• Intellektual masala
  • (P=A/t, P=U I, P=I2
  • Suniy Intellekt
  • Sun'iy intelektning asosiy tushunchalari




    Download 18.66 Kb.
    Sana08.04.2024
    Hajmi18.66 Kb.
    #191818
    Bog'liq
    1-topshiriq Sun`iy intellekt

    Sun'iy intelektning asosiy tushunchalari



    "Suniy Intellekt"ni tushunish va unga ta'rif beringanini avvalo "Intellekt" o'zi nima ekanligini aniqlab olish kerak.
    "Intellekt" latinga "intellectus" so'zidan olinib, "aql-idrok", "anglash", "idrok etish", "tushunish", "sezish, his qilish", "fikrlash", "tajriba orqali o'rganish", "xulos qilish", "qaror qabul qilish" kabi ma'nolarni anglatadi.
    "Intellekt" bu inson miyasining ma'lumotlarni qabul qilish, eslab qolish, qayta ishlash va xulosha qilish, tajribalardan o'rganish, turli sharoitlarga moslashish, o'qish va izlanish orqali bilimlarga ega bo'lish hamda ushbu bilimlarni turli hayotiy, ilmiy-texnik masalalarni echishda qollay olis qobiliyatidir.
    Shuningdek, "Intellekt" deganda insonning barcha "kognitiv" qobiliyatlari (idrok etish, eslash, fikrlash, tasavvur etish) va mavjud bilimlarini qollagan xolda "intellektual masalalarni" va muammolarini aqlon (ongda-miyada) xal etish qobiliyati tushuniladi.
    Intellektual masala - bu shunday masalalar ki, ularni xal etish, avvalo chuqur bilim va yuqori malaka talab etadigan, ota nozik va chuqur fikrlash, mantiqiy umumlashtrish hamda xulosalar qilish va masalani echish algoritmlarini izlab topish talab etiladigan masalalardir.
    Agar, maslani echimi oldindan ma'lum bolsa (hisoblash formulasi, matematik ifodasi mavjud bolsa), faqatgina hisoblashni yoki uni echish uchun mavjud algoritm asosida faqat talab etilgan amallar ketma-ketligini bajarish etarli bolsa, u xolda bunday masalalarni intellektual masalalar deb ayta olmaymiz.
    Masalan, Elektr zanjiridagi tok kuchini hisoblash ( I=U/R) yoki quvvatni hisoblash (P=A/t, P=UI, P=I2R ), To'rtburchakni yuzasini hisoblash (S=a*b) yoki to'g'ri burchakli uchburchakni katetini hisoblash (c=√(a^2+b^2 )), Algebraik tenglamalarni echish, sonli integrallash va differensiallash kabi masalalarni intellektual masalalar toifasiga kirita olmaymiz.
    Shuning bilan birga, suniy intellekt nima va u qanday ishlajdi degan savollarga javob berishdan oldin "berilganlar (ma'lumotlar)" "ma'lumotlar (ma'lumotlar)" va "bilim (bilim)" kabi tushunchalar ga ham aniqlik kiritib olishimiz kerak.
    "Berilganlar (ma'lumotlar)" - bu xotirada ma'lum bir shaklda saqlash, qayta ishlash uchun oldindan ma'lum bulgan, bizni o'rnatgan atrof muhit va dunyo haqida "faktlar" to'plami.
    Biz moddiy dunyoda yashaymiz, bizni o'rnatgan moddiy dunyo, jisimlar, jarayonlar (fizik, ximik, texnologik, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy) doim harakatda, o'zgarishda va ularning holati va yuz beraayotgan jarayonlarni raqamlarda, faxtlarda o'lchash va qayd etish mumkin. Ushbu faxtlar to'plamini qayta ishlash va tahlil qilish orqali "berilganlar(faxtlar)" → "ma'lumotga(axborotga)" ayilanishi mumkin.
    "Ma'lumot(axborot)" - bu ma'lum bir tarzda tizimlashirilgan va tavsiflangan, foydalanish uchun ma'no va mazmunga ega, qiymatga ega bo'lgan hamda qaror qabul qilish uchun zarur bo'lgan "berilganlar(faktlar)" to'plami.
    Masalan: Havov harorati 26°C, Dollar kursi 10,800 so'm yoki Apple kompaniyasi aktsiyasiniging narxi 170.3$, avtomobil tezligi 85 km/soat va h.k. Bular aniqlangan, qayd etilgan faktlar, ya'ni "berilganlar(faktlar)".
    Agar, biz ushbu faxtlarni qayta ishlab taqqoslasak, tahlil qilsak: ya'ni, Harorat kechagi kunga yoki oldingi haftadagi nisbatan yuqorimi, pastmi? Aktsiyaning narxi yoki dollar kursi o'shabdimi, kamayibdimi? Avtomobil tezligi belgilangan cheg'aradan chiqib ketmadiimi? kabi savollarga javob beradigan manoga ega bo'lad va "berilganlar(faxtlar)" → Ma'lumotga (axborotga) aylandi.
    Ma'lumot (axborot) raqamli, simvolli, formal matematik ifoda, grafiklar, tovushli va video formatli shakllarda bo'lishi mumkin.
    Bilim - bu qonunlar, nazariyalar, qarashlar va qoidalar to'plami shaklida umumlashgan o'z tasdiqini topgan ma'lumotlar hamda muammolarini xal etish natijalari majmuasidir.
    Boshqacha qilib aytganda "Bilim" bu, maqsadga erishish, qaror qabul qilish, yangi ma'lumotlarga ega bo'lish hamda maslani echish uchun qayta ishlangan ma'lumotlar(axborot) va ushbu jarayonda yangidan topilgan qoidalar ( xulosha,qonuniyat, algoritm).
    "Suniy Intellekt" - bu insona xos, chuqur bilim va yuqori malaka talab etadigan, fikrlash va mantiqiy umumlashtirish hamda xulosalar qilish va muammolar echish algoritmlarini o'rganishlar orqali izlab topishni talab etiladigan intellektual masalalarni echishga qodir dasturiy - texnik vositalar majmuasidir.
    Boshqacha qilib aytganda, Suniy Intellekt - bu inson tafakkuriga xos, biz(inson) "o'qildano", "aqlili" deb ataydigan "xatti-harakatlarini" amalga oshirishga qodir, mantiqiy fikrlash va o'rganishlar orqali yashirin qonuniyatlarini izlab topa oladigan va qoyilgan vazifani mustaqil uddasidan chiqar oladigan qodir dasturiy - texnik vositalar majmuasidir.
    Download 18.66 Kb.




    Download 18.66 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sun'iy intelektning asosiy tushunchalari

    Download 18.66 Kb.