• Markazlashtirilgan guruh
  • Markazlashtirilgan va markazlashmagan tizimlar




    Download 0.73 Mb.
    bet9/10
    Sana21.02.2022
    Hajmi0.73 Mb.
    #17921
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    2 5215306284189880799
    Yarimo‘tkazgich asboblar yarimo‘tkazgichlar va ularning xossalar, Задание № 2, 5, Namuna, Sanoat ekologiyasi fanining qisqacha tarihi, maqsad va vazifalari., 2 5463224926230032950, Juldız. San kategoriyası 1, квадрат мат дет, SVODKALASH VA GURUHLASH, materiya, a34, 19830738-1df1-4b7c-88e9-f4ad4c78f505, Yakuniy nazorat savollari, 2a766bee-e0d1-4600-997c-bf6c9084263c
    Markazlashtirilgan va markazlashmagan tizimlar
    Ma’lumotlarni uzatish uchun monokanaldan (monochannel - bir vaqtning o‘zida bir nechta abonentlar ishlatadigan aloqa kanali, masalan, shinali va ilmoqli topologiyali tarmoqlarda) foydalanadigan local hisoblash tarmoqlari uchun mijozlarning bu kanalga murojat qilish maslasi juda dolzarb hisoblanadi. Murojat qilishning samarali bo‘lishi uchun maxsus mexanizm – murojat qilish usullari lozim.
    Markazlashtirilgan guruh
    Monokanalga samarali murajat qilishni tashkil etish uchun chastotali yoki vaqt bo‘yicha modulyatsiya bosh tamoyillari ishlatiladi. Oddiy tarmoqlarda vaqt bo‘yicha modulyatsiyalash, ya’ni monokanal bo‘yicha uzatilayotgan axborotlarni vaqt bo‘yicha ajratish tamoyili eng ko‘p qo‘llaniladi. Vaqt bo‘yicha ajratishga asoslangan murojat qilish usullarining bir nechta guruhlari mavjuddir:

    • Markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan;

    • Determinirlangan va tasodifiy;

    Markazlashtirilgan murojat qilish tarmoqni boshqarish markazidan, masalan, serverdan boshqariladi. Markazlashtirilmagan murojat qilish tarmoqning barcha ishchi stansiyalari tomonidan bajarishga qabul qilingan bayonnomalar asosida, markaz tomonidan biror bir boshqaruvchi ta’sirlarisiz ishlaydi. Determinirlangan murojat qilish monokanalning eng to‘liq ishlatilishini ta’minlaydi va har bir ishchi stansiyaga aniq bir vaqt ichida monokanalga murojat qilishga kafolat beradigan bayonnomalar bilan tasvirlab chiqiladi.
    Tasodifiy murojat qilishda stansiyalarning monokanalga murojat qilishi istalgan vaqtda bajarilishi mumkin, lekin har bir shunday murojaat qilishda ma’lumotlarni samarali uzatishini amalga oshirish imkoniyatiga kafolat yo‘qdir. Markazlashtirilgan murojaat qilishda har bir mijoz monokanalga quyidagi tartibda murojaat qilish huquqiga ega bo‘lishi mumkin:

    • Oldindan tuzilgan jadval bo‘yicha – kanal vaqtini static bo‘lib chiqish;

    • Electron komutator bilan aniqlanadigan vaqt oraliqlari (masalan, har 15 sekundda) orqali qat’iy vaqt bo‘yicha komutatsiyalash – kanal vaqtini dinamik determinirlashgan bo‘lib chiqish;

    • Tarmoq markazidan ishchi stansiyalarning, murojaat qilishning kerakligini aniqlash borasidagi so‘rovini bajarish jarayonidagi amalga oshiriladigan moslashuvchi vaqt bo‘yicha kommutatsiyasi bo‘yicha – kanal vaqtini dinamik soxta tasodifiy bo‘lib chiqish;

    • Maxsus paket – marker ko‘rinishidagi vakolatni olganda.

    Birinchi ikki usul kanalning samarali yuklanishini ta’minlamaydi, negaki murojaat qilish mumkin bo‘lganda ba’zi bir mijozlar qiymatlarni uzatishga tayyor bo‘lmasliklari mumkin va kanal ular uchun ajratilgan vaqt oralig‘ida bo‘sh turib qoladi. So‘roqlash usuli boshqarish markazi aniq ifodalangan tarmoqlarda va ba’zida ajratilgan abonentlik aloqa kanali tarmoqlarda (masalan, radial topologiyali tarmoqlarda markaziy server resurslariga murojaat qilishni ta’minlash uchun) ishlatiladi. Vakolatli uzatush usuli markaz deb ataladigan (ba’zida “estofeta tayoqchasi”) paketni ishlatadi.
    Marker - aniq bir formatli xizmat paketi bo‘lib, unga tarmoq mijozlari o‘zlarining ma’lumot paketlarini joylashtirishlari mumkin. Markerning bir ishchi stansiyasidan boshqasiga uzatish ketma-ketligi server (boshqaruvchi stansiya) tomonidan beriladi. Uzatish uchun ma’lumotga ega bo‘lgan ishchi stansiya markerning bo‘shligini taxlil qiladi. Agar marker bo‘sh bo‘lsa, stansiya unga o‘zining ma’lumotlari paketini (paketlarini) joylashtiradi, unda bandlik belgisi o‘rnatiladi va markerni ya’na tarmoq bo‘yicha uzatadi. Axborot yuborilgan stansiya (paketda albatta adresli qism bo‘ladi) uni qabul qiladi, bandlik belgisini tashlab yuboradi va markerni ya’na uzatib yuboradi.

    Download 0.73 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 0.73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Markazlashtirilgan va markazlashmagan tizimlar

    Download 0.73 Mb.