Sug'urta faoliyati to'g'risida




Download 28,97 Kb.
bet2/4
Sana30.05.2024
Hajmi28,97 Kb.
#257280
1   2   3   4
Bog'liq
XULOSA

1) Xo’jalik mexanizmining yagonaligi;
2) Kapitalni sarflash sohalarining soliq munosabatlariga nisbatan tengligi, bu kapitalni erkin xarakat qilishi uchun asos yaratadi;
3) Barcha korxonalarning soliq to’lovchilar sifatida davlat oldida teng huquqliligi;
4) Bozordagi raqobat kurashida sharoitlarning tengligi.
Bozor iqtisodiyoti sharpoitida bunga qarama-qarshi fikrlar ham mavjud. Ana shunday fikrlarga ko’ra, barcha korxonalar uchun yagona stavkada foydadan soliq olish maqsadga muvofiq emasdir. Korxonalarning turlicha moliyaviy sharoitda bo’lgan hozirgi davr holatida yagona stavkani qo’llash korxonaning moliyaviy ehtiyojlari bilan davlat manfaatlari yuzasidan keskin qarama- qarshiliklarni yuzaga keltiradi.Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar soliq tizimiga e'tibor qaratadigan bo’lsak, ular amaliyotida soliq stavkalarini tabaqalashtirilgan holda qo’llanilishini guvohi bo’lish mumkin.Chunki, soliqlarning rag’batlantiruvchilik rolini yuzaga chiqishi asosan uch xil ko’rinishda yuzaga chiqadi. Bular soliq imtiyozlarini amalga oshirish (soliq ob'ektini kamaytirish), soliq to’lovchilarni soliqdan ozod etish hamda soliq stavkalarini tabaqalashtirish hisoblanadi.Qayd etish joizki, soliq stavkalarini tabaqalashtirish soliq tizimi hamda iqtisodiyotning real sektori uchun ham foydali bo’lsada, ammo, bu jarayonda eng asosiy muammo soliq stavkalarini tabaqalashtirish masalasi hisoblanadi. Agar, soliq stavkalarini tabaqalashtirishda to’g’ri va egri soliqlar holatiga e'tibor beradigan bo’lsa, egri soliqlarga nisbatan to’g’ri soliqlarda soliq stavkalari ko’proq tabaqalashgan. Buning asosiy sababi, soliqlarning rag’batlantiruvchilik roli asosan to’g’ri va egri soliqlar orqali yuzaga chiqishi, shunga asoslangan holda soliq stavkalarini tabaqalashtirishda to’g’ri va egri soliqlar orqali korxonalarni turli xil faoliyat bo’yicha rag’batlantirish hisoblanadi.Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq xo’jalik yurituvchi sub'ektlardan asosan suv manbalaridan tejab tergab foydalanish hamda davlat byudjetini daromad bilan ta'minlash sifatida kiritilgan bo’lib, uni tabaqalashtirishda ikki xil yondashuv amalga oshirilgan, ya'ni suv resurslaridan foydalanilganlik uchun soliq stavkalari sohalar va suvlarni paydo bo’lish manbalariga ko’ra tabaqalashtirilgandir.O’zbekiston Respublikasi soliq tizimida to’g’ri soliqlardan tashqari egri soliqlar ham amal qilib, ushbu soliq turlari bo’yicha ham tabaqalashtirilgan soliq stavkalari qo’llaniladi.Qo’shilgan qiymat solig’i eng asosiy soliq turlaridan biri bo’lib, bu asosan oborotdan olinadigan va sotuvdan olinadigan soliqlarning o’rniga kiritilgan. Qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha dastlabki yilda 32 foizli stavka qo’llanilgan bo’lsa, bugungi kunda umumiy tartibda 20 foizlik va nollik stavka bo’yicha soliq undirilmoqda. Soliq stavkalarini belgilash me’zonlari O’zbekiston Respublikasi soliq tizimida soliq stavkalarini tabaqalashtirishning quyidagi mezonlari mavjud.
- Soliq to’lovchilarning joylashgan joyi (shahar, qishloq)ga ko’ra;
- Soliq to’lovchilarning paydo bo’lishiga ko’ra (suv resurslardan foydalanganlik uchun soliq);
- Qazib olinadigan foydali qazilmalar turlariga ko’ra (yer osti boy-n foy-k u-n soliq);
- Daromad olinish manbaiga ko’ra (jismoniy shaxslar daromadiga soliq);
- Soliq ob'ektining qayta baholanishiga ko’ra (jismoniy shaxslar mol-mulk solig’i);
- Faoliyat turiga ko’ra (yagona soliq to’lovi va qat'iy soliq);
- Yer uchastkalarining bonitetiga ko’ra (yer solig’i);
- Soliq to’lovchining eksport salohiyatiga ko’ra (foyda solig’i va mol-mulk solig’i).
O’zbekistonda soliq tizimining hozirgi holati tahlili Respublikamizda asosan soliqlar budjet tizimi daromadlarini shakllantiradi. Davlat budjeti tizimi mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hayotini moliyaviy mablag’ bilan ta’minlaydi va bu O’zbekiston Respublikasining budjet tizimida umumrespublika budjeti yetakchi bo’g’inidir. U umumdavlat resurslarining bir qismi bevosita davlat hokimiyatining ijro etuvchi va farmoyish beruvchi oliy organi - O’zbekiston Respublikasi hukumatida markazlashuvini ta’minlaydi. Markazlashgan resurslar umumdavlat ahamiyatiga molik bo’lgan, umuman olganda jamiyat manfaatlarini ifodalaydigan tadbirlarni (xalq xo’jaligi ahamiyatidagi qurilishlarni, eng muhim ijtimoiy tadbirlarni, mudofaa, boshqaruv, davlatning tashqi iqtisodiy aloqalari, davlatning moddiy va moliyaviy zaxiralarini) mablag’ bilan ta’minlashga ishlatiladi. Umumrespublika budjeti orqali milliy daromadni Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahriga taqsimlash va qayta taqsimlash jarayoni izga solib turiladi. Davlat umumrespublika budjetidan davlat budjetining bu bo’g’ini ijrosi yuzasidan respublikadagi hamma ishlarni muvofiqlashtirish uchun foydalanadi.Qoraqalpog’iston Respublikasining budjeti pul mablag’larini respublikaning tegishli davlat hokimiyati va boshqaruv organlari amalga oshiradigan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tadbirlarini moliyalashtirish uchun markazlashtiradi.Soliq kodeksining 23-moddasiga ko’ra O’zbekiston Respublikasi hududida soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar amal qiladi. Soliqlar joriy qilishga faqat O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi haqli18.

Download 28,97 Kb.
1   2   3   4




Download 28,97 Kb.