• XULOSA
  • BLOK – SXEMA TUZISHDA UMUMIY QOIDALAR




    Download 0.64 Mb.
    bet10/11
    Sana17.04.2023
    Hajmi0.64 Mb.
    #52053
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    5-sinf informatika va AT darsligining Dasturlash texnologiyasi” bobi bo‘yicha kompyuterli animatsiyalarni yaratish metodikasi Rustamova Dilafruz Buriqul qizi

    2.3. BLOK – SXEMA TUZISHDA UMUMIY QOIDALAR.


    1. Barcha geometrik shakllar ko’rsatgich (strelka) bilan tutashtirilishi zarur.
    2. Blok – sxemalarda geometrik shakllarning yuqori tomonida faqat bitta
    informatsiya kirish nuqtasi bo’lishi va oxirgi qaror qabul qilinadigan
    geometrik shakldan tashqari barcha shakllarning past qismida informatsiya
    chiqish nuqtasiga ega bo’lishi zarur.
    3. Qaror qabul qiladigan geometrik shaklda odatda ikkita chiqish bo’lishi
    mumkin, ular esa shaklning biror yon tomoni va past qismida bo’lishi
    mumkin.
    4. Umumiy holda blok – sxemada informatsiya oqimi yuqoridan pastga
    yo’nalgan. Ba’zi hollarda pastdan yuqoriga yo’nalgan holatlar ham mavjud.
    5. Birlashtiruvchilar uzulgan bloklarni bir – biriga ulash uchun ishlatiladi.
    Masalan:
     Birinchi betdan keyingi betga o’tish;
     Varoq pastidan shu varoqning yuqorigi qismiga o’tish uchun;
     Informatsiya yuqoriga yonalgan holda 3 tadan ortiq blokni birlashtirish
    uchun.
    6. Sub programma va programmani bo’lish o’zining alohida blok –
    sxemasiga ega bo’ladi.
    7. Barcha blok – sxemalar terminaldan yoki programmani to’xtatish
    belgilaridan boshlanadi.
    8. Barcha blok – sxemalar terminalda yoki sikl bloklarida to’xtatiladi.

    XULOSA


    Zamonaviy ta‘lim tizimining asosini sifatli va yuqori texnologiyali muhit tashkil etadi. Uning yaratilishi va rivojlanishi texnik jihatdan murakkab, shu bilan bir qatorda bunday muhit ta‘lim tizimini takomillashtirishga, ta‘lim jarayoniga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga xizmat qiladi. Ta‘lim jarayonida multimedia texnologiyalaridan foydalanish mashg’ulotlarni interfaol rejimda olib borishga imkon beradi. Bugungi kunda multimedia texnologiyalari inson faoliyatida, ya‘ni biznes, ta‘lim, tibbiyot, xarbiy va boshqa sohalarda keng qo’llanilib kelinmoqda. Bu faoliyat yo’nalishlarida multimedia mahsulotlarini yaratish uchun keng ko’lamdagi dasturiy vositalar mavjud.
    Internet texnologiyalari qo’llanilayotgan sohalarni bugun har yerda, har qadamda uchratish mumkin. Elektron magazin, elektron kassa, elektron ma‘lumotnomalar, elektron e‘lonlar doskasi va hokazolar kundalik turmushimizga kirib keldi. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda o’quvchi-yoshlarni internet tizimida faol ishlashga o’rgatish, ularda o’z faoliyat sohasida internet manbalaridan foydalana olish ko’nikma va malakalarini hosil qilish bugungi kunning dolzarb masalasidir. Informatika va uni o’qitish metodikasi bo’yicha nazariy va amaliy darslarni tashkil qilish jarayonida o’quv muassasalari uchun yaratilgan saytlar, portallar, ta‘lim muassasalarining elektron kutubxonalari resurslaridan foydalanish o’rganilayotgan mavzuning yana keng qamrovli tushinib olishiga bilim ko’nikma va malakalarning mustahkamlanishiga olib keladi.
    Bunday sayt va portallardan darslarda foydalanish uchun ishlarni quyidagi bosqichlarda tashkil qilish tavsiya etiladi:
    1. Ta‘lim muassasasi uchun yaratilgan saytlarning umumiy tuzilishi, ma‘lumotlarning ierarxik xaritasi bilan avvaldan tanish bo’lish.
    2. Talabalarga internet tizimida ―harakatlanish‖ning oddiy qoidalarini tushuntirish, internetga bog’lanish usullari xaqidagi amaliy bilim va ko’nikmalarni shakllantirish.
    3. Informatika nazariy va amaliy darslarini o’tish jarayonida multimediya texnologiyalari (proektorlar)dan foydalanilgan holda ta‘lim muassasalari uchun yaratilgan saytlarni o’quvchilar o’rtasida muhokamasini tashkil qilish.
    4. Topshiriqlar va uy vazifalari berishda ta‘lim muassasalari uchun yaratilgan saytlardan foydalanish bo’yicha alohida topshiriq va ko’rsatmalarni ishlab chiqish hamda nazariy va amaliy darslarda keng foydalanish.
    Xulosa o’rnida shuni aytish mumkin, ta‘lim muassasalari uchun yaratilgan saytlardan foydalanish darslarning mazmunli tashkil etilishi va talabalarda o’zlashtirish ko’rsatkichlarini oshirish hamda mustahkam bilim olishlariga yordam beradi.
    Demak biz xulosa qilishimiz mumkinki, masala – bu qandaydir biror
    maqsadga erishishdagi to’siq bo’lib, uning yechimi esa maqsadga erishishda
    shu to’siqni olib tashlash uchun bajariladigan amallar ketma – ketligidan iborat.
    Yana shuni ham ta’kidlash lozimki, tabiatdagi yoki borliqdagi barcha
    masalalarning yechimini topish mumkin emas. Bunday yechimi yoq masalalarni
    esa “ochiq masalalar” deb ataladi.
    Bizning maqsadimiz esa ushbu masalalarnining muhim
    jihatlarini yana bir bor esga olish hamda injenerlik masalalarida qanday tadbiq
    qilish masalalariga e’tibor berishdan iborat.
    Kurs ishini tayyorlashda zamonaviy injenerlik
    masalalari haqida ma’lumotlar va texnikaning hozirgi zamon holatidan
    foydalanishga harakat qildi va unda keltirilgan ma’lumotlar xalq xo‘jaligida
    keng qo‘llanilayotgan texnik vositalar, algoritmlar va programma vositalarini
    aks ettiradi.
    Unda keltirilgan amaliy misollar nazariy bilimlarning mazmun-mohiyatini
    yanada chuqurroq tushunishga hamda mustahkamlashga imkon beradi.
    Demak ilm-fan shiddat bilan rivojlanib borayotgan ayni damda virtual ta‘lim tizimi ham keng miqyosda bizning hayotimizda o’z o’rnini topdi. Zamon bilan hamnafas bo’lgan holda jamiyat rivojiga biz ham o’z hissamizni qo’shar ekanmiz, yurtboshimiz biz yoshlarga ko’rsatgan ishonchini oz bo’lsada oqlagan bo’lamiz.


    Download 0.64 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 0.64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    BLOK – SXEMA TUZISHDA UMUMIY QOIDALAR

    Download 0.64 Mb.