibi Sug`urta huquqi sug`urta haqidagi barcha qonunlar, xukukiyva me`yoriy xujjatlarni o`zida mujassamlashtirgan. Fukarolik kodeksining 52-bobi sug`urta masalalariga bag`ishlangan. Bunda sug`urta ning eng muhim huquqiy-masalalari, sug`urta shartnomalarini tuzish, ikki tomonlama sug`urta lash, xamkorlik sug`urta si, qayta sug`urta lash, bu sug`urta lashni amalga oshirishda tomonlarning javobgarligi va boshkalar fukarolik kodeksi doirasida tushintirib berilgan. Sug`urta haqidagi qonunda sug`urta ning iktisodiy masalalarini bayon qilishga alohida e`tibor berilgan. Respublikamiz Oliy Majlisi tomonidan 1993 yil 6 mayda qabul qilingan qonun 5 bob 33 moddadan iborat bo`lgan bu qonunda respublika iqtisodiyotida sug`urta ning tutgan o`rni, sug`urta bozorini shakllantirish masalalari, sug`urta ni tashkil etish va xukukiyasoslari bayon qilingan. Shu hisobda fukaro va yuridik shaxslarning sug`urta tashkilotlari bilan munosabatlari, sug`urta tashkilotlarining moliyaviy masalasi, sug`urta buyicha davlat nazorati va boshkalar bayon kilinadi. Qonunning 1 bobida sug`urta ta`rifi beriladi, sug`urta obyektlari, shakllari, tariflari, to`lovlari, qayta sug`urta lash va birgalikda sug`urta lash masalalari bayon kilinadi. 2- bob asosan sug`urta shartnomalarini tuzish, shartnomada tomonlarning huquqlqri va uni rasmiylashtirish xamda to`xtatish masalalariga bag`ishlangan.3-bobda sug`urta lanuvchilarning moliyaviy barkarorligini ta`minlash masalalari yoritilgan. 4- bob sug`urta faoliyati ustidan davlat nazorati o`rnatishga, 5 -bob esa yakunlovchi masalalarga bag`ishlangan. Sug`urta haqidagi qonunda qotor yangi tushunchalar, masala, qayta va birgalikda sug`urta lash, sug`urta brokeri, sug`urta ruxsatnomalarini olish va boshka masalalar yoritilgan. 1997 yilda sug`urta qonunchiligida muhim o`zgarishlar sodir bo`ldi. Sug`urta haqidagi qonunga kushimcha siyosatad quyidagi 3 ta farmon qabul qilindi. 1. Uzagrosug`uriadavlat aksiyadorlik kompaniyasini tashkil etish; 2. "Kafolat" davlat aksiyadorlik kompaniyasini tashkil etish.
3.Uzinvest eksport-import milliy sug`urta kompaniyasini tashkil etish; Uzagrosug`urta davlat aksiyadorlik sug`urta kompaniyasi ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklida, yuridik shaxs sifatida tashkil qilinib, o`zining mustaqil balansi, hisob va valyuta hisobraqamlariga ega. Kompaniya faoliyatining asosiy yunalishlari qishloq xo`jaligi sohasida tovar ishlab chiqaruvchilarning mulk va mahsulotlarni sug`urta yo`li bilan ximoya etish, banklardan olingan kreditlarni qaytarishga sug`urta kafolatlarini taqdim etish, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun beriladigan avans mablag`larni qaytarishni sug`urta viy kafolatlash, yuridik va jismoniy shaxslarga hartomonlama sug`urta xizmatini ko`rsatishdan iboratdir. Sug`urtakompaniyasi quyidagi vazifalarni bajaradi: 1. Sug`urta ning majburiy va ixtiyoriy turlarini amalga oshiradi, sug`urta lanuvchilarni manfaatlarini to`laroq qondira oladigan, sug`urta ning yangi xillarini ishlab chiqadi va xayotga tadbiq qiladi. 2. Ogohlantirish vazifasini bajarib, sug`urta obyektlarni zararlanish va nobud bo`lishdan asrash tadbirlarini amalga oshiradi. 3. O`z mablag`larini investitsiya va tijorat faoliyatining muhim tarmoqlariga joylashtirishga harakat qilib, shu bilan birga, kredit berish asosida o`ziga tegishli fondlarni to`ldirib boradi. 4. O`z faoliyatini amalga oshirishda Respublika vazirliklari, idoralari va boshka sug`urta tashkilotlari bilan xamkorlikda ish olib boradi 5. Sug`urta ning informatsiya funksiyasi asosida reklama va maslaxat xizmatlarini ko`rsatadi.
