.3 .  Q u r ilis h t a s h k i l o t l a r i d a u m u m is h la b c h iq a r i s h




Download 15,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/418
Sana17.01.2024
Hajmi15,8 Mb.
#139284
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   418
Bog'liq
4-Boshqa-tarmoqlarda-buxgalteriya-hisobining-xususiyatlari.-K.B.-URAZOV-2011-DARSLIK

5 .3 . 
Q u r ilis h t a s h k i l o t l a r i d a u m u m is h la b c h iq a r i s h  
xarajatlarining hisobi va ularningtaqsimoti
Qurilish tashkilotlari o‘zlarining hisob siyosatida belgilangan tartibga 
muvofiq umumishlab chiqarish xarakteriga ega bo‘ lgan xarajatlar hisobini 
2500 «Umumishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi schotlar» tizimida 
alohida olibborishlari mumkin. Ushbu schotlar tizimida ochiladiganmaxsus 
schotlarda, chunonchi, quyidagi xarajatlar aks ettiriladi:
a) qurilish mashinalari va uskunalarini saqlash hamda ularni 
ekspluatatsiya qilish xarajatlari;
b) ishlab chiqarishga taalluqli bo‘lgan asosiy vositalar va nomoddiy 
aktivlaming amortizatsiya ajratmalari;
v) ishlab chiqarishga doir asosiy vositalami ta’mirlash xarajatlari;
g) ishlab chiqarishdagi mol-mulkni sug‘urtalash xarajatlari;
d) ishlab chiqarish binolarini isitish, yoritish va saqlash xarajatlari;
e) ishlab chiqarish maqsadida foydalaniladigan mol-mulkni ijaraga olish 
xarajatlari;
j) ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatishda band bo‘ lgan ishlab chiqarish 
xodimlariga hisoblangan mehnat haqi va ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar;
z) umumishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlar.
Hisobot oyi mobaynida 2510 «Umumishlab chiqarish xarajatlari» 
schotining debetida va mos ravishdagi boshqa schotlarning kreditida 
nomlari yuqorida zikr etilgan xarajat moddalari bo‘yicha ma’lumotlar 
jamlanadi. Oy oxirida ushbu schotning debetida to‘plangan xarajatlar 
qurilish tashkiloti hisob siyosatida keltirilgan tartibga muvofiq asosiy ishlab 
chiqarish (2010 schot) va yordamchi ishlab chiqarish (2310 schot) 
xarajatlariga olib boriladi. Umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash 
tartibini ulaming alohida moddalari, chunonchi, qurilish mashinalari va 
uskunalarini saqlash hamda ularni ekspluatatsiya qilish xarajatlari, ishlab 
chiqarishga taalluqli bo‘lgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlaming 
amortizatsiya ajratmalari misolida 2-bobda ko‘rib chiqqan edik. Xuddi


shunga o‘xshash yoki qabul qilingan boshqa tartiblarga ko‘ra umumishlab 
chiqarish xarajatlarining qolgan moddalari harn mos ravishdagi qurilish 
obyektlari o‘rtasidataqsimlanishi lozim.
Umumishlab chiqarish xarajatlari va ular taqsimotining tahliliy hisobi 
umumishlab chiqarish vaxizmat ko‘rsatish boMinmalari bo‘yicha 10-s 
jumal-orderda alohida moddalari bo‘yicha yuritiladi.

Download 15,8 Mb.
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   418




Download 15,8 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 .3 .  Q u r ilis h t a s h k i l o t l a r i d a u m u m is h la b c h iq a r i s h

Download 15,8 Mb.
Pdf ko'rish