T o sh k e n t d a V l a t iqtisodlyot universiteti sa m a r q a n d iq t iso d iy o t va servis




Download 15,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/418
Sana17.01.2024
Hajmi15,8 Mb.
#139284
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   418
Bog'liq
4-Boshqa-tarmoqlarda-buxgalteriya-hisobining-xususiyatlari.-K.B.-URAZOV-2011-DARSLIK

II bo’lim. QISHLOQ XO’JALIGI 
KORXONALARIDA BUXGALTERIYA 
HISOBINING XUSUSIYATLARI
9-bob. QISHLOQ XOSJALIGIKORXONALARIDA 
BUXGALTERIYA HISOBINITASHKIL QILISH 
ASOSLARI
9.1. 
Q ishloq x o ‘jalik korxonalarining buxgalteriya hisobi 
subyekti sifatidagi tavsifi va ular faoliyatining tashkiliy-huquqiy 
asoslari
Qishloq x o ‘jalig i respublikam iz xalq xo ‘jaligining yetakchi 
tarmoqlaridan biri bo‘lib kelgan va u shunday tarmoqlardan biri bo‘lib 
qolmoqda. Buning negizidaturli sabablar yotadi. Chunonchi:
birinchidan,
respublikamiz aholisining 60 foizi qishloq joylarda 
yashaydi. Bu,o‘znavbatida, qishloq xo‘jaligini qishloq joylarda yashovchi 
aholini ish bilan ta’minlaydigan asosiy soha ekanligini bildiradi;
ikkinchidan,
mamlakatimizning iqlim sharoiti va tabiiy resurslari qishloq 
xo‘jaligi mahsulotlarini tezyetishtirish imkonini beradi;
uchinchidan,
26 milliondan ortiq aholisi bo‘lgan respublikamizda 
odamlaming qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan talabini mahalliy 
sharoitlardan kelib chiqib hal etish davlatimiz siyosatining eng muhim 
ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi;
io ‘rtinchidan,
qishloq xo‘jaligi mamlakatimizning kun-sayinrivojlanib 
borayotgan yengil va oziq-ovqat sanoati tarmoqlari korxonalarini arzon 
va sifatli mahalliy xomashyo va materiallar bilan ta’minlashning asosiy 
manbai hisoblanadi;
beshinchidan,
respublikamizdayetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlarining ko‘pchilik turi boshqa mamlakatlarda yetarlicha emasligi, 
qishloq x o ‘jaligini nafaqat ichki maqsadlardagi, balki eksportbop 
mahsulotlar ishlab chiqaradigan tarmoqqa aylantirish imkonini beradi.
Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini respublikamizda rivojlantirish sabablari va 
imkoniyatlari nafaqat yuqoridagilar bilan chegaralanadi. Ular to‘g‘risida 
judako‘p izohlar berish mumkin. Bu izohlar qishloq xo‘jaligiga oid maxsus 
fanlarda atroflicha yoritilgan. Shu bois ham, yuqoridagi izohlar bilan


cheklangan holda, quyida qishloq xo‘jaligi korxonalari buxgalteriya 
hisobining muhim subyektlari sifatidagi tashkiliy-huquqiy maqomlariga, ular 
faoliyatining hisob obyektlari sifatidagi xususiyatlariga to‘xtalamiz.
Rejali iqtisodiyotdan bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotga 
o‘tish respublikamizda qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining quyi bo‘g‘inini tashkil 
qiluvchi subyektlaming tashkiliy va huquqiy maqomida turli o‘zgarishlarga 
olib keldi. Ilgarilari asosan davlat vajam oaxo‘jaliklaridan iborat bo‘lgan 
qishloq xo‘jaligi korxonalari mustaqillik yillarida ko‘p o ‘zgarishlami 
boshidan o‘tkazdi. Chunonchi, davlat xo‘jaliklari tugatildi, ularning o‘miga 
shirkatxo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligi kooperativlari, agrofirmalar, dehqon- 
fermer xo‘jaliklari, dehqon xo‘jaliklari, fermer xo‘jaliklari, shuningdek 
ularning uyushmalari tashkil qilindi.
Davlatimizning qishloq xo‘jaligini isloh qilish borasidagi hozirgi siyosati 
negizida eng ustuvor yo‘nalish sifatida yemi dehqonlarga, fermerlarga berish, 
shu asosda dehqon xo‘jaliklari va fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishyotadi. 
2006 -yil oxiriga kelib respublikamizda fermer xo‘jaliklarining soni 190 mingga 
yetdi, ularda 1,4 min kishi mehnat qildi. Fermer xo‘jaliklari hissasiga 
respublikamizda yetishtirilayotgan paxtaning 86 foizi, boshoqli don ekinlarining 
75 foizi to‘g‘ri keldi. Birgina2006-yilning o‘zida 666 ta shirkat xo‘jaliklarini 
qayta tashkil etish hisobidan 74 mingta fermer xo‘jaligi tuzildi7.2007-yil 1 - 
chorak yakuniga kelib fermer xo‘jaliklari soni yana 25,1 mingtaga ko‘paydi8.
2008-yildan boshlab respublikamizda fermer xo‘jaliklarini birlashtirish 
asosida qayta tashkil qilish tadbirlari amalga oshirila boshlandi. Olib borilgan 
tashkiliy tadbirlarasosida kichik fermer xo‘jaliklari soni qisqarib, ularning 
o‘miga 1093 minggayaqinyangi fermer xo‘jaliklari tashkil etildi. 2008-yilning 
yakuniga ko‘ra fermer xo‘jaliklari hissasiga respublikamizda yetishtirilayotgan 
paxtaning 99,2 foizi, boshoqli don ekinlarining 81,4 foizi, kartoshkaning 18,1 
foizi, sabzavotlaming 35 foizi, uzumning 55,2 foizi to‘g‘ri keldi9.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarini buxgalteriya hisobi subyektlari sifatida 
turlicha tasniflash mumkin. Ushbu tasnifiy belgilar ichida qishloq xo‘jaligi 
korxonalarining turlari, sohasi, ixtisoslashganligi, xodimlarining soni, soliq 
toMash rejimi muhim o‘rin tutadi.
1
0'zbckision Kcspublikasi Prczidenli I.A. Karimovning 2006-yilda mamlakatni ijlimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari 
va 2007-yild.i iqiisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim usiuvor yo'nalishlariga bag’ishlangan Vaziriar 
Mahkamasi majlisidagi m a’mzasi. // X a lq so‘zi, 2007- yil, 13-fevral, N? 31 (4 I84).
* OV.bckision KespuNikasi Vaziriar Mahkamasining 2007-yil birinchi chorak yakunlariga hag'ishlangan majlisi 
maleriallari. // X a lq so*7.i, 2007 yil. 13 fcvral, Nö 31 (4184).
9
Статистич сск ос обозрение Узбекистана за 2009.



Download 15,8 Mb.
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   418




Download 15,8 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



T o sh k e n t d a V l a t iqtisodlyot universiteti sa m a r q a n d iq t iso d iy o t va servis

Download 15,8 Mb.
Pdf ko'rish