• Ma’muriy hududiy
  • Regional-iqtisodiy
  • Landshaft geografik yondashuv
  • Huquqiy. Mazkur ishda asosan ma’muriy huquqiy jihatlarga ko‘proq e’tibor beriladi; Ekologik




    Download 25.05 Kb.
    bet2/3
    Sana24.01.2024
    Hajmi25.05 Kb.
    #144244
    1   2   3
    Bog'liq
    Suv resurslari cheklangani ulardan oqilona foydalanishni taqozo etadi
    Mehnat tarbiyasi reja Mehnat tarbiyasi tarbiyaning muhim turi, Vatanimiz xalqlarining Eron ahmoniylariga qarshi ozodlik kurashi, 5140600-Geografiya, IKKI KARRALI INTEGRALNING MAPLE DASTURI YORDAMIDA BA’ZI BIR TATBIQLARI, Copy-of-Untitled, 1684411129, 1684735644, 11-sinf Kimyo konpekt, kimyoviy boglanish (2), 1 Chem-Technology, 0 Begin, 5 XTC, 18695 (2), zahiriddin-muhammad-bobur-hayoti-va-ijodi
    Huquqiy. Mazkur ishda asosan ma’muriy huquqiy jihatlarga ko‘proq e’tibor beriladi;
    Ekologik. Suv (asosan suv) resurslarining meyorida bo‘lmasligi (yetmasligi yoki ortiqchaligi) tabiiy sharoitga salbiy ta’sir ko‘rsatadi;
    Komplekslik (tabiiy va iqtisodiy xususiyatlarning umumlashuvi). Bu yerda tabiiy komponentlarning yaxlit bir tizim ekanligini inobatga olish lozim;
    Sug‘oriladigan yerlar ahamiyatini oshirish (qishloq xo‘jaligiga ustuvor ahamiyat berish);
    Suvdan foydalanishdagi mintaqaviy farqlar.
    Ushbu jarayon esa turli yondashuvlarda amalga oshiriladi.
    Ma’muriy hududiy. Mazkur yondashuvning afzallik tomoni shundan iboratki, hududiy tashkil etish davlat rejasiga muvofiq keladi. Bundan tashqari ma’lumotlar olishda, qilinadigan ishlarning amaliy ahamiyatini oshirishda juda qulay hisoblanadi. Bajarilayotgan tadqiqotning ishining obyektida ushbu yondashuvga ustuvor ahamiyat berilgan. Biroq bunda tabiiy sharoitning, tabiiy chegaralarning roli kamayadi, ularga kamroq urg‘u beriladi.
    Regional-iqtisodiy. Bu yondashuv nisbatan ancha samarali bo‘lib, iqtisodiy rayonlar chegarasi bularga mos keladi. Mazkur ishda asosan bir viloyat hududi asosiy sifatida qaraladi.
    Havzali. Suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish, aholi joylari, sug‘oriladigan ekin maydonlarini hududiy tashkil etish masalasi ustuvor bo‘lgan izlanishlarda bu juda zarurdir [65]. Ushbu yondashuv ham tadqiqotning asosiy tamoyili hisoblanadi. Suv resurslaridan foydalanishda undan foydalaniladi.
    Landshaft geografik yondashuv. Bunda tabiiy sharoit va resurslari, o‘ziga xos ma’lum qonuniyatlarga bo‘ysunuvchi, bir butun tabiiy chegaralari bo‘lgan region bilan ish ko‘riladi. Ishda iqtisodiy geografik jarayonlarga ko‘proq ahamiyat berilganligi sababli agrolandshaftlarga qisman e’tibor qaratiladi.
    Suv resurslaridan oqilona foydalanishni tadqiq etishda iqtisodiy geografiyada bir necha usullar (metodlar)dan foydalaniladi.
    Tarixiy (retrospektiv usulda suv resurslarining avvalgi va hozirgi holatini tahlil qilish va baholash yaxshi natijalar beradi. Bunda ulardan foydalanish jarayoni ma’lum bosqichlarga bo‘linadi. Eng muhimi, har qaysi bosqich – tarixiy davr yangi yerlarni o‘zlashtirish ko‘lami, maqsadi, irrigatsiya infratuzilmasini barpo etish kabilar bilan boshqa bosqichlaridan farq qiladi. Masalan, mustaqillikdan oldin va undan keyingi davrlarda suv resurslaridan foydalanish tizimi va boshqaruvi bir-biridan farq qiladi [88].
    Shu bilan birga, mazkur dissertatsiya tadqiqot obyektiga kiruvchi Xorazm viloyati respublikada va unga tutash bo‘lgan mintaqalarda (mamlakatlarda) amalga oshirilgan ishlar bilan taqqoslanadi va bu geografik taqqoslash usulining mohiyatini anglatadi[88; 52 b.].
