|
Finland, Helsinki international scientific online conferenceBog'liq Pardayev SultonmurodFinland, Helsinki international scientific online conference
"SUSTAINABILITY OF EDUCATION SOCIO-ECONOMIC SCIENCE THEORY
"
36
kelib ko‘rganda plastinkaga tuzning surati o‘tib qolganini ko‘radi. Bekkerl bunday tuzlar
qog‘ozdan, yupqa metaldan oson o‘tuvchi, havoni ionlashtiruvchi nomalum nur chiqaradi,
degan xulosaga keladi. Shu jihatdan olib qaraganda, N.A.Shermuxamedova fikricha:
«Bekkerl nurlari kabi nur taratuvchi elementlarni izlab Per Kyuri (1859-1906) va Mariya
Skoldovskaya Kyuri (1867-1934) radiaktivlik hodisalar - poloniy va radiyni kashf qildi»
3
.
Shu ma’noda aytish kerakki, ularning radioaktiv elementning nurlanishi natijasida boshqa
element atomiga o‘tishini ilmiy jihatdan isbotlab berishi e’tirofga loyiqdir. Qolaversa, bu
davrda mikrozarrachalarning to‘lqinli va atom xususiyatga ega tabiati mavjudligi
dunyoning tabiiy-ilmiy manzarasida yangicha qarashlarning shakllanishiga olib keldi.
Asrlar davomida Demokritning atomlar bo‘linmas zarra deb, hukmronlik qilib kelgan
g‘oyasini J.Tomson o‘zining noyob kashfiyoti bilan inkor qiladi. Shuningdek, u katod
nurlarining xossalarini tekshirish natijasida ushbu manfiy zaryadlangan zarrani elektronlar
oqimidan iborat ekanligini aniqlaydi. Zero, bizning fikrimizcha, u tomonidan bu davrda
atomning bir qismi ya’ni elektronni va atomning ilk modelini isbotlab berilishi dunyoning
tabiiy-ilmiy manzarasida o‘ziga xos inqilob bo‘lgan, deyish mumkin. Ayniqsa, elektronni
manfiy zaryadga ega ekanligini aniqlashi esa mikrozarralar dunyosini o‘rganishda
dastlabki qadamlardan biri desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.
Shuningdek, mikrozarralar dunyosini tadbiq qilgan nemis fizik olimlaridan yana biri
M.Plank bo‘lib, u elektromagnit nurlanish energiyasini juda kichik bo‘laklar kvantlar
berishini ko‘rib chiqishga alohida e’tibor qaratadi. Xususan, olim yorug‘likning foton deb
ataluvchi zarralar oqimidan iborat ekanligini kuzatadi. Shu ma’noda aytish mumkinki, u
tomonidan elektromagnit energiyaning nurlanishi diskret xarakterda bo‘lishini aniqlab
berishi, dunyoning tabiiy-ilmiy manzarasi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai
nazarda olib qaraganda, u o‘zining ilmiy ishlarida mikrodunyoning birinchi postulati
sifatida fizik kattaliklarning kvantlanishi prinsipini isbotlab beradi.
Shuningdek, M.Plank nurlanishning modda bilan o‘zaro ta’siri haqidagi klassik fizika
qarashlariga qarshi bo‘lgan gipotezani ilgari surgan. Unga ko‘ra, chastotasi «c» bo‘lgan
yorug‘lik to‘lqini bilan ta’sirlashadigan moddaning atomi energiyaning istalgan porsiyasini
chiqarmaydi va yutmaydi, aksincha energiyaning butun sondagi elementar porsiyalarini
chiqaradi yoki o‘ziga yutishini tahlil qiladi. Modomiki shunday ekan, bu bilan u atom
o‘zidan chiqaradigan yoki o‘ziga yutadigan energiya kvantlanishini tan oladi. Darhaqiqat,
shu o‘rinda aytish mumkinki, kvantlash g‘oyasining keyingi rivoji Eynshteyn tomonidan
o‘ziga xos ko‘rinishda rivojlantrilgan. Shuningdek, uning gipotezasiga binoan yorug‘ikni
to‘lqin ko‘rinishida emas, aksincha har birining energiyasi kvantlar (fotonlar) oqimi
ko‘rinishida tasavvur qilinadi. Ayni paytda ushbu gipoteza mikrozarralar dunyosining
korpuskulyar-to‘lqin dualizmi to‘g‘risidagi ikkinchi asosiy prinsip, deb aytish mumkin.
G.Axmedova, O.B.Mamatqulov, I.Xolbayev kabi fizik olimlar fikricha: «Bundan esa Plank
doimiyligi kvantlash prinsipi va korpuskulyar-to‘lqin dualizmi bilan bog‘liq ekanligi
ko‘rinadi. Bunday fakt mikrodunyo fizikasida ikki fundamental prinsiplarning ichki
3
Shermuxamedova N.A. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi. – Toshkent: Innovatsiya-Ziyo, 2021. – B. 46.
|
| |