Mustahkamlash uchun savollar
1. Chiziqning tenglamasi deganda nima tushuniladi?
2. To’g’ri chiziqning burchak koeffitsientli tenglamasi qanday yoziladi?
3. To’g’ri chiziqning burchak koeffitsienti deb nimaga aytiladi?
4. Berilgan bitta nuqtadan o’tuvchi to’g’ri chiziqlar dastasining tenglamasi qanday?
5. Berilgan ikki nuqtadan o’tuvchi to’g’ri chiziq tenglamasi qanday?
6. To’g’ri chiziqning umumiy tenglamasi va uning xususiy xollari nimalardan iborat?
7. To’g’ri chiziqning koordinat o’qlaridan ajratgan kesmalariga nisbatan tenglamasi qanday yoziladi?
8. To’g’ri chiziqning normal tenglamasi qanday?
9. Normalning uzunligi nima?
10. To’g’ri chiziqning umumiy tenglamasini normal tenglamaga qanday qilib keltiriladi?
11. To’g’ri chiziqning tenglamasi normal ko’rinishdaligini qanday tekshiriladi?
12. Ikki to’g’ri chiziq orasidagi burchak qanday topiladi?
13. Ikki to’g’ri chiziqning perpendikulyarlik sharti nima?
14. Ikki to’g’ri chiziqning parallellik sharti qanday bo’ladi?
15. Ikkita to’g’ri chiziqning kesishish nuqtasi qanday topiladi?
16. Nuqtadan to’g’ri chiziqqacha bo’lgan masofa qanday formuladan foydalanib topiladi?
17. Ikkita parallel to’g’ri chiziqlar orasidagi masofani topish qanday bajariladi?
9-MA’RUZA
Mavzu: Fazoda tekislik. Tekislikning umumiy tenglamasi. Ikki tekislik orasidagi burchak. Tekisliklarning parallellik va perpendikulyarlik sharlari.
|