Sug`urtafaoliyatining asosiy kursatkichlari Uzagrosug`uriatomonidan amalga oshiriladigan sug`urta ning asosiy turlari quyidagilardan iborat: Qishloq xo`jalik korxonalari va qishloq aholisini majburiy sug`urta qilish ya`ni: a) tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar qaytarilishi uchun qishloq xo`jaligi korxonalarining javobgarligini sug`urta qilish; b) mahsulotlarni yetishtirish buyicha avans tariqasida beriladigan va fyuchers shartnomalari buyicha mablag`larni qaytarilishini sug`urta qilish; v) qishloq fukaroiga tegishli mol-mulkni sug`urta qilish; g) garovga qo`yilgan mol-mulkni sug`urta qilish; d) transport egalarining fukarolik javobgarligini sug`urta qilish. Sug`urta ning ko`rsatilgan turlari haqida navbatdagi boblarda tushintirish beriladi. 1. Qishloq xo`jalik korxonalarini ixtiyoriy sug`urta kilishiya`ni: a) ekinlar xosilini sug`urta qilish; b) ekinlarni qayta ekishni va oldin chiqqan ekinlarni butlashni sug`urta qilish; v) chorva mollarini sug`urta qilish; g) asosiy vositalarni sug`urta qilish; d) tabiiy pichanzorlarni, yaylovzorlarni va tut bargini sug`urta qilish; e) pillani sug`urta qilish; yo) bog`lar va uzumzorlar xosilini do`l urishdan sug`urta qilish; j) korxonalar, dehqon, fermer va ijara xo`jaliklarning mol-mulkini sug`urta qilish; z) qishloq xo`jalik tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan jo`natiladigan yuklarni sug`urta qilish. Kompaniyaning nizom fondi 2000 mln. so`m miqdorida bo`lib, ta`sislik badallari hisobidan tashkil topadi. Naqd pulsiz shakllardagi oddiy va egasi yozilmagan aksiyalar chiqaradigan bu kompaniya cheklanmagan miqdorlarda sug`urta fondlari tashkil qilish huquqiga ega. Nizom
fondining 25 % ni zaxira fondlari daromad hisobidan tashkil kilinadi. Kompaniya o`z faoliyatini amalga oshirish uchun boshka fondlar xam tashkil qiladi. Shahar korxonalari va qishloq korxonalari aholisining iqtisodiyoti xamda turmush sharoiti bir xil bo`lmaganidek ulardagi sug`urta obyektlari, xatto sug`urta xodtsalari xam bir-biridan farq qiladi. Shu boisdan sug`urta ishlarini tashkil qilishda ularning xususiyatlarini e`tiborga olish talab kilinadi, chunki sanoat va qishloq xo`jalik korxonalarining mol-mulki, mehnat sharoiti bir xil bo`lmaganidek xonadonlardagi uy-ro`zg`or anjomlarning xam o`z xususiyatlari xam bor. Ana shularni ko`zda tutib Respublika Vazirlar Mahkamasi shahar hududida joylashgan yuridik va jismoniy shaxslarga sug`urta xizmatini ko`rsatish maqsadida "Kafolat" davlat aksiyadorlik sug`urta kompaniyasini tashkil qiladi. Uning asosiy vazifalari: a) shaharlarda aholi xayotini, salomatligini va mol-mulkini sug`urta qilish; b) korxonalar, tashkilotlar va muassasalar mol-mulkini sug`urta qilish; v) yuridik va jismoniy shaxslarning moliyaviy va tadbirkorlik tavakkalchiliklarini sug`urta qilishni amalga oshirish; g) qonunda ko`zda tutilgan sug`urta ning majburiy turlarini amalga oshirish; d) kushimcha sug`urta lash va qayta sug`urta operatsiyalarini amalga oshirish, sug`urta viy maslaxat xizmatlarini ko`rsatish; e) maxalliy sharoitlarni hisobga olib, sug`urta ning yangi turlarini joriy etish; 2. Korxonalar javobgarligini va mol-mulkini ixtiyoriy sug`urta kilishShaharlarda joylashgan davlat, xususiylashtirilgan, qo`shma, kichik va xususiy korxonalar va tashkilotlarni javobgarligi va mol-mulkini sug`urta qilish. 3. Sug`urta ning qonunchilik hujjatlarida va xukumat karorlarida nazarda tutilgan majburiy turlarini sug`urta kilishBu fukaro mol-mulki, transport vositalari egalarining fukarolik javobgarligi, yo`lovchilar sug`urta si, O`zbekiston temir yo`llari, parvozlarda ishtirok etuvchi xodimlar, oddiy askarlar va boshkalar tarkibiga kiruvchi harbiyxizmatchilarni va harbiyxizmatni o`tashga majbur shaxslarni sug`urta qilish demakdir. Har bir sug`urta xilining xususiyatini ko`zda tutib, sug`urta faoliyati quyidagi yunalishlarda guruxlashtiriladi: xududlar buyicha (mamlakatning ichki doirasi va tashki sug`urta munosabatlari e`tiborga olinadi) davlat va xususiy