|
Finland, Helsinki international scientific online conferenceBog'liq Pardayev SultonmurodFinland, Helsinki international scientific online conference
"SUSTAINABILITY OF EDUCATION SOCIO-ECONOMIC SCIENCE THEORY
"
35
namoyon etuvchi bu manzara dunyoning postnoklassik manzarasi, deb nomlangan.
N.Shermuxamedovaning ta’kidlashicha: «Mazkur asr bo‘sag‘asida fanda inqilob yuz beradi,
buning natijasida u oldingi davrning klassik fanidan sezilarli darajada farq qila boshlaydi»
1
.
Darhaqiqat, dunyoning tabiiy-ilmiy manzarasida ikkinchi ilmiy inqilob jarayoni sodir
bo‘ladi, ya’ni dunyoning relyativistik va kvantmexanik manzarasi yuzaga keladi. Shu
jihatdan olib qaraganda, G.Gers tomonidan elektromagnit to‘lqinlar, Rentgen tomonidan —
X-nurlari, M.Bekkerel tomonidan — radioaktivlik hodisasi, M.Plank tomonidan — kvant
nazariyasining birinchi ta’limoti va boshqa bir qator kashfiyotlar yaratilishi bilan izohlash
mumkin. Bu kashfiyotlar natijasida dunyo tabiiy-ilmiy manzarasining tarixan almashinishi
ro‘y beradi. Agar L.Maksvellgacha fizik borliq moddiy nuqtalar ko‘rinishida tasavvur
qilingan bo‘lsa, undan keyin esa fizik borliq mexanika nuqtai nazaridan tushuntirib
bo‘lmaydigan uzluksiz maydonlardan iborat, deb qaraladigan bo‘lgan.
Dunyoning postnoklassik manzarasida rivojlanishning chiziqli va sinusoid modeli
inkor qilindi va o‘zaro muvofiqlashgan rivojlanish taraqqiyotning kafolotlashini isbotladi,
shuningdek insoniyatni saqlash va asrash yo‘lida nafaqat texnologik taraqqiyot, balki inson
tafakkuri, uning dunyoqarashi muhim rol o‘ynashiga ishonch hosil qilindi. Shuningdek,
O‘.O‘sarovning yozishicha: «XX asrda yangi davr kirib keldi, Olamning fizik manzarasi
prinsipial yangi relyatvistik va kvantmexanik manzaraga aylandi»
2
. Xususan, ushbu davr
dunyoning tabiiy-ilmiy manzarasi asosi bo‘lgan kvant mexanikaning shakllanish jarayonlari
boshlangan. Darhaqiqat, kvant mexanikasi fizika fanida mikrozarralarning muayyan tashqi
maydonlardagi harakat qonunlarini ifodalovchi bo‘limdir. Jumladan, hozirgi davrda kvant
mexanikasi qattiq jismlarning xossalarini, o‘ta o‘tkazuvchanlik va oquvchanlik kabi fizik
hodisalarni tushunishga yordam bermoqda.
Xususan, bu davrda yashab, mexanika va fizika borasida bir qancha ta’limotlarni ilgari
surgan buyuk rus olimi N.E.Jukovskiydir. U Moskvadagi oliy o‘quv yurtlarida nazariy
mexanika fani bo‘yicha o‘z ilmiy faoliyatini olib borgan. Shu bilan birga, u mexanikaning bir
necha xil geometrik yechimlarini ishlab chiqadi, xususan, u og‘irlik markazi, kinematikada
jism nuqtalarining va tekis-parallel harakatda tezlik va tezlanishni aniqlash va boshqa bir
qator masalalarning yechimini topish usullarini asoslab bergan. Uning «Havoda suzishning
nazariy asoslari» asarida havoga ko‘tarilish va suzishning bir qancha nazariy jihatdan
asoslari bayon qilingan. Yuqoridagi qarashlardan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, u
ishlab chiqqan mexanikaga doir masalalarning o‘ziga xos yechimlarining topilishi natijasida
keyinchalik insonlarning havoda ham suzish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bu esa o‘sha davr
ilmiy dunyoqarashi uchun juda katta olamshumul yangilik bo‘lganligini xulosa qilish
mumkin.
Tahlilimizcha, fransuz fizik olimlaridan biri Bekkerl bo‘lib, u uran tuzlarida
lyuminessensiya hodisasini o‘rganayotib g‘aroyib hodisaga duch kelganligini aytish
mumkin. Xususan, u uran tuzini fotoplastinka ustida tasodifan unutib qoldirib, keyinroq
1
Шермухамедова Н.A. Фалсафага кириш. – Tошкент: Ношир, 2020. – Б. 122.
2
O‘sarov O‘.T. Tabiatshunoslik asoslari. – Toshkent: Mehnat, 2004. – B. 22.
|
| |