• «CREDO» kompleks dasturining funktsional imkoniyatlari
  • CREDO kompleksi quyidagi tizim va qo’shimcha vazifalardan tashkil
  • Credo kompleks dasturi haqida umumiy ma’lumot




    Download 2.5 Mb.
    bet1/9
    Sana05.04.2024
    Hajmi2.5 Mb.
    #189207
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    CREDO kompleks dasturi haqida umumiy ma’lumot
    Course template, BAYONNO-BOSH (3), антиплагиат сертификат, “Investitsiya” fanidan yakuniy nazorat savollar, Korporativ moliya YN savollari BI 3-kurs (1), Инвестиция фанидан якуний назорат ишининг ҷавоблари., Ekonometrikaga kirish RI, Raqamli bank ishi fannidan YaN uchun Testlar Javoblar, Bozor va uning turlari-fayllar.org (1), ishlab chiqarish amaliyoti tmr, YILLIK HISOBOT MAGISTR, DVIGATELNI NAZORAT-QAROV VA DIAGNOSTIKALASH ISHLARI TEXNOLOGIYASI, BOSHLANG\'ICH TA\'LIM TABIIY FANLARINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI, QULSOHATOV ZOIRNING pedagogika

    CREDO kompleks dasturi haqida umumiy ma’lumot


    Reja


    1. CREDO kompleks dasturining bajaradigan imkoniyatlari.

    2. Kompleks dasturning tuzilishi.

    3. CREDO kompleks dasturidan foydalanib avtomatlashgan loyihalash texnologiyasi.

    Avtomatlashgan loyihalash tizimi CREDO ALT «CREDO-DIALOG» kompaniyasi (Belorussiya Respublikasi, Minsk shahri) tomonidan ishlab chiqilgan. Tizim avtomobil yo’llarini qurish va rekonstruktsiya qilish loyihalarini ishlab chiqish uchun belgilangan, shu bilan birga boshqa sanoat va fuqoro qurilishi ob’ektlarini texnik qidirish ma’lumotlarini qayta ishlashdan boshlab, loyiha hujjatlarini tayyorlashgacha bo’lgan hamma loyihalash jarayonlarini o’z ichiga qamrab oladi. «CREDO» kompleks dasturi amaldagi mavjud me’yoriy hujjatlar talablariga mos ravishda RF GOSTSTROY qoshidagi sertifikatsiya bo’yicha organi tomonidan sertifikatlangan.


    «CREDO» kompleks dasturining funktsional imkoniyatlari: - Muxandis-geodezik qidiruv ishlarini kamerial qayta ishlash.

    • Geofizik tekshiruv ishlarini o’tqizishda geodezik ma’lumotlarni qayta ishlash.

    • Muxandislik maqsadida joyning raqamli modelini tuzish uchun ma’lumotlarni tayyorlash.

    • Muxandislik maqsadida joyning raqamli modelini qidiruv ma’lumotlari va mavjud karta materiallar asosida tuzish va to’tsrilash.

    • Tuzilgan joy raqamli modeli asosida topografik rejalar va planshetlarni chizmalarini hosil qilish, geoinformatsion tizimlarga va avtomatlashgan loyihalash tizimlariga joy raqamli modeli bo’yicha ma’lumotlarni chiqarish (eksport qilish).

    • Muhandis-geologik qidiruv laboratoriya ma’lumotlarini qayta ishlash.

    • Qidiruv tasmasi yoki maydoni geologik tuzilishi raqamli modelini tuzish va to’tsrilash.

    • Joy geologik tuzilishi raqamli modeli asosida muhadis-geologik qirqimlar va kolonkalar chizmalarini hosil qilish, avtomatlashgan loyihalash tizimiga qirqimlar geologik ma’lumotlarini chiqarish (eksport qilish).

    • Foydali qazilmalarni qazish jarayonlarini marksheyderlik ta’minoti.

    • Sanoat, fuqoro va transport qurilishi ob’ektlarini bosh rejalarini loyihalash.

    • Er ishlari hajmini hisoblash.

