• Aktinoidlar
  • Lantanoidlar
  • Suv resurslaridan foydalanishda sodir bo’layotgan asosiy muammolar. Ekologik omillar




    Download 482,49 Kb.
    Sana02.12.2023
    Hajmi482,49 Kb.
    #109578
    Bog'liq
    Aktinoidlar Almamatova Malika

    Aktinoidlarning umumiy xarakteristikasi , olinishi , birikmalari ,fizik-kimyoviy xossalari , ishlatilishi .

    Tayyorladi: Almamatova Malikaxon

    Reja

    • 1. Aktinoidlar haqida ma’lumot
    • 2.Aktinoidlarning elektron konfiguratsiyalari va oksidlovchilik xossalari
    • 3.Aktinoidlar va lantanoidlarning kimyoviy aktivlik farq
    • 4.Xulosa

    Aktinoidlar


    Aktinoidlar, — Mendeleyev davriy sistemasining III guruhi 7davrida aktiniydan keyin turadigan 14 ta elementning umumiy nomi. Ularning tartib raqami 90 dan 103 gacha: toriy Th (№ 90), protaktiniy Ra (№ 91), uran U (№ 92), neptuniy Np (Nb 93), plutoniy Pu (№ 94), ameritsiy Am (№ 95), kyuriy Cm (№ 96), berkeliy Bk (№ 97), kali-forniy Cf (№ 98), eynshteyniy Es (№ 99), fermiy Fm (№ 100), mendeleeviy Md (Nb 101), nobeliy No (№ 102), lou-rensiy Lr (№ 103). Bu elementlarning aksarisida sirtqi 1-va 2-qavatlaridagi elektronlar soni bir xil boʻlib, sirtdan hisoblanganda 3-qavatlarida elek-tronlar soni bir xil emas, aktiniydan lourensiyga oʻtgan sari elektronlar soni ortib borib, 32 taga yetadi; atom va ion radiuslari kichiklashadi; ularning barchasi radioaktiv; uran izotoplari — uran-235 (U 235) va uran-233 (U 233) hamda plutoniy-239 (Pu 239) yadro reak-torlarida yoqilgʻi va atom bombalarida 277portlovchi moddalar sifatida ishlatiladi. A. oqish-kumush rangli metallar. Koʻpchilik A.ning s.of. 20 g/sm3 ga yaqin. Neptuniy va plutoniyning erish temperaturasi 640° atrofida, boshqalarining erish temperaturalari 1000° dan yuqori.
    Ular ham III gruppa a’zosi lantanga o‘xshash f-elementlardir. Aktinoidlarning barchasida turg’un izotoplar yo‘q, ulardan faqat uchtasi – toriy, protaktiniy va uran tabiatda mavjud, qolganlari esa sun’iy usulda olingan.
    Yuqorida keltirilgan jadvalda birinchi aktinoid toriyda sf-orbitalda 5f– qobiqchada elektron yo’q, lekin 6d-pog’onachada esa ikkita elektron joylashgan. Buning sababini quyidagi grafikdan aniqlash mumkin. Urandan keyin joylashgan elementlarda 5f-pog’onacha bittadan elektron bilan to’lib boradi. Kyuriy elementida f-pog’onacha yarim to’lgan haloti lantanoidlardagi gadoliniyga o’xshash konfiguratsiyaga – energetik mustahkam vaziyatga o’tadi.
    Davriy sistemadagi barcha elementlarning valent pog’onachalarining tuzilishi oʻziga xos xususiyatga ega, ularni quyidagicha gruppalashtirish mumkin:
    valent pog’onasining faqat s– orbitallari qatnashadigan I davrdagi vodorod va geliydan tashkil topgan 2 ta elementdan iborat oila;
    valent pog’onachasining faqat s– va p– orbitallari qatnashishi mumkin boʻlgan 8 ta elementdan tashkil topgan 2- va 3- kichik davr elementlaridan iborat bo’lgan elementlar;
    valent elektronlari vazifasini bajarishda s-, p– va d– elektron qobiqchalari qatnashadigan 4- va 5- davrlardagi har biri 18 ta elementlardan tashkil topgan katta davr elementlari;
    6- va oxirgi tugallanmagan 7- davr elementlarining tarkibida 14 tadan 4f– va 5f– elektron orbitallarga ega bo’lgan f-elementlar oilasi lantanoidlar va aktinoidlar tutgan elementlarning 6-davrida 32 ta element bo’ladi.

    Lantanoidlar

    Bu elementlar turkumiga berilgan nom valent qobiqning tashqaridan uchinchi qobiqchasida to’planib borishi ularning xossalari III gruppadagi lantan elementinikiga o’xshash bo’lishi kerak degan fikrni yuzaga keltirib chiqaradi. Bu elementlarning elektron konfiguratsiyasi, ularga xos bo’lgan valentliklari va ular uchun tipik bo’lgan oksidlanish darajasi +3 boʻlgan ionlari radiusi quyidagi jadvalda keltirilgan.


    Bu elementlarning NEM qiymatlari bir xil-1,1 ga teng. Erkin holdagi lantanoidlar tipik metallar xossasiga ega, ular havoda tez xiralashib, ko’pincha Me2O3 tarkibli oksid parda (faqat seriy CeO2 ni) hosil qiladi. Ular havo tarkibidagi CO2 ni yutib, tegishli karbonatlarni hosil qiladi. Havo namini yutib gidroksidlarga aylanadi. Me(OH)3 lar amfoter xususiyatga ega emas, mo’l miqdordagi ishqorlarda erimaydi. Ulardagi metallning tartib raqami ortib borishi qatorida ion radiusi kamayib borishi tufayli gidroksidning asoslik kuchi kamayib boradi va shu tartibda ularning eruvchanligi ham kamayib boradi. Gidratlangan ionlar gidroliz reaksiyasida qatnashadi:
    E(H2O)6+3 ⇄ [E(H₂O)5OH]²+ + H+
    Aktinidlarning tashqi pog’onachasidagi elektronlar yadroga tashqi elektronlarga qaraganda kuchsizroq tortiladi. Bu vaziyat aktinoidlar va lantanoidlar orasidagi kimyoviy aktivlik farqini tushuntira oladi. Toriyning 5f-orbitalida joylashishi kerak bo’lgan toq elektron turg’unligi yuqoriroq bo’lgan 6d-orbitalga o’tadi. Lekin bu holatlar farqi katta bo’lmasligi sababli ular orasida elektronlar ,,sakrashiga” olib kelishi U,Np, Pu va Am da valent holatlar ko’p bo’lishini tushuntiradi.
    Aktinidlarning tashqi pog’onachasidagi elektronlar yadroga tashqi elektronlarga qaraganda kuchsizroq tortiladi. Bu vaziyat aktinoidlar va lantanoidlar orasidagi kimyoviy aktivlik farqini tushuntira oladi. Toriyning 5f-orbitalida joylashishi kerak bo’lgan toq elektron turg’unligi yuqoriroq bo’lgan 6d-orbitalga o’tadi. Lekin bu holatlar farqi katta bo’lmasligi sababli ular orasida elektronlar ,,sakrashiga” olib kelishi U,Np, Pu va Am da valent holatlar ko’p bo’lishini tushuntiradi.
    Kyuriydan keyingi elementlarda 5f-pog’onachaning turg’unligi kuchaya- boradi.Kimyoviy jihatdan aktinoidlar lantanoidlarga qaraganda aktivroq. Ular galogenlar, vodorod, oltingugurt, azot, fosfor, uglerodlar bilan reaksiya kirishadi.
    Download 482,49 Kb.




    Download 482,49 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Suv resurslaridan foydalanishda sodir bo’layotgan asosiy muammolar. Ekologik omillar

    Download 482,49 Kb.