sug`urta tashkilotlari buyicha tarmoqlarbuyicha xavf-xatar xillari buyicha majburiy va ixtiyoriy sug`urta buyicha Xududlar buyicha sug`urta lashda mamlakatning ichki doirasida va tashki iktisodiy munosabatlarida olib boriladigan ishlar, shu jumladan xorijiy mamlakatlar bilan sug`urta sohasida xamkorlik kilishibunda faqat eksport-import muammolarigina emas, balki investitsiyalar, diplomatiya xodimlarini xam sug`urta lash ko`zda tutiladi, bunday sug`urta lash davlat va xususiy tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Shu munosabat bilan dastlab sug`urta tashkilotlarini quyidagicha guruxlash mumkin: 1. Faqat xorijiy mamlakatlar investorlari (Uzinvest) va tashki iktisodiy munosabatlarga xizmat qiluvchi sug`urta tashkilotlari (Intertrans). 2. Qo`shma sug`urta tashkilotlari, kompaniyalar (masalan, "Umid" sug`urta tashkiloti, uzbeksug`urtaXauden Lix" qo`shma korxonasi) 3. Faqat mamlakat doirasida xukukiyva jismoniy shaxslarga xizmat qiluvchixususiy tashkilotlar ( "Bit" tashkiloti) 4. Davlathissadorlik sug`urta tashkilotlari Sug'urta faoliyatini takomillashtirish. Mamlakatimizda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilayotgan iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish borasidagi islohotlar jarayonida bank-moliya tizimi, lizing, auditorlik, sug'urta, injiniring va boshqa tuzilmalarni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Mamlakatni modernizatsiyalash va isloh qilish sharoitida kichik va xususiy biznesni rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratishda sug'urta faoliyati subyektlarining o'rni va ahamiyati benihoya katta. Hozir mamlakatimizda 30 sug'urta kompaniyasi faoliyat ko'rsatmoqda. 2008 yilning to'qqiz oyida mazkur kompaniyalarning sug'urta mukofotlari 64,1 mlrd. so'mni, sug'urta tovoni 8,3 mlrd. so'mni, ustav kapitallarining miqdori esa 38,3 mlrd. so'mni tashkil etgan. Bu raqamlar mamlakatimizda sug'urta bozorini rivojlantirishga qaratilgan sug'urta faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy baza tobora takomillashib borayotgani, sug'urta kompaniyalarining iqtisodiyotdagi ulushi ortib borayotganligidan dalolatdir. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o'n oltinchi yalpi majlisida ma'qullangan, o'tgan yilning 23 dekabrida matbuotda e'lon qilinib, kuchga kirgan "Sug'urta faoliyati to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida"gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni sug'urta faoliyatining qonunchilik poydevorini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyatga egadir. Mazkur Qonun O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 21 mayda qabul qilingan «Sug'urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qo'shimcha chora- tadbirlar to'g'risida»gi qarori asosida ishlab chiqilgan bo'lib, uning asosiy maqsadi sug'urta faoliyatini yanada takomillashtirish, shuningdek, sug'urta xizmatlaridan foydalanuvchilarning huquqlarini samarali himoya qilishni ta'minlashga qaratilgandir. Bu nimalarda ko'rinadi? Birinchidan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining nomi yuqorida zikr etilgan qarorining 3-bandida sug'urtalovchilar, ya'ni mazkur Qonunning 6-moddasiga binoan tegishli turdagi sug'urtani amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo'lgan va sug'urta shartnomasiga muvofiq sug'urta tovoni (sug'urta puli) to'lovini amalga oshirish majburiyatini oluvchi tijorat
