• 2.2. Algoritmlarni blok – sxemalar yordamida ifodalash.
  • II BOB. INJENERLIK MASALALARIDA ALGORITMLAR




    Download 0.64 Mb.
    bet9/11
    Sana17.04.2023
    Hajmi0.64 Mb.
    #52053
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    5-sinf informatika va AT darsligining Dasturlash texnologiyasi” bobi bo‘yicha kompyuterli animatsiyalarni yaratish metodikasi Rustamova Dilafruz Buriqul qizi

    II BOB. INJENERLIK MASALALARIDA ALGORITMLAR

    2.1. Algoritmlarni psevdokodlarda ifodalash


    Algoritmlarni ifodalashning yana bir usul bu psevdokodlardir. Psevdokodlar -
    bu birlamchi reja bo’lib, unda maxsus programmalash tili ishlatilmaydi ammo
    algoritmda ba’zi - bir standart buyruqlar ishlatilishi mumkin. Shuning uchun psevdokodlar kompyuterda bajarilmaydi, lekin programmada kodlarni yozishda
    bevosita foydalaniladi. Psevdokodlar tabiatdan har xil shaklda bo’lib, uning
    ba’zi bir sintaksislari eng ko’p tarqalgan programmalash tillari C, C++,
    FORTRAN va boshqa tillardan olinadi. Tabiiy tilda esa bunday sintaksislar
    ishlatilmaydi. Mana shu xususiyati bilan ular boshqa usullardan farq qiladi.
    Quyida psevdokodlar yordamida tuzilgan algoritmga misol keltirilgan:
    Misol:
    1-qadam: Katta = L0,
    2-qadam: For ro’yxatdagi har bir son uchun ((Length (L) _ 1), do
    if
    tegishli son _ katta, then Katta = son
    3-qadam: Return katta Umuman, murakkab masalalarni еchishda algoritmlarsiz bevosita kompyuter tushunadigan kodlarga o’tish juda qiyin. Masalalarni yechishniung algoritmlarini tuzmasdan bеvosita kodlarga o’tishda algoritmning alohida qismlari orasidagi bog’lanish yo’qolishi mumkin va algoritm tarkibining asosiy va muhim bo’lmagan qismlarini farqlash qiyin bo’lib qoladi. Ishlab chiqilgan programmalar ba’zi bir xatoliklar bilan ishlaydi va ularni kеyinchalik aniqlash va to’g’rilash ancha murakkab masalaga aylanadi va bu juda ko’p vaqt talab qilishi mumkin.
    Algoritmlarni ishlab chiqish jarayoni ancha murakkab bo’lib odatda
    algoritmlar bir nеcha marta qayta ishlab chiqilishi, ba'zi hollarda xatoliklarni
    to’g’rilash, algoritmlarning tarkibini aniqlash va tеkshirish uchun orqaga
    qaytishga ham to’g’ri kеlishi mumkin.

    2.2. Algoritmlarni blok – sxemalar yordamida ifodalash.


    Algoritm ishlab chiqishda ularni ifoda etishning yana bir usuli esa blok


    – sxemalardan foydalanishdir. Blok - sxemalardan foydalanilganda algoritm
    tegishli tartibda sistematik ko’rinishda ifoda etiladi. Bu usulda algoritmni ishlab
    chiqishda qatnashadigan amallar ketma – ketligining elementlari maxsus grafik
    belgilar yoki geometrik shakllar yordamida ifoda etiladi. Sistemada har bir
    qadam tegishlicha geometrik shaklga (blok - sxemaga) ega.
    Blok – sxema – algoritm ishlab chiqishda zarur bo’ladigan amallar
    kеtma-kеtligining tabiiy tilda bayon etilgan ifodalar bilan to’ldirilgan grafik
    tasviridir. Algoritmning har bir amali tegishli belgilarda ifodalanadi va har bir
    qadamda qisqacha bayon berilib boriladi. Blok – sxemada har bir belgi
    yo’nalish oqimi keltirilgan holda ko’rsatgich (strelka) yordamida bir – biri
    bilan bog’lanadi. Odatda blok – sxema grafik shaklda ma’lumotlar oqimi
    yo’nalishini ko’rsatadi, har bir jarayon va qadam elementlariga izoh berib, u
    biror matn shakldagi ma’lumotni o’qib tushunishga qaraganda ancha qulay va
    ko’rgazmalidir. Blok – sxemalar hozirgi paytda kompyuter texnologiyalari
    sanoatida asosiy ishlab chiqarish quroliga aylanib ulgurgan.
    Algoritmlarda ishlatiladigan turli geometrik shakllar, masalan to’g’ri
    to’rtburchak, romb, parallеlogramm, ellips, oval va hokazolar davlat standarti
    (GOST) orqali nazorat qilinadi va qat’iy tartibga ega.
    Algoritmlarni ishlab chiqish va ularda ishlatiladigan belgi hamda
    me’yorlarni tartibga soladigan Davlat standarti (GOST) 19. 002-80 yoki
    xalqaro standartlar ISO 2636-73 mavjud bo’lib unda algoritmlar va
    programmalash tillarida qo’llaniladigan belgilar ro’yxati, bu belgilarning shakli va o’lchamlari, hamda ular bilan tasvirlanadigan funktsiyalar (amallar)
    keltirilgan. Quyidagi 1- jadvalda blok – sxemalarda ishlatiladigan asosiy
    shakllar va ularning mazmuni keltirilgan.




    Download 0.64 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 0.64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    II BOB. INJENERLIK MASALALARIDA ALGORITMLAR

    Download 0.64 Mb.