    • Tashqi muhandislik kommunikatsiyalarini qirqimlarini loyihalash.

    • Avtomobil yo’llarini yangidan qurishni, qayta qurishni va kapital ta’mirlashni loyihalash.

    • Transport bo’tsinlarini loyihalash.

    • Temir yo’llarni loyihalashdagi vazifalarni echish.

    • Sanoat ob’ektlari va hududlari yordamchi rejalarini kiritish.

    • Qurilish ishlarini geodezik ta’minlash.

    CREDO kompleksi quyidagi tizim va qo’shimcha vazifalardan tashkil topadi:
    CREDO DAT - muxandis-geodezik ishlarni kameral qayta ishlash tizimi. CREDO-DAT 3.0-topografik ma’lumotlarni yitsish va qayta ishlashni ta’minlaydigan tizim. Qo’shimcha vazifasi:
    -ZEMPLAN-er uchastkalari maydonlarini hisoblash, erlarni qayd qilishda matn va grafik hujjatlarni tuzish va ularni pechatga chiqarish uchun dastur;
    -TRANSKOR - geomarkaziy, geodezik, to’tsri burchakli koordinatlarni qaytadan tuzish;
    -ASTRO - astronomik azimut ma’lumotlarini qayta ishlash.
    CREDO-LIN - chiziqli ob’ektlar - yo’llar, quvur o’tqizgichlar, LEP va boshqalarni loyihalashda chiziqli qidiruv ma’lumotlarini qayta ishlash tizimi.
    CREDO-TER - joyning raqamli modelini (JRM) tuzish va namoyish etish tizimi.
    CREDO-GEO - qidirish tasmasi yoki maydoni geologik tuzilishi matematik modelini tuzish tizimi.
    CREDO-GEO v 2.0 KOLONKA - muxandis-geologik ishlar bo’yicha ma’lumotlar kiritish va muxandis-geologik kolonkalar chizmalarini tuzish.
    CREDO-GEO v 2.0 LABORATORIYA - muxandis-geologik qidiruv laboratoriya ma’lumotlarini qayta ishlash jarayonini avtomatlashtirish uchun dastur.
    CREDO-MIX - transport inshootlarini va bosh rejalarni gorizontal va vertikal rejalash loyihalari vazifalarini echish.
    CREDO CAD - avtomobil yo’llarini loyihalash va loyiha echimlarini sifatini baholash tizimi.
    CAD-CREDO - II-V toifali avtomobil yo’llarini yangidan qurish va qayta qurishni loyihalash tizimi. Qo’shimcha vazifalari:
    -OTKOS - yo’l poyi yon qiyaligi ustivorligini tekshirish;
    -OSADKA - kuchsiz asosda kutarma chukishini hisoblash;
    -TRUBA - kichik ko’priklar va quvurlarni gidravlik hisobi;
    -GIDRO - suv qochiruvchi qurilmalar gidravlik hisobi;
    -UVS - suv muhitiga ustki yuza oqimlari ta’sir darajasini baholash;
    ZNAK 4.1- xususiy yo’l belgilarini loyihalash;
    RADON 2.0 - amaldagi hududiy me’yorlar asosida yo’l tushamasini tuzish va hisoblash;
    MOST 1.2-ko’prik poyini va oraliq qurilmasini, chetki va oraliq tayanchlarini, ko’prikga tutashish kutarmasini va izga soluvchi inshootlarni loyihalash;
    MORFOSTVOR 1.0 - ko’prikli o’tishni qidirishda daryo morfostvori bo’yicha gidravlik ma’lumotlarni avtomatlashgan qayta ishlash dasturi;
    CREDO-SR - geofizik uslub bilan razvedka ishlarini bajarishda geodezik ma’lumotlarni avtomatlashgan qayta ishlash tizimi;
    TRANSFORM 2.0 - karta materiallarini koordinatli botslash va transformatsiya tizimi;
    SYMBOL - topografik rejalar va qurilish chizmalarida shartli belgilarni tuzish va taxrir qilish uchun dastur;
    SETI 4.1 - tashqi kommunikatsiyalar bo’ylama qirqimini loyihalash: kanalizatsiya, suv quvurini bosimli tarmotsi, issiliq trassasi, gaz o’tqizgich:

    • Kanalizatsiya,

    • Vodoprovod,

    • Teplo, - Gaz;

    GIS-EKSPORT geoinformatsiya tizimi formatida loyiha geometriyasi va JRM bo’yicha CREDO ma’lumotlarini almashish uchun dastur.
    CREDO PRO - avtomobil yo’llarini muhandislik jihozlash va sun’iy inshootlar elementlarini, yo’llarni bir va har xil satxda kesishishini, yo’l poyi inshootlarini texnik grafika vositalari bilan loyihalash uchun tizim.
    Tizim IBM yoki Pentium kompqyuterlarida turli xil turdagi printerlar va Hewlett Paskard turidagi plotterlar bilan birgalikda ishlatiladi.
    CREDO DAT kichik tizimi yordami bilan qo’yidagi ish turlari bajarilishi mumkin:
    -SOKKIA, GEODIMETR, LEICA va boshqa formatlardagi elektron registratorlar fayllaridan ma’lumotlarni import qilish;
    -er usti geodezik tasvirlari materiallarini kirgizish va qayta ishlash;
    -har qanday hajmdagi, sinfdagi, shakldagi va tuzilish uslubidagi geodezik tarmoqlarni qat’iy tenglashtirish;
    -muxandis-geodezik vazifalarni echish;
    -geodezik va to’tsri burchakli koordinatlarni qayta hisoblash;

    • er maydonlari tuzilish hisoblari va er uchastkalari chizmalarini tuzish;

    • CREDO ochiq almashuv formatida qidirish materiallarini qayta ishlash natijalarini eksport qilish.

    CREDO TER kichik tizimi joy vaziyati va relqefi raqamli modelini, shu bilan birga biron bir boshqa ob’ekt yoki hodisalarni (masalan, muxandislik inshootlarini, atrof muhit ifloslanishining har xil mintaqalarda taqsimlanishi va b.) shakllantiradi, bu hosil qilingan raqamli model asosida yo’l o’q rejasini va boshqa inshootlarni loyihalash imkoni to’tsiladi, ular uchun er ustki yuzasi bo’ylama va kundalang kesimlarini qurish va CREDO yoki boshqa ALT kichik tizimlarida olingan ma’lumotlarni eksport qilish imkonini yaratiladi.
    CREDO GEO kichik tizimi tasma yoki maydon geologik tuzilishi matematik modelini hosil qilish imkonini beradi. Buning asosida katta sonli vertikal geologik qirqimlar tuzish, geologik qatlamlar hajmiy modelini va muxandis-geologik qirqimlar chizmalarini olish mumkin va bu ma’lumotlarni CREDO boshqa kichik tizimiga eksport qilish mumkin bo’ladi.
    CREDO CAD kichik tizimi avtomobil yo’llarini va ulardagi inshootlarni loyihalash bo’yicha asosiy ishlarni bajarish uchun tayin etilgan:
    -yo’l o’qini loyihalash;
    -yo’l tushamasini hisoblash;
    -kichik ko’priklar va suv o’tkazuvchi quvurlarni hisoblash va loyihalash;
    -yo’l bo’ylama va kundalang kesimlarini loyihalash;
    -yo’l qatnov qismini ta’mirlashda yoki uni rekonstruktsiya qilishda kundalang tekislash;
    -bo’ylama suv qochirishni loyihalash;
    -yo’l poyi ustivorligini hisoblash;
    -er ishlari hajmini hisoblash;
    -yo’l qurilishida er ishlarini taqsimlash;
    -loyihalangan yo’l uchun xarakat havfsizligini va transport-foydalanish sifatlarini baholash;
    -ekologik tadbirlarni loyihalash;
    -statik va dinamik rejimlarda yo’lning kelajakdagi tasvirini qurish;
    -alohida yo’l belgilarini loyihalash;
    -almashuv formati fayllarida loyiha echimlarini eksport qilish.
    CREDO PRO kichik tizimi avtomobil yo’llari va boshqa muhandislik ob’ektlarini yo’l poyini ikki va uch ulchovli geometrik loyihalashni, chizmalarni, sxemalarni, jadvallarni, tushintirish xatini ishlab chiqishda hisob-grafik taxrir qilish, texnik grafikaning AutoCAD, MikroStation kabi boshqa tizimlari bilan o’zaro ta’sirda ikki va uch o’lchamli modellashtirish imkonini beradi.
    CREDO kichik tizimlari orasidagi o’zaro ta’sir va ochiq almashuv formati (OAF) fayllari orqali ma’lumotlarni almashtirish, shu bilan birga boshqa tizimlar bilan o’zaro ta’sir qo’yidagi rasmda keltirilgan:

    4-rasm. CREDO kichik tizimlari orasidagi o’zaro ta’sir
    CREDO Interfeys CUA (Common User Access) standartlashgan komponentlarini ishlatadi: funktsiyalar va jarayonlar tugmali menyusi, ishga solish va o’zaro muloqot yo’lagi, ochiladigan oyna (okno) va boshqalar. CREDO o’xshash yoki universal tizimlar interfeysi bilan umumiy botsliqlikga ega, masalan Windows bilan.
    5-rasmda namuna sifatida CREDO TER kichik tizimi ishchi muhiti ko’rsatilgan. Ekrannning yuqori qismida ikki qatorda boshqaruv tugmalari joylashtirilgan. Yuqori qator tugmalari yordamida bajariladigan ish tartibini tanlash mumkin: “ma’lumotlar” , “relqef” , “vaziyat” , “yo’l o’qi”, “chizma”, “o’lchamlar”, “chiqish”. Ulardan birontasini faollashtirishda, ekranda funktsiyalar nomli tushadigan menyu paydo bo’ladi. Bu yuqoridagi bajariladigan ish tartibiga mos holda yuzaga keladi. Tanlangan funktsiyani faollashtirgandan keyin jarayonlar nomli ikkinchi qator tugmachalar paydo bo’ladi.

    5-rasm. CREDO TER kichik tizimi ishchi muhiti
    Ekranning chap qismida vertikal qatorda loyihalanayotgan ob’ektni vizuallashtirishni boshqarish uchun belgilangan tugmachalar joylashtirilgan. Yuqoridagi 4 ta tugma ob’ekt bo’yicha ishchi oynani siljitish uchun belgilangan, ya’ni mos ravishda yuqoriga, pastga, o’nga, chapga. Pastda ketma-ket tugmalar joylashgan: ob’ektni ishchi oynada chamalash tugmasi, bu ob’ektga nisbatan ishchi oynani burish imkonini beradi; ishchi oyna miqiyosini o’zgartirish tugmasi yoki navigatsiya oynasi, faolashtirishdan keyin foydalanuvchi to’rtburchakli kontur yaratadi va uning o’lchamlarini belgilaydi, bu ob’ekt tasvirini miqiyosini o’zgartirishini kurish uchun; oldingi oynaga qaytish tugmasi, bu o’zgartirish kiritguncha mavjud bo’lgan (ob’ektni siljitish, burish yoki miqiyosini o’zgartirish) holatni qayta tiklash imkonini beradi; ob’ekt bo’yicha ishchi oyna markazini siljitish tugmasi; miqiyosni o’zgartirish tugmasi (tugmani bosganda ochiladigan menyu paydo bo’ladi, bu bilan biron bir standart masshtabni tanlash yoki ixtiyoriy berish mumkin); ob’ektni qaytadan chizish.
    Ishchi oynada ekranning eng katta qismini belgilangan miqiyosdagi joyning fragmenti tasviri va shu bilan birga ob’ektni loyixalashda yuz beradigan jarayonlar egalaydi.
    Ishchi oynaga ob’ekt to’liq joylashmasa, u holda aniqroq chamalash uchun navigatsiya oynasi xizmat qiladi.

    Download 2.5 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 2.5 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Credo kompleks dasturi haqida umumiy ma’lumot

    Download 2.5 Mb.