tashkiloti bo'lgan yuridik shaxs qimmatli qog'ozlar bozorida investitsion vositachi sifatida professional faoliyatni amalga oshirish huquqiga egaliklari belgilangandir. Aslida "Qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risida"gi Qonunning 19-moddasiga asosan qonun hujjatlarida belgilangan hollardan tashqari, qimmatli qog'ozlar bozorida professional faoliyat qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiriladi. Sug'urtalovchilarni rag'batlantirish va ularga imkoniyat yaratish maqsadida mazkur Qaror bilan ular tomonidan ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun alohida litsenziya olish talab qilinmasligi nazarda tutildi. O'rnatilgan ushbu tartibdan kelib chiqib, «Sug'urta faoliyati to'g'risida»gi Qonunning sug'urtalovchilar huquqlari belgilangan 6-1-moddasi birinchi qismi sug'urtalovchilar qimmatli qog'ozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional faoliyatni tegishli litsenziyasiz amalga oshirish huquqiga ega ekanligini nazarda tutuvchi beshinchi xatboshi bilan to'ldirildi. Ikkinchidan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqorida ta'kidlab o'tilgan qarorining 3-bandi bilan sug'urtalovchilar va sug'urta brokerlarining rahbarlari va bosh buxgalterlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlar, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan Sug'urtalovchining ijro etuvchi organi rahbari va bosh buxgalteriga qo'yiladigan malaka talablari to'g'risidagi nizomda belgilangan malaka talablariga mos kelgan taqdirda tayinlanishi (saylanishi) haqidagi tartib belgilandi. Bu bilan nafaqat sug'urtalovchi yoki uning bosh buxgalteriga bo'lgan talablar balki, "Sug'urta faoliyati to'g'risida"gi Qonunning 7-moddasiga ko'ra, sug'urta qildiruvchining nomidan va uning topshirig'iga binoan sug'urta shartnomasi tuzilishi va ijro etilishini tashkil qilish bo'yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs hisoblanadigan sug'urta brokeri va uning bosh buxgalterining o'z faoliyatlarida mas'uliyatini oshirish maqsadida ularga bo'lgan talablarni maxsus vakolatli organ belgilaydigan tartib o'rnatildi. Bu tartib- qoidalardan kelib chiqib, Qonunning maxsus vakolatli organning vakolatlari nazarda tutilgan 10-moddasi ikkinchi qismining oltinchi xatboshisiga tegishli o'zgartishlar kiritildi. Bu o'rinda sug'urtalovchi va sug'urta brokeri rahbari hamda ularning bosh buxgalterlariga qanday malaka talablari belgilanishi mumkin, degan savol tug'ilishi tabiiydir. Sug'urtalovchining (sug'urta brokerining) rahbariga va bosh buxgalteriga qo'yiladigan malaka talablari to'g'risidagi nizom bilan ularga qo'yiladigan malaka talablari belgilangan. Unga ko'ra, sug'urtalovchining (sug'urta brokerining) rahbari bu qonun hujjatlari va sug'urtalovchining (sug'urta brokerining) ta'sis hujjatlariga muvofiq tayinlanishi yoki saylanishi natijasida, tuzilgan mehnat shartnomasiga asosan sug'urtalovchining (sug'urta brokerining) yagona ijro etuvchi organi bo'lib hisoblanadigan yoki sug'urtalovchining (sug'urta brokerining) kollegial ijro etuvchi organi ustidan boshqaradigan jismoniy shaxs hisoblanib, unga nisbatan quyidagi malaka talablari o'rnatilgandir: O'zbekistonRespublikasi oliy ta'lim muassasalarida olingan oliy ma'lumotga yoki xorijiy davlatlarning ta'lim muassasalarida olingan hamda qonun hujjatlariga muvofiq, O'zbekiston Respublikasidagi oliy ma'lumotga ekvivalent, deb tan olingan oliy ma'lumotga ega bo'lishi; sug'urtasohasida 2 yildan kam bo'lmagan ish stajiga ega bo'lishi, bunda sug'urta agenti sifatidagi, shuningdek, yordamchi, texnik va xizmat ko'rsatuvchi xodimlar lavozimlaridagi ish staji hisobga olinmaydi. Sug'urtalovchining (sug'urta brokerining) bosh buxgalteri deyilganda, sug'urtalovchining (sug'urta brokerining) buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruvi funksiyalarini amalga oshiruvchi, buxgalteriya hisobini tashkillashtirishni hamda moddiy va moliyaviy resurslarni oqilona, tejamkorlik bilan ishlatilishini nazorat qilishni ta'minlaydigan jismoniy shaxs tushunilib, u quyidagi malaka talablariga javob berishi lozim: O'zbekistonRespublikasi oliy ta'lim muassasalarida olingan oliy (buxgalterlik, moliyaviy, iqtisodiy) ma'lumotga yoki xorijiy davlatlarning ta'lim muassasalarida olingan hamda qonun hujjatlariga muvofiq, O'zbekiston Respublikasidagi oliy ma'lumotga ekvivalent, deb tan olingan oliy (buxgalterlik, moliyaviy, iqtisodiy) ma'lumotga ega bo'lishi; buxgaltersifatida 3 yildan kam bo'lmagan ish stajiga ega bo'lishi, shundan sug'urta sohasida buxgalter sifatida bir yildan kam bo'lmagan ish stajiga ega bo'lishi.