    Suv resurslaridan qishloq xo‘jaligida foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xaritalashtirish va ularni tahlil qilish orqali ham o‘rganilayotgan obyektga yetarlicha daliliy ko‘rgazmali ta’rif berish mumkin. Ularning yordamida mavjud qishloq xo‘jaligi haqidagi ma’lumotlarni qat’iy hududiy kesmada xaritaga qayd etish orqali to‘plash va yaxlit tizimga solinadi, bu esa, o‘z navbatida, qishloq xo‘jaligi haqidagi har qanday tavsifni, hududning mos qismidagi tabiiy sharoit bilan solishtirish, qishloq xo‘jaligi ta’rifini tabiiy muhit turlariga qiyoslash imkonini yaratadi. Qishloq xo‘jaligini intensiv rivojlantirish maqsadida suv resurslaridan samarali foydalanishga mo‘ljallangan yirik masshtabli turkum xaritalarni tuzishda asosiy e’tibor ushbu sohaning o‘zigi xos mintaqaviy xususiyatlariga qaratilish lozim.
    Suv resurslarining iqtisodiy ko‘rsatkichlarini aniqlashda statistik tahlil, matematik usullarining ham ahamiyati katta. Bunda hududning suv resurslaridan foydalanish samaradorligi ma’lum bir ko‘rsatkichlarda hisoblanadi.
    Buni aniqlash natijasida suvdan foydalanish darajasi belgilanadi. Bu ko‘rsatkichni aniqlashda ekinlarga suv berish meyoriga alohida e’tibor berish maqsadga muvofiqdir. Chunki unga rioya qilinsa, albatta, suvdan foydalanish darajasi yuqori bo‘ladi. Demak, uning darajasi, ya’ni koeffitsiyenti 1 dan yoki 100 foizdan yuqori bo‘lmasligi lozim. Agarda yuqori bo‘lsa, unda ekin maydonlari sifatli sug‘orilgan bo‘lmaydi.
    Sug‘oriladigan yerlarning haydaladigan va qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlarning tarkibidagi ulushini aniqlash yordamida sun’iy sug‘orma (mashina nasoslaryordamida) dehqonchilik qilinadigan rayonlarda yerdan foydalanish ko‘rsatkichlari tahlil qilinadi, chunki mintaqa boshqa hududlardan sun’iy sug‘orma dehqonchilikda sarf-xarajatlar miqdori elektr energiyani iste’mol qilish evaziga ko‘p bo‘lishi bilan farqlanadi.Bu esa o‘z-o‘zidan intensiv sug‘orma dehqonchilik tizimini takomillashtirish va suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalarini dolzarb qilib qo‘yadi. Sababi, suv resurslarining holatini hisobga olmasdan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish salbiy oqibatlarga olib keladi. Masalan, sug‘orishni noto‘g‘ri tashkil etilishi bilan tuproq sifatining o‘zgarib ketishi oqibatida hosildorlik pasayadi.
    Suv resurslari bilan ta’minlanganlik darajasini haqiqatda amalda sarflangan suv miqdorini meyor asosida berilishi kerak bo‘lgan suv miqdoriga nisbati orqali aniqlash maqsadga muvofiqdir. U quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
    DWS= ; bu yerda: [14; 41 b.]
    DWS(degree of water supply) – suv bilan ta’minlanganlik darajasi, foizda;
    CWP (consumed water in practice) – amalda sarflangan suv miqdori, m3;
    WCN (water consume in normally) – meyor asosida sarflanishi kerak bo‘lgan suv miqdori, m3.
    Sug‘oriladigan hududlarni suv resurslari bilan ta’minlanganlik darajasini aniqlash asosida meyordagi suvdan foydalanish va shu suv birligida yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hosildorligini bilish mumkin. Buni aniqlash natijasida suvdan foydalanish darajasi belgilanadi. Mazkur ko‘rsatkichni topishda ekinlarga suv berish meyoriga alohida e’tibor berish talab etiladi. Chunki belgilangan meyorga rioya qilinsa, albatta, suvdan foydalanish darajasi yuqori bo‘ladi.
    Bundan tashqari suv resurslaridan foydalanish samaradorligi indekslarda hisoblab chiqilgandan so‘ng, yangilik sifatida,ularning xususiy (alohida) va integral (birgalikda) darajalari brutto va netto ko‘rsatkichlarda hisoblash tartibi ishlab chiqilgan. Bunda mazkur formulalardan foydalanildi.
    brutto ko‘rsatkich uchun (Ieul+Ieuw)/2,
    netto ko‘rsatkich uchun ((Ieul*Ieuw).
    Albatta, har qanday geografik tadqiqotning o‘ziga xos jihati unda rayonlashtirish usulidan foydalanish hisoblanadi. Xususan, qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan foydalanish jihatlarini hisobga olgan holda hududlarni iqtisodiy rayonlashtirish amaliy ahamiyatga ega. Bunday rayonlashtirishning eng qadimiy yo‘nalishi qishloq xo‘jaligi joylashtirishi bilan bog‘liq. Chunki, qishloq xo‘jaligining hududiy tashkil etish xususiyatlari, ya’ni uning arealsimonligi (maydonsimonligi) makroiqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga ko‘ra yaqqol ko‘zga tashlanadi. Shu bois, mintaqaviy iqtisodiyot, iqtisodiy geografiya tarixi ko‘p jihatdan qishloq xo‘jaligini rayonlashtirish va joylashtirish tarixi bilan bog‘liq [77; 56 b.].
