• N f= S tf *Sm : 100%
  • Foyda solig‘i bo‘yicha imtiyozlar




    Download 15,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet99/418
    Sana17.01.2024
    Hajmi15,8 Mb.
    #139284
    1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   418
    Bog'liq
    4-Boshqa-tarmoqlarda-buxgalteriya-hisobining-xususiyatlari.-K.B.-URAZOV-2011-DARSLIK

    Foyda solig‘i bo‘yicha imtiyozlar 
    sifatida soliqqa tortiladigan 
    daromad summasidan chegirib tashlanadigan xarajatlaming turlari, imtiyoz 
    me‘yorlari Soliq kodeksi va foyda solig‘ini hisoblash va to‘lash bo‘yicha 
    yo‘riqnomada ochib berilgan.


    Foyda solig‘i (Nf) summasi korxonaning soliqqa tortiladigan foydasi 
    summasini (Stf) soliq me’yoriga (Sm) ko‘paytirish va 100 foizga bo‘lish 
    y o ii bilantopiladi, ya’ni:
    N f= S tf *Sm : 100%
    Hisob-kitob asosida hisoblangan foyda summasi buxgalteriya hisobida 
    quyidagicha aks ettiriladi:
    D ebet 9810 «Foyda solig‘i bo‘yicha xarajatlar»;
    K red it 6410 «Budjetgatoiovlar bo‘yicha qarz».
    Pudratchi tashkilotlami Budjetga foyda solig‘i bo‘yicha qarzlarining 
    to‘lanishiga quyidagicha yozuv qilinadi:
    D ebet 6410 «Budjetga to‘lovlarbo‘yicha qarz»;
    K redit 5110 «Hisob-kitob schoti».
    Yagona soliq to‘lovining hisob-kitobi va hisobi. Mikrofinna va kichik 
    korxonalar maqomidagi qurilish tashkilotlari uchun yagona soliq toiovi yagona 
    soliq, budjetdantashqari Pensiyajamg‘armasi, Respublika y o i jamg‘armasi 
    va Maktab ta’limini rivojlantirishjamg‘armasiga majburiy ajratmalami to‘ lash 
    o‘migajoriy etilgan. Ushbu soliqni to‘lovchi qurilish tashkilotlarida maleriallar 
    (ishlar, xizmatlar) xarid qilingandata‘minotchi vasubpudratchi tashkilotlaiga 
    to‘langanQQS summasi material boyliklar (ishlar, xizmatlar)qiymatigakiritiladi.
    Yagona soliq to‘lovini to‘lovchi qurilish tashkilotlari ixtiyoriy tarzda 
    ro‘yxatdan o‘tgan joyidagi davlat soliq xizmati organlariga navbatdagi chorak 
    boshlanishiga qadar bir oydan kechiktirmay, yangi barpo etilayotgan mikro 
    va kichik korxona maqomidagi qurilish tashkilotlari esa - faoliyatni amalga 
    oshirishni boshlashga qadar topshiriladigan ariza asosida qo‘shilganqiymat 
    solig‘ini toiashlari mumkin. Yagona soliq to‘lovi to‘lovchilari tomonidan 
    qo‘shilgan qiymatsolig‘inito‘lashdanboshtortish navbatdagi yil boshlanishiga 
    qadar bir oydankechiktirmasdanio‘yxatdano‘tganjoyidagi davlat soliq xizmati 
    organlariga taqdim etiladigan ariza asosida navbatdagi yilning boshidangina 
    amalga oshiriladi.
    Yagona soliq toiovini toiash obyekti bo‘lib qurilish tashkilotlarining barcha 
    faoliyat turlaridan olganyalpi tushumi hisoblanadi. Yagona soliq to‘lovi summasi 
    yalpi tushum summasini ushbu soliqning belgilangan me’yoriga ko‘paytirish 
    yo‘libilantopiladi.Bunda,ixtiyoriytaizdaqo‘shilganqiymatsolig‘inito‘lovchilar 
    uchun yagona soliq to‘lovi summasi Budjetgato‘lanadiganqo‘shilganqiymat 
    solig‘i summasiga, biroq yagona soliq to‘lovi summasining 50 foizidan ortiq 
    boimagan miqdoriga kamayadi.


    Yagona soliq toioviga tortiladigan yalpi tushum tarkibiga quyidagilar 
    kiritiladi:
    1.0 ‘zkuchlari bilan bajarilgan qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, 
    ishga tushirish-sozlash, loyihalash-qidimv ishlarining hajmi.
    2. Asosiy faoliyatdan boshqa daromadlar, ya’ni: a) undirilgan yoki qarzdor 
    e’tirofetganjarimalar, peniyalar, neustoykalar hamdaxo‘jalik shartnomalarining 
    shartlarini buzganlik uchun boshqajazo turlari; b) hisobot yilida aniqlangan 
    o‘tgan yillar daromadlari; v) renta daromadi, qurilish tashkiloti huzuridagi 
    oshxonalaidantushumlar, boshqaxizmat ko'rsatuvchi xo‘jaliklardan tushumlar, 
    g) asosiy vositalarva boshqa mol-mulkni sotishdan daromadlar; d) kreditorlik 
    va deponentlik qarzini qonun bilan belgilangan tartibda hisobdan chiqarishdan 
    olingan daromadlar; e) tovar-moddiy boyliklarini qo‘shimcha baholash; j) 
    tekin moliyaviy yordam, shujumladan, tekinga olingan mol-mulk; z) qisqa 
    muddatli ijaradan daromadlar; i) ilgari chiqaribtashlangan xarajatlami qoplash 
    tariqasida olingan daromadlardan tashqari boshqa operatsion daromadlar;
    3. Moliyaviy faoliyatdan daromadlar, ya’ni: a) olingan royalti vakapital 
    transferti; b) 0 ‘zbekistonRespublikasi hududi vaundantashqarida boshqa 
    xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida ulushli ishtirok etishdan olingan 
    daromadlar, aksiyalar bo‘yicha dividendlar hamda obligatsiyalar va boshqa 
    qimmatli qog‘ozlarbo‘yicha daromadlar; v) mol-mulkni uzoq muddatli ijara 
    (lizing)ga berishdan daromad (maija); g) chet el valutasidagi operatsiyalar 
    bo‘yicha kursdagi farqdan daromadlar (musbat va manfiy kurs farqlari 
    o‘rtasidagi saldo), bunda manfiy kurs farqi summasi musbat kurs farqi 
    summasidan oshib ketgan holda oshib ketish summasi yagona soliq toiovini 
    hisoblab chiqayotganda soliq solinadigan bazani kamaytirmaydi; d) qimmatli 
    qog‘ozlar, shu‘ba korxonalar va hokazolarga qo‘yilgan mablag‘ lami qayta 
    baholashlami o‘tkazishdan daromadlar; e) moliyaviy faoliyatdan boshqa 
    daromadlar;
    4. Favqulodda daromadlar.
    Soliq solinadigan yalpi tushum hisoblab chiqilayotganda quyidagilar yalpi 
    tushumdan chiqarib tashlanadi:
    a) ixtyoriy ravishdao‘z arizasiga ko‘ra qo‘shilgan qiymat solig‘i toiovchilar 
    uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi;
    b) davlat subsidiyalari summasi;
    v) davlat obligatsiyalari va boshqa davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha 
    daromadlar;


    g) to io v manbaida soliq toianganligini tasdiqlaydigan hujjatlar 
    (maiumotnoma) mavjudligida dividendlar va foizlar.
    Yagona soliq toiovi har chorakda o‘sib boruvchi yakun bilan hisob- 
    kitobni topshirish muddatidan kechiktirmay toianadi.
    Yagona soliq toiovi bo‘yicha hisob-kitoblaming buxgalteriya hisobi 
    6410 «Budjetgatoiovlarbo‘yichaqarz» schotidayuritiladi. Belgilangan 
    tartibda hisoblab chiqilgan yagona soliq to io v i buxgalteriya hisobida 
    quyidagi yozuv bilan aks ettiriladi:

    Download 15,8 Mb.
    1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   418




    Download 15,8 Mb.
    Pdf ko'rish