|
Tabiatda suv aylanishi to'rt bosqichdan o'tadi: 1.Bug'lanish 2.Yog'ingarchiliklar 3.Kondensatsiya 4.Suv ko'chishI
|
bet | 2/3 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #103434 |
Bog'liq 22-YM-23 UMARJONOV ISMOILTabiatda suv aylanishi to'rt bosqichdan o'tadi: 1.Bug'lanish 2.Yog'ingarchiliklar 3.Kondensatsiya 4.Suv ko'chishI Bug'lanish - Yer sathidagi suv isiganida bug'ga aylanadi va havoga ko'tariladi.
- Bu suv bor hamma joyda sodir bo'ladi: okean, daryo yoki dengiz sathida, biz yoki hayvonlar terlaganida, o'simliklar ustiga shudring tushganida va h.k. Iliq suv tezroq bug'lanadi, buni suvni gaz plitasida qaynatib tekshirsa bo'ladi.
- Ammo biz bug'ni ko'rmasak ham, bug'lanish baribir sodir bo'ladi, ammo ancha sekinroq.
Yog'ingarchiliklar - Bulutlardagi suv tomchilari ham to'qnashadi va birga kondensatsiya bo'ladi. Natijada ular kattalashadi va og'irlashadi.
- Agar tomchilarning tushish tezligi ko'tarilayotgan bulut tezligidan oshsa va ular bug'lanishga ulgurmasa, unda ular yerga yog'ingarchilik ko'rinishida yomg'ir, nam qor, qor va do'l bo'lib tushadi.
Kondensatsiya - Havodagi suv bug'lari ko'tarilib, atmosferaning yuqori qatlamlariga yetganida, sovuq harorat ularni issiqlik ajratish va yana suyuqlikka aylanishiga "majburlaydi".
- Suvning bu mayda tomchilari havodagi chang zarrachalarida osilib turadi va bulutni hosil qiladi.
Suv ko'chishI - Yog'ingarchilik ko'rinishida suv yana Yer sathiga tushadi. Suvning qaysidir qismi pastga oqib, ko'l, dengiz yoki daryolarga tushadi.
- Boshqasi - Yerga singib, o'simliklar ichadigan yoki tuproqdan o'tib okeanga qo'shiladigan sizot suvga aylanadi. Shu yerdan suv aylanishi yana boshlanadi.
SUV TANQISLIGI - Bugungi kunda davlatlar o‘zlarida mavjud resurslarning deyarli barchasidan maksimal darajada foydalanmoqda. O‘tmishga nazar tashlaydigan bo‘lsak, 1960 yillardan buyon suvga bo‘lgan talab ikki baravar ko‘paygan. Bunga aholi sonining ortishi, qishloq xo‘jaligi va sanoatning rivojlanishi taʼsir ko‘rsatdi. Kelajakda Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika bu muhim resursning tanqisligiga birinchi bo‘lib duch keladi, bu esa oxir-oqibat nizolarga olib kelishi hamda sanoatga salbiy taʼsir ko‘rsatishi mumkin. Ayni paytda Shimoliy amerika va Yevropada suv muammosi nisbatan barqaror. Ammo bu mazkur hududlar xavfdan yiroq degani emas. Misol uchun, AQSHning 6 shtatida suv tanqisligi juda yuqori. Ortib borayotgan talab va va tez iqlim o‘zgarishi Hindiston va Xitoy yalpi ichki mahsulotining pasayishiga ham olib kelishi mumkin.
|
| |