    Respublikamizda, jumladan, Xorazm viloyatida suv resurslaridan foydalanish oxirgi 50 yildan ko‘proq muddat davomida rejali, ma’lum maqsadni ko‘zlab tashkil etildi, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini joylanishi va ixtisoslashuviga hududga xos bo‘lgan jarayonlar emas, balki davlatning agrar sohadagi siyosati ko‘proq ta’sir qildi. Bu jihatxususida A.N.Rakitnikov sobiq Ittifoq sharoitida qishloq xo‘jaligining rivojlanishi va hududiy tashkil etilishida iqtisodiy geografiya uchun fundamental ahamiyatga ega bo‘lgan rayonlashtirish masalalariga alohida urg‘u bergan [78; 244 b.]. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, O‘zbekistonda ham bu boradagi ilmiy ishlar dastavval aynan ana shu tarmoqni joylashtirish va rayonlashtirish bilan boshlangan (V.M.Chetirkin, K.N.Bedrinsev, N.G.Sapenko, Z.M.Akramov, K.I.Lapkin, Q.N.Abirqulov, R.A.Hodiyev va boshqalar).
    Aholining yashash sharoiti va turmush tarzi, unga turli xil xizmat ko‘rsatishning real holati, sotsial va ekologik muammolarni tadqiq etish hamda haqqoniy baholashda anketa, sotsiologik tadqiqot usulining ahamiyati beqiyosdir. Buning uchun avval ishning maqsad va vazifalari aniq belgilanadi va so‘ngra puxta o‘ylangan savol varaqasi yoki savolnoma tuziladi. Savollar turkumi o‘ta qisqa yoki juda murakkab ham bo‘lmasligi, ularga javob beruvchilar (respondentlar) uchun tushunarli bo‘lmog‘i kerak. Ayni paytda respondentlarning berilgan savollarga munosabati mumkin qadar oson, lo‘nda va aniq bo‘lishi anketalarni qayta ishlashda qo‘l keladi. Tabiiyki, qo‘yilgan muammoni o‘rganishda barchani (agar tadqiq etilayotgan obyektning ko‘lami keng bo‘lsa) so‘rash va javob varaqasini to‘ldirish imkoniyati yo‘q. Binobarin, aholining ma’lum qismi: ikkidan biri, uchdan biri, to‘rtdan biri, beshdan biri, o‘ndan biri va nihoyat yigirmatadan biri so‘ralishi kifoya.Ammo, so‘ralganlarning miqdor ulushi, ularning javoblari tadqiqetilayotgan hodisaning umumiy va “o‘rtacha” holatini to‘g‘ri baholashga muvofiq bo‘lishi shart [88; 57 b.].
    Hodisa va voqeliklarni prognoz etishda nisbatan oson va oddiyroq bo‘lgan ekstrapolyatsiya usuli ishlatiladi. Bu usulda kelajak, istiqbol (“perspektiva”) o‘tmish (retrospektiva) va hozirgi vaziyatdan kelib chiqadi. Shu mazmunda u genetik, tarixiy usul deb ham yuritiladi. Ekstrapolyatsiya metodida kelajakda ham yaqin o‘tmishdagi holat, jarayon saqlanib qolinishi faraz qilinadi. Bunda kelajak, ya’ni bashorat (prognoz) muddatining o‘tmish davriga imkoni boricha mos kelishi maqsadga muvofiqdir. O‘tmish va istiqbolning davriy ko‘rsatkichlari esa tadqiq etilayotgan hodisaning mohiyatidan, uning qayta tiklanish siklidan kelib chiqadi [88; 58 b.].
    Mazkur tadqiqot ishida nazariy asos sifatida umumiy geografik, iqtisodiy geografik va BMT tomonidan qabul qilingan “barqaror rivojlanish konsepsiyasi” tabiiy resurslar, xususan suv resurslarini, shakllanishi, rivojlanishi va undan iqtisodiyotda, xalq xo‘jaligida foydalanish jarayonlari kompleks holda o‘rganiladi. Ulardan foydalanish qonuniyatlari va unga ta’sir etuvchi omillar birgalikda tadqiq qilinib, bu borada ba’zi ilmiy tavsiyalar, takliflar beriladi. Zero suv resurslari insoniyat turmushining, tirikchiligining birlamchi manbaidir va uni ilmiy o‘rganish, tahlil qilish bugungi iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarning bosh maqsadlaridan biri hisoblanadi.

    Download 25.05 Kb.
    1   2   3




    Download 25.05 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Huquqiy. Mazkur ishda asosan ma’muriy huquqiy jihatlarga ko‘proq e’tibor beriladi; Ekologik

    Download 25.05 Kb.