Yagona soliq to‘lovining Budjetga o‘tkazib berilishiga buxgalteriyada
quy idagicha yozuv beri ladi:
Debet 6410 “Budjetga toiovlar bo‘yicha qarzlar”
K redit 5110 «Hisob-kitob schoti».
A Y O Q Shlarda yoqilg‘i iste’moli uchun soliq va yagona soliq
to‘lovi hisob-kitobi hisobiningxususiyatlari
2002-yil 1 -yanvardan boshlab respublikamizdajismoniy shaxslarga
benzin, dizel yoqilg‘isi va suyuqlashtirilgan gazlar naqd pulga transport
solig‘i o‘migajoriy etilganyoqilg‘i iste’moli uchun undiriladigan soliq bilan
sotiladigan bo‘ldi.
Chunonchi, 2009-yil 1-yanvardan boshlab, yoqilg‘i
iste’moli uchun soliq sotilgan 1 litr benzin va dizel yoqilg‘isigahamda 1
kg suyultirilgan gazga 120 so‘m miqdorida belgilangan.
AYOQShlarda yoqilg‘ilarning hisobi ularning sotish baholarida
(iste’mol solig‘isiz)yuritiladi. Yoqilg‘ining iste’mol solig‘isiztopilgan sotish
bahosi va uning sotib olish bahosi o‘rtasidagi farq savdo ustamasini tashkil
qiladi. AYOQShlarda yoqilg‘ining sotilishi nazorat kassa apparatlari va
tovar cheklarida qayd etiladi. Ushbu cheklarda sotilgan yoqilg‘ining
miqdori, jami sotish qiymati, shu jumladan sotishda xaridordan olingan
yoqilg‘i iste’moli uchun soliq summasi ko‘rsatiladi.
Ushbu xususiyatlar AYOQShdayoqilg‘i kirimi, uning sotilishi, sotishdan
olinganjami tushiun, sotilgan yoqilg‘igato‘g‘ri keladigan iste’mol solig‘i,
yagona soliq toiovi, sotish tannarxi va sotilgan tovarlarga to‘g‘ri keladigan
savdo ustamalari hisobini yuritishda o‘ziga xos xususiyatlar borligidan
darak beradi. Bu xususiyatlami quyidagi misol asosida ko‘rib chiqamiz:
MisoLAYOQSh 10000 litr A-80 benzinni sotib oldi, 1 litrbenzinning
sotish bahosi iste’mol solig‘i bilan birga 1040 so‘m, iste‘mol solig‘isiz
sotish bahosi 920 so‘m, sotib olish narxi 790 so‘m, bu benzin to iiq
sotilgan, deylik. 1 litr A-80 benzinga to‘g‘ri keladigan savdo ustamasi
summasi 130 so‘mni (920-790) tashkil etadi.
Yuqorida keltirilgan ma’ lumotlarga ko‘ra, AYOQShda yoqilg‘ining
kirimiga quyidagicha yozuvlar qilinadi: