• “Template”lar yordamida sahifa tayyorlaymiz.
  • Sultonov komron amaliyot hisobot




    Download 2,66 Mb.
    bet4/7
    Sana18.11.2023
    Hajmi2,66 Mb.
    #100774
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    mironshohasadov
    44-maktab skillgrower Olimpiada qatnashcilari, 1-amaliy mashg\'ulot, Файллар тизими3, Mavzu O’zgarmas to’k dvigatellari va turlari ishlash prinsplari, Tilshunoslik nazariyasi (Nosirjon Uluqov), 22138 ru vvm-job-aid-update-oct-2022

    def Sahifa(request):


    return HttpResponse(“Salom Dunyo”)

    Endi pages papkasida “urls.py” faylini hosil qilamiz va bu yerga:


    from django.urls import path from .views import Sahifa


    urlpatterns = [ path(‘’,Sahifa, name=’home’) ]
    buyruqlarni kiritib olamiz.

    Demak pages nomli app ichida barcha ishlarni yakunladik va hosil qilgan url ni, asosiy papkamizdagi url ga ulaymiz. Buning uchun asosiy “urls.py” fayliga o‘tib, rasmda ko‘rsatilgandek qilib qo‘shimcha buyruqlarni kiritib olamiz:





    “Salom Dunyo” loyihamiz ham tayyor bo‘ldi, buni brauzerda ko‘rishimiz uchun terminalda “python manage.py runserver” matnini kiritib, Enter tugmasi bosiladi.
    Sichqoncha kursorini http://127.0.0.1:8000/ yozuv ustiga keltirib, CTRL tugmasi yordamida sahifani brauzerda ochib olamiz.



    “Template”lar yordamida sahifa tayyorlaymiz.


    Ishni boshlashdan oldin terminalda “django-admin startproject loyiha” matnini kiritib turib, loyiha nomli django fayllari joylashadigan, bosh papkani hosil qilamiz!
    Yaratib olingan papkani terminalda “cd loyiha” buyrug‘ini kiritish orqali ochib olamiz.
    Endi app yaratib olamiz, buning uchun terminalda “python manage.py startapp pages” buyrug‘ini kiritib, Enter tugmasi bosiladi.

    Yaratgan pages nomli app ni, settings.py faylining Install APP bo‘limida ‘pages.apps.PagesConfig’ kiritib qo‘yamiz.
    HTML fayllarni saqlash uchun “templates” nomli papka hosil qilamiz va bu yerda html fayllarni yaratib olamiz.
    Templates papkani settings.py fayliga e’lon qilib qo‘yamiz, buning uchun TEMPLATES bo‘limining DIRS degan joyida, ya’ni ‘DIRS’:[os.path.join(BASE_DIR, ‘templates’)] buyrug‘ini kiritib qo‘yamiz.

    Endi templates papkasida “home.html” faylini yaratamiz va bu yerda “!” ishorasini yozib turib, “tab” tugmasini bosgan vaqtimizda, htmlning asosiy tana qismi tayyorlanadi.



    Endi sizlar bilan klass viewlar bilan ishlashni o‘rganamiz, buning uchun pages nomli appni ichida joylashgan views.py fayliga o‘tamiz:
    from django.shortcuts import render
    from django.views.generic import TemplateView # Create your views here
    class HomePageView(TemplateView): template_name = ‘home.html’
    Demak views.py faylini qayerda joylashganini linklarini ko‘rsatib qo‘yishimiz kerak. Buning uchun pages nomli appda “urls.py” faylini yaratib olamiz.
    “urls.py” fayliga o‘tib, views.py faylida yaratgan klassimizni linkini e’lon qilamiz:
    from django.urls import path
    from .views import HomePageView urlpatterns=[
    path(‘’,HomePageView.as_view(), name=’home’)
    ]
    Endi kichik “urls.py”ni asosiy loyiha papkamizdagi “urls.py”ga bog‘lab qo‘yamiz.
    Buning uchun shu faylga o‘tib:
    from django.contrib import admin from django.urls import path, include urlpatterns=[
    path(‘admin/’, admin.site.urls), path(‘’, include(‘pages.urls’))
    ]
    Demak loyihamizni ishga tushirib olamiz, buning uchun har doimgidek terminalda “python manage.py runserver” buyrug‘ini kiritib, Enter tugmasi bosiladi.

    Rasmda ko‘rsatib o‘tilgandek jarayonni bajarib, loyihani ishga tushirib olamiz. Ya’ni http://127.0.0.1:8000/ ssilkani ustiga sichqoncha kursorini olib borib, CTRL tugmasi orqali sichqoncha chap tugmasini bosib, brauzerda ochib olamiz.
    Brauzerda chiqarilgan matnni rangini ham o‘zgartirib chiqarishimiz mumkin.
    Buning uchun “home.html” fayliga o‘tib, o‘zgartirish kiritamiz:

    Download 2,66 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 2,66 Mb.