Shu o'rinda alohida ta'kidlab o'tish lozimki, sug'urtalovchilarning (sug'urta brokerlarining) O'zbekiston Respublikasi hukumati qarori bilan tayinlanadigan rahbarlariga mazkur Nizom talablari tatbiq etilmaydi. Uchinchidan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qayd etib o'tilgan qarorining 3- bandida sug'urta faoliyati to'g'risidagi qonun hujjatlarini, o'rnatilgan iqtisodiy normativlarni, shu jumladan, to'lov qobiliyati normativlarini sug'urtalovchilar tomonidan buzilganligi uchun sug'urta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organining qarori asosida ularga sug'urtalovchi uchun belgilangan eng kam ustav kapitalining 0,1 foizi miqdorigacha jarima solinishi va jarima summasi Respublika budjetiga o'tkazilishi haqidagi tartib o'rnatilgan. Ushbu tartibga asosan Qonunda maxsus vakolatli organning vakolatlari belgilangan 10-moddasiga mazkur o'rnatilgan tartibni qo'llashni nazarda tutuvchi tegishli qo'shimchalar kiritildi. Bunday tartibning belgilanishi sug'urtalovchilarning sug'urta xizmati iste'molchilari oldidagi mas'uliyatini oshirib, mijozlar huquqlarining himoya qilinishiga, o'z faoliyatlarini qonun hujjatlari, xususan to'lov qobiliyati normativlarini buzmasdan amalga oshirishlarini ta'minlashga xizmat qiladi. Ta'kidlash joizki, sug'urta faoliyati to'g'risidagi qonun hujjatlarini, o'rnatilgan iqtisodiy normativlarni, shu jumladan, to'lov qobiliyati normativlarini buzganligi uchun sug'urtalovchilarga jarima sanksiyalarini qo'llash tartibi Sug'urta faoliyati to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun sug'urtalovchilarga jarima sanksiyalarini qo'llash tartibi to'g'risidagi nizom bilan tartibga solingan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Sug'urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaroriga muvofiq, 2008 yilning 1 yanvaridan boshlab ustav kapitalining eng kam miqdorlari: umumiy sug'urtalash tarmog'ida faoliyatni amalga oshiradigan sug'urtalovchilar uchun - 500 ming AQSH dollariga teng bo'lgan summa; hayotni sug'urtalash tarmog'ida faoliyatni amalga oshiradigan sug'urtalovchilar uchun - 750 ming AQSH dollariga teng bo'lgan summa; majburiy sug'urtalash bo'yicha faoliyatni amalga oshiradigan sug'urtalovchilar uchun - 1000 ming AQSH dollariga teng bo'lgan summa; faqat qayta sug'urtalash bo'yicha faoliyatni amalga oshiradigan sug'urtalovchilar uchun - 3000 ming AQSH dollariga teng bo'lgan summa belgilangandir. Bundan tashqari, sug'urtalovchilarning mijoz oldidagi mas'uliyatini oshirish hamda ularning kapitallashuv darajasini ko'paytirish va moliyaviy barqarorligini ta'minlash maqsadida 2010 yilning 1 yanvaridan boshlab quyidagi sohalarda faoliyatni amalga oshiradigan sug'urtalovchilar uchun ustav kapitalining eng kam miqdorlari o'rnatilgan: umumiy sug'urta sohasida - 750 ming yevroga ekvivalent summada; hayotni sug'urta qilish sohasida - 1000 ming yevroga ekvivalent summada; majburiy sug'urta bo'yicha - 1500 ming yevroga ekvivalent summada; faqat qayta sug'urta qilish bo'yicha - 4000 ming yevroga ekvivalent summada. To'rtinchidan, avvalgi Qonunning 12-moddasida sug'urtalovchilar ustav fondining eng kam miqdori O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi nazarda tutilgan edi. Hozirgi vaqtda ularning ustav fondining eng kam miqdori O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sug'urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi hamda «Sug'urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi qarorlari bilan belgilanganligini hisobga olib, 12-moddaga tegishli o'zgartish kiritish bilan ustav fondining eng kam miqdori endilikda qonun hujjatlariga asosan belgilanishi nazarda tutildi.
|
| |