• Sun’iy intellekt – Tibbiyotda
  • Sun’iy intellekt va uning insoniyat faoliyatida tutgan o’rni oybek Xamdamovich Otaqulov Gulxayo Azamjon qizi Pulatova




    Download 0,55 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/7
    Sana18.05.2024
    Hajmi0,55 Mb.
    #242900
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    sun-iy-intellekt-va-uning-insoniyat-faoliyatida-tutgan-o-rni (1)

    ǀ
    ISSUE 8 
    ǀ
    2021 
    ISSN: 2181-1601
    Uzbekistan
     
    www.scientificprogress.uz
     
    Page 931
    qo‘yilgan. Hatto politsiya xodimlarining ba’zi vazifalarini ham maxsus robotlar 
    bajarishyapti. Olimlar ularning tashqi ko‘rinishini imkon qadar odamlarnikiga 
    o‘xshatishga urinishmoqda. 
    Bundan tashqari, sun’iy intellekt jurnalistlarning doimiy ko‘makchisiga aylanib 
    ulgurgan. Masalan, Associated Pressda “ishlayotgan” robotlar moliyaviy hisobotlarni 
    yozib boradi. Sun’iy intellekt ning qo‘llanilishi ushbu nashrda har chorakda beriladigan 
    yangiliklarni 300 tadan 4400 taga oshirdi. 
    Swiss Re sug‘urta kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilga kelib 4,7 mln 
    aholi ishsiz qolishi mumkin. Shuningdek, ishsizlik g‘aznachilar, pochta xodimlari
    hisobchilar va idora xizmatchilariga xavf solishi mumkinligi aytilgan. Sun’iy intellekt 
    ularning vazifasini bemalol bajara oladi. 
    Sun’iy intellekt – Tibbiyotda 
    Yuqoridagilardan tashqari, aksa-riyat iste’molchilarning robotlarga ishonch 
    bildirmayotganligi sun’iy intellektning ommalashishiga halal berayotgan to‘siqlardan 
    biridir. Odamlar o‘ziyurar mashina yoki samolyotlar xizmatini qabul qilishlari uchun 
    biroz vaqt kerak, albatta. Biroq, zamonaviy texnologiya-lar qurshovida o‘sib-unayotgan 
    yosh avlodda buning aksi bo‘lib, ularni bu jarayon u qadar havotirga solayotgani yo‘q. 
    Har qancha e’tiroz va tanqidlarga qaramay sun’iy intellekt rivojlanishdan 
    odamlarga yordam berishdan to‘xtamayapti. Ayniqsa, tibbiyotda uning ahamiyati tobora 
    oshib bormoqda. Endilikda robotlar nisbatan murakkab jarrohlik amaliyotlarini ham 
    uddasidan chiqishyapti. Robot-shifokorlarning tibbiyot hodimlari bilan o‘ziga xos 
    hamkorligi samaradorlikni ancha oshirdi. 
    Medtronis kompaniyasi esa IBM bilan hamkorlikda qandli diabet kasalligi bilan 
    og‘rigan bemorlar uchun maxsus dastur ishlab chiqmoqda. Mazkur dasturiy ta’minot 
    qon tarkibidagi qand miqdorining favqulodda tushib ketishini 3 soat avval aniqlash 
    imkoniyatiga ega bo‘ladi. Buning uchun shu kasallika chalingan 600 ta anonim 
    bemorlarning tibbiy ma’lumotlari o‘rganib chiqildi. Bu endi odamlar o‘z 
    salomatliklarini mobil qurilmalardagi maxsus dasturlar orqali muntazam nazorat qilib 
    borish imkoniga ega bo‘lishadi deganidir. 
    Ko‘rib turganingizdek, sun’iy intellekt ning hayotimizdagi o‘rni kundan-kunga 
    chuqurlashib bormoqda. Ular insoniyatning yutug‘imi yoki mag‘lubiyati, degan savol 
    ustidagi bahslar hali uzoq davom etadi. Eng muhimi, fantastik yozuvchi Ishoq Azimov 
    ta’biri bilan aytganda, robotlarni yaratishda odamlarga zarar yetkazmaslik shior qilib 
    olinishi kerak. 
    Sun'iy intellekt haqida 8 ta fakt 
    Sun’iy intellekt — informatikaning alohida sohasi bo‘lib, odatda inson ongi bilan 
    bog‘liq imkoniyatlar: tilni tushunish, o‘rgatish, muhokama qilish, masalani 
    yechish, tarjima va shu kabi imkoniyatlarga ega kompyuter tizimlarini yaratish bilan 
    shug‘ullanadi. 


    SCIENTIFIC PROGRESS
    VOLUME 2 

    Download 0,55 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 0,55 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sun’iy intellekt va uning insoniyat faoliyatida tutgan o’rni oybek Xamdamovich Otaqulov Gulxayo Azamjon qizi Pulatova

    Download 0,55 Mb.
    Pdf ko'rish