19
Aqlli shaharlar: hayotning raqamli transformatsiyasi
Toshkent, Oʻzbekiston –
Shaharlarning ahamiyati
ortib borayotgan bir
paytda, aholining haddan tashqari koʻpayishi, korxonalarni avtomatlashtirish va
raqamli transformatsiya “aqlli shahar” deb ataladigan zamonaviy hodisaning
rivojlanishiga qanday taʼsir qilishini koʻrib chiqishga arziydi. Oldinga
chiqadigan
va kelajakka ta'sir ko'rsatadigan istiqbolli texnologiyalar va tendentsiyalarni izlash
masalasi ham dolzarb bo'lib bormoqda.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining
birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos “Scope Investment” mas’uliyati cheklangan
jamiyati vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda
vazirlik matbuot xizmati
xabar berdi.
Uchrashuvda “Scope Investment” kompaniyasining respublikada “aqlli
shahar” texnologiyalarini joriy etish va kompaniyaning shaharni umumiy
boshqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha texnologik yechimlarini tatbiq etish
imkoniyatlari muhokama qilindi.
Ma'lumki, Scope Investment MChJ Birlashgan
Arab Amirliklarida
joylashgan kompaniya bo'lib, aqlli shaharlar, sog'liqni saqlash, avtomobilsozlik,
ko'chmas mulk va chakana savdo sohalarida xizmat ko'rsatadi. Hozirda kompaniya
O‘zbekistonda turli sarmoyaviy imkoniyatlarni o‘rganmoqda.
Yig‘ilishda kompaniya to‘g‘ri imkoniyatlarga
sarmoya kiritish orqali
O‘zbekistonning ko‘plab yirik shaharlarini aqlli shaharlarga aylantirish bo‘yicha
takliflar bilan chiqdi.
20
Xususan, aqlli svetoforlar yordamida shaharni kompleks boshqarish
samaradorligini oshirish, O‘zbekistonning Toshkent, Samarqand, Buxoro kabi
yirik shaharlarida Yevropa va Amerika davlatlari
tomonidan sertifikatlangan
xizmatlarni joriy etish taklif etildi.
AKT vazirining birinchi o‘rinbosari O.Pekos bunday loyihalarni amalga
oshirish muhimligini ta’kidlab, zarur infratuzilma bilan ta’minlashga tayyorligini
bildirdi.