• Veb dasturlash
  • Desktop GUI (grafik interfeysli) dasturlar
  • Ilmiy va sonlar bilan ishlovchi dasturlar
  • Python o’qitishda
  • “SALOM DUNYO” matnini sahifada chiqarish loyihasi.
  • Sultonov komron amaliyot hisobot




    Download 2,66 Mb.
    bet3/7
    Sana18.11.2023
    Hajmi2,66 Mb.
    #100774
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    mironshohasadov

    K ORXONA BILAN TANISHUV


    Men amaliyot o'tagan korxona "Magicsoft Group" 15 yildan beri dasturchilarga ta’lim berib keladi va IT sohasida bir qancha startaplar asoschisi. Magicsoft Group da bir qancha dasturlash tillari mukammal tarzda o’qitiladi va alohida dasturchilar jamoasi ham bor. Jumladan Python, java, Php, Javaskript, 3D dizayn, C#, Linux kabi yana bir qancha dasturlash tillari o’rgatiladi.
    NAZARIY QISM
    Python dasturlash tilining imkoniyatlari

    Python dasturlash tili orqali nimalar qila olishimizni bilish qiziqarli bo’lsa kerak Python qila oladigan ba'zi narsalar quyidagilardir:



    • XML / html fayllari bilan ishlash

    • Http so'rovlari bilan ishlash

    • GUI (grafik interfeys)

    • Veb-skriptlarni yaratish

    • FTP bilan ishlash

    • Tasvirlar, audio va video fayllar bilan ishlash

    • Robotlar

    • Matematik va ilmiy hisob-kitoblarni dasturlash

    Veb dasturlash


    Python orqali veb-ilovalarni muammosiz ishlab chiqishimiz mumkin. HTML va XML, JSON fayllar hamda elektron pochta bilan ishlash, FTP, IMAP va boshqa shu kabi internet protokollari uchun kutubxonalar mavjud.



    • Requests - HTTP so’rovlar bilan ishlash kutubxonasi

    • BeautifulSoup - HTML-parser

    • Feedparser - RSS / Atomni tahlil qilish uchun

    • Paramiko - SSH2 protokoli bilan ishlash uchun

    • Twisted Python - Asinxron veb dasturlash uchun

    • Django - Veb freymvork

    • Pyramid - Veb freymvork

    Desktop GUI (grafik interfeysli) dasturlar


    Python dasturlash tilining Tk deb nomlangan standart GUI kutubxonasi mavjud bo’lib, u orqali grafik interfeysli dasturlarni tuzish mumkin. Bundan tashqari GUI bilan ishlash uchun qo’shimcha modullar ham mavjud.

    • wxWidgets

    • Kivy multitouch ilovalarini yozish uchun (Desktop, Android, iOS) Qt via pyqt or pyside (Desktop)

    Ilmiy va sonlar bilan ishlovchi dasturlar


    Python nafaqat dasturchilar balki fan hodimlari, olimlar tomonidan ham aktiv ravishda foydalaniladi, bunga sabab uni o’rganishning osonligi, tushunarliligi va tayyor kutubxonalarning mavjudligidir:



    • SciPy - matematika, fan va muhandislik uchun modullar to'plami.

    • Pandas - ma'lumotlarni tahlil qilish va modellashtirish kutubxonasi

    • IPython - Ish sessiyalarini oson tartibga solish va yozish uchun kuchli qobiq. Bundan tashqari, tasvirlash va parallel hisoblashni qo'llab-quvvatlaydi.

    • Dasturlarni sozlash kursi - bu ilmiy hisoblash va bootcamps ishlaydigan asosiy ko'nikmalarni o'rgatadi. Shuningdek, u ochiq-oydin o'quv materiallarini taqdim etadi.

    • Bundan tashqari, NumPy bizga sonlar bilan murakkab hisob kitoblarni qilish imkonini beradi.

    Python o’qitishda


    Uning soddaligi, tushunarliligi va katta miqdordagi jamoasi tufayli Python dasturlashni boshlovchilar uchun birinchi til bo’ladi. Ba’zi davlatlarda bu til maktablarda boshlang’ich sinflarga dars sifatida qo’yilgan.

    Boshqa sohalar


    • Konsolga asoslangan ilovalar

    • Ovoz yoki videoga asoslangan ilovalar

    • Rasmlar uchun ilovalar

    • Korxona ilovalari (Enterprise)

    • 3D CAD dasturlari

    • Computer Vision (yuzni aniqlash va rangni aniqlash kabi qurilmalar)

    • Machine Learning

    • Robotlar

    • Web scraping (veb-saytlardan olingan ma'lumotlarni yig'ish)

    • Scripting (Skriptlash)

    • Sun'iy intellekt

    • Ma'lumotlarni tahlil qilish

    Qisqacha qilib aytganda python dasturlash tili keng qamrovli ekanligi bilan ajralib turadi, biz esa web fremworki bo’lmish Djangoda loyihalar ustida ishladik.



    DJANGO
    DJANGO FRAMEWORK O‘QUV QO‘LLANMASI

    Bu qo‘llanmada Django frameworklar bilan ishlash uchun, boshlang‘ich tushunchalar beriladi.
    Ishni avval Djangoni o‘rnatishdan boshlaymiz. WIN+R tugmalarini bosish orqali, buyruqlar satriga kiramiz va bu yerda “cmd” yozuvini kiritib, OK tugmasini bosamiz.
    Buyruq satrida avval Python kompilyatori o‘rnatilganini tekshirib olamiz.
    Buning uchun python --version matnini kiritib,
    Enter tugmasi bosiladi.


    Undan keyin Pythonning PIPini tekshirib
    olamiz. Buning uchun “pip --version” matnini kiritib, Enter tugmasi bosiladi.

    Agar sizda yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan python kompilyatori o‘rnatilmagan bo‘lsa, unda siz http://www.python.org sayti orqali, kompyuteringizga yuklab olib o‘rnatishingiz kerak bo‘ladi.


    Demak Djangoni o‘rnatishda, yana buyruq satriga murojaat qilamiz. Bu yerda “pip install django==3.2.5” matnini kiritib, djangoni o‘rnatib olamiz. Kompyuterimizga django o‘rnatilganini tekshirish uchun buyruq satriga “django-admin” matnini kiritib, Enter tugmasi bosiladi.



    “SALOM DUNYO” matnini sahifada chiqarish loyihasi.


    Avval tashqi xotirada “django” deb nomlangan papka hosil qilamiz va bu papkani VS Codega chaqirib, yuklab olamiz.
    VS Codening terminalini ishga tushirib, “django-admin startproject loyiha” matnini kiritib, Enter tugmasi bosiladi. Endi papkamizda loyiha deb nomlangan papka va django fayllari hosil bo‘ladi. Ishni boshlashdan avval terminalda “cd loyiha” matnini kiritib, Enter tugmasi bosiladi.
    Hozir biz loyiha deb nomlangan papka ichida turibmiz, endi terminalda app yaratib olamiz. Ishni boshlashdan avval APP haqida qisqacha ma’lumot beraman. Biz tayyorlaydigan saytimizda, bir nechta “app”lar bo‘lishi mumkin. Yaratilgan sahifamizning brauzerda ko‘rinishini app bajaradi va django yordamchi hisoblanadi.
    Demak terminalda “python manage.py startapp pages” matnini kiritib, Enter tugmasi bosiladi. Endi bizda loyiha ishini boshlash uchun django framework fayllari va pages nomli papkamizda app yaratib oldik.

    Pages nomli yaratgan “app”ni, loyiha papkasidagi “settings.py” fayliga kirib, “INSTALL_APPS” bo‘limida e’lon qilib qo‘yamiz. Ya’ni ’pages.apps.PagesConfig’ matnini kiritib olamiz, bu yerda djangoni talabi shunday ekan.


    pages nomli papkamizda views.py fayliga o‘tib, from django.http import HttpResponse import qilish matnini kiritamiz va funksiyani tayyorlaymiz.

    Download 2,66 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 2,66 Mb.