|
Finland, Helsinki international scientific online conferenceBog'liq Pardayev SultonmurodFinland, Helsinki international scientific online conference
"SUSTAINABILITY OF EDUCATION SOCIO-ECONOMIC SCIENCE THEORY
"
37
birligini ko‘rsatadi»
4
. Bizning fikrimizcha, ushbu yondashuvga ilmiy nuqtai nazardan
qo‘shilish mumkin. Chunki hozirgi fan olimlarining aniqlashicha yorug‘lik hodisalari
to‘lqinli va korpuskulyar tabiatga ega ekanligi, qolaversa, har ikkisi ham bir birlikni o‘zidan
jamlashini ta’kidlashmoqda.
Xususan o‘z navbatida, ingliz olimi Rezerfordni ham yadro fizikasini yaratuvchilardan
biri sifatida e’tirof etish mumkin. Jumladan, u ingliz olimi F.Soddi bilan birgalikda bir
elementni boshqa bir elementga aylanish jarayonini asoslab bergan. Shu jihatdan olib
qaraganda, uning radiaktivlikka doir alfa va betta nurlar kabi tushunchalarni kiritishi fan
olami uchun muhim kashfiyot edi. Yuqoridagi fikrga tayanib, uning tomonidan atomlarning
radiaktiv yemirilish (radiaktivlik) nazariyasini isbotlab berganligini e’tirof qilish zarur.
Bu davrda Rezerfordning yadro (planetar) modelini to‘ldirgan olim daniyalik fizik
Nils Bor bo‘lib, u atomlarda statsionar orbitalar mavjudligini tahlil qilganligini e’tirof etish
lozim. Jumladan, u elektronlar harakati vaqtida energiya tarqatmasligini tushuntiradigan
atomning kvant modelini ishlab chiqqan. N.A.Shermuxamedova fikricha: «Bu Rezerford-
Bor modeli nomini olib, atomning oxirgi modeli hisoblanadi»
5
.
Shu jumladan, Nils Bor quyidagi postulatlarni e’lon qilgan. Ular kuyidagicha:
1. Atom sistemasiga muayyan E energiya mos kelganida mazkur tizim kvant
harakatida bo‘ladi.
2. Atom bir statsionar holatdan ikkinchisiga o‘tganda elektromagnit kvant energiya
chiqaradi yoki yutadi.
Shunday qilib, yuqoridagi qoidalarga asoslanib, ya’ni atomlarning harakati
o‘zgarmasligini tushuntirib beradi. Shu ma’noda olib qarasak, u ilgari surgan postulatlarni
elektronlari bitta bo‘lgan atomlarga mos kelishi va aksincha elektronlari ko‘p bo‘lgan
atomlarga mos kelmasligini aytish mumkin. G.Axmedova, O.B.Mamatqulov, I.Xolbayev
kabi olimlar yozishicha: «Nils Bor nazariyasi yarim klassik va yarim kvant nazariya edi»
6
.
Bizning fikrimizcha, u ishlab chiqqan kvant postulatlari XX asrda yuzaga kelgan nazariy
fizikaga fundamental asos bo‘lib xizmat qilganligini e’tirof etsak bo‘ladi. Darhaqiqat, u
ishlab chiqqan nazariya dunyoning tabiiy-ilmiy manzarasida haqiqiy revolyutsiya bo‘lgan
deyish mumkin. Shunga ko‘ra u mikrodunyo va makrodunyo qonunlari bir-biriga
o‘xshamasligini va ularni o‘ziga xos qonunlari mavjudligini asoslab beradi. U deyarli 50 yil
davomida kvant nazariyasining taniqli vakili bo‘lib ilmiy faoliyatini olib borishini aytib
o‘tsak yuqoridagi tahlillarni yanada to‘ldirgan bo‘lamiz